Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek


-rasm. Korrupsiyaning «prinsipal-agent-mijoz» modeli64



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə36/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

5.2.2-rasm. Korrupsiyaning «prinsipal-agent-mijoz» modeli64


Tartibga solish tizimining sifati ushbu tizimda prinsipal va agent o‘rtasida manfaatlar borasida nizolar paydo bo‘lishiga bog‘liq. Umuman olganda, hukumat har bir mijozga shaxsan xizmat ko‘rsatishga na vaqti, na imkoniyati bor. Shu sababdan, mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatini ma’lum bir qoidalar doirasida amaldorlarga topshiradi. Amaldorlar-agentlar o‘z mijozlarini hukumat-prinsipaldan yaxshiroq bilganlari sababli ular bilan samarali ishlay oladilar. Lekin prinsipalga ko‘p sonli prinsipal-agentlar o‘z vazifalarini bajarishi ustidan nazorat qilish murakkabdir. Bunda




64 Qarang: Теневая экономика: учеб. пособие / И.П. Овсянникова; ФГБОУ ВО РГУПС. – Ростов н/Д, 2015. – С.28.

amaldorlar o‘z faoliyatining asl natijalarini ataylab yashirgan bo‘lishlari ham mumkin. Amaldor-agentning rostgo‘yligini to‘liq nazorat qilib bo‘lmaganligi sababli, agent rostgo‘y bo‘lish yoki bo‘lmaslikni o‘zi hal etadi. Amaldorning qarori halol mehnati uchun olishi mumkin bo‘lgan haq va suiiste’mollik uchun kutilayotgan jazoga bog‘liqdir.
Amaldor-agentga uning mijozlaridan beriladigan noqonuniy mukofotlar turli sabablar bo‘yicha berilishi mumkin. Fuqaro yoki firma amaldorga tegishli xizmatlarni tez, “navbatdan tashqari” ko‘rsatishi uchun pora berishi mumkin (tezlashtiruvchi pora). Ko‘pincha, amaldorlarga davlat tomonidan tayinlangan xizmatlarni ko‘proq ko‘rsatib, soliqlarni qonunchilik bilan belgilangan hajmdan kamroq darajada olish uchun pora beriladi (to‘xtatuvchi, sekinlashtiruvchi pora). Amaldor turli o‘ylab topilgan bahonalar bilan faoliyatga halaqit berishning keng imkoniyatlariga ega; bunda amaldorga o‘zboshimchalik qilmasligi uchun pora beriladi (“yaxshi munosabatda bo‘lish uchun” pora).
Korrupsiyani oldini olish maqsadida javobgarligi katta bo‘lgan xodimlarga juda yuqori maosh belgilanadi va shu bilan birga ular tomonidan xizmat burchini bajarmaganligi uchun jazo choralari qat’iylashtiriladi. Ammo ko‘pchilik tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, aksariyat hollarda davlat tomonidan beriladigan maosh potensial pora beruvchilarning moliyaviy imkoniyatlari bilan raqobatlasha olmaydi. Agentning yetarli darajadagi maoshi zaruratdir, lekin u korrupsiyani oldini olishga yetarli chora hisoblanmaydi. Shu sababdan davlat-prinsipal yuqori darajadagi rag‘batlarni “halol mehnatga chaqiriq” bilan to‘ldiradi. Bu, hukumat agentlarni o‘z manfaatlarini o‘ylashlariga qarshi ruhiy to‘siq yaratishga intilishini anglatadi. Buni qo‘shimcha ta’lim va ideologik (g‘oyaviy) targ‘ibot mexanizmlari orqali amalga oshirish mumkin. Undan tashqari, hukumat-prinsipal amaldor-agentlar faoliyati ustidan nazorat qilishning muhim vositasi hisoblangan mijozlar bilan bevosita aloqa o‘rnatish (aholidan shikoyatlar qabul qilish)ni rag‘batlantiradi.
Shunday qilib, “agent-mijoz” o‘zaro munosabatlari agentlar maoshi va ularning vakolatlari kengligiga bog‘liqdir, “prinsipal-
agent” o‘zaro munosabatlari esa – prinsipalning agentlar ustidan nazorati va mijozlarning prinsipalga ta’siri darajasiga bog‘liqdir. Ahloqiy me’yorlar bu tizimda barcha munosabatlar turlariga ta’sir etib, qonunchilik me’yorlaridan chetlashish mumkin bo‘lgan darajani aniqlaydi.
Korrupsiyaning asosiy sabablarini ba’zi iqtisodchilar quyidagi formula orqali ifodalashadi:

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin