Iste’molchilar huquqlarini poymol etish – soxta reklama,sifatsiz tovarlarni ishlab chiqarish. Bu guruh jinoyatlarga savdoda, iste’mol buyumlarini ishlab chiqarishda va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sohalarida sodir etilgan hamda iste’molchiga ziyon yetkazish bilan bog‘liq javobgarliklar kiradi. Xususan, AKShda 1964 yili qabul qilingan “G‘irrom savdo amaliyoti to‘g‘risida umumiy qonun”da firma, kompaniyalar jinoiy faoliyatlarining quyidagi ko‘rinishlari keltirilgan:
tovarni sotishda, xizmatlarni bajarishida ularni o‘zga tovar va xizmatlar deb o‘tkazish:
resurslar, xomashyolar, tovar assortimenti va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha atrofdagilarni chalg‘itish;
Bu borada amalda barcha mamlakatlar qonunchiligida sifatsiz dorilar va medikamentlar, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarganligi va sotilishini tashkil qilgani uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi).
Yollanma ishchilar haq-huquqlarini poymol etish – mehnat shartnomalari va xavfsizlik texnikasi me’yorlarini buzish.
Soxta bankrotlik. Soxta bankrotlik qalloblik yo‘li bilan mavjud bo‘lgan firma nomiga olingan kreditlarni qaytarmay, suiiste’mol qilish oqibatida yoki soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash natijasida sodir etiladi.
Tovlamachilikyordamidaamalgaoshirilgankreditoperatsiyalaribir necha bosqichdan iborat bo‘ladi:
tovarlarni kreditga olish;
sotib olingan molni sotish yoki boshqa xatti-harakatni amalga oshirish;
o‘z harakatlarini bekitish;
kreditorlarga qarzni to‘lamaslik;
bankrotlik xususidagi petitsiya, so‘rovni tegishli idoralarga topshirish.
Bunday bankrotlik rejalashtirilgan deb tasniflanadi. Bunday jinoyatlar bir vaqtning o‘zida yoki ketma-ket uch bosqichdan iborat xatti-harakatdan tashkil topadi. Uch bosqichli bankrotlikda, eng avvalo, yangi firma yoki kompaniya tashkil etiladi. So‘ng bankda hisob raqami ochiladi va operatsiyalar amalga oshiriladi. Kompaniya turli tovar yetkazuvchilardan tovar (mol) ola boshlaydi va ularga to‘lash uchun kredit olishga bankka murojaat etadi.
Kompaniya olingan kreditni yangi tovar (mol) yetkazib beruvchilarni izlab topishga, tovarlarni sotib olishga sarf qiladi, to‘lov muddati kelgan kreditlarni to‘lashni kechiktirib, paysalga solib boradi. Kompaniya o‘z buyurtmalarini ko‘paytirib, so‘ng ularni past narxlarda o‘g‘irlangan tovarlar bilan savdo qiladiganlarga yoxud mahsulotning kelib chiqish manbai bilan qiziqmaydiganlarga sotadi. Tadbirkorlar tovar bo‘yicha tushumlarni oladilar, ularni yoki bekitadilar, yoki ish faoliyatlarini tugatishadi, ana undan sung o‘zlarini bankrot deb e’lon qilishadi. Bazi hollarda jinoyatchilar quyidagicha ish tutadilar: faoliyat ko‘rsatib turgan, katta summada krediti bor firma yoki korxonani sotib oladilar. Tovarlarni ko‘p
miqdorda xarid qilib, so‘ng o‘zlarini bankrot deb e’lon qiladilar.
Subsidiyalarborasidagitovlamachilik.Bu boradagi jinoyatlar serfoyda bo‘lib, u keng tarqalgandir. Bu jinoyatlar davlatning rasmiy subsidiyalarini bu mablag‘larni olishga huquqi yo‘q shaxslarga (yuridik va jismoniy) rasmiylashtirish asosida amalga oshiriladi. Davlat subsidiyalari, odatda, qishloq xo‘jalik korxonalarini rivojlantirishga, qurilishga hamda eksport- import savdo operatsiyalarini amalga oshirishga ajratiladi. Aksariyat hollarda, xususan, Germaniyada tashqi iqtisodiy savdo-sotiqni rivojlantirishga ajratilgan subsidiyalar borasidagi tovlamachilik ko‘p uchraydi. Masalan, mahsulotini dunyo bozorida past narxda sotadigan raqobatdosh bo‘lmagan firmalarga, agar xukumat shu firmalar orkali mahsulotini sotishga manfaatdor bo‘lsa, subsidiyalar ajratadi. Hukumat Afrika va Osiyo mamlakatlariga tovar sotadigan firmalarga ko‘proq subsidiyalar ajratadi. Bunday holatdan foydalanish maqsadida firmalar mamlakatlar bilan o‘z vakillarining vositachiligida soxta shartnoma tuzadilar va shu asosda katta pul mablag‘lariga ega bo‘ladilar, tovarlarni ko‘p miqdorda subsidiya olish huquqini bermaydigan o‘zga mamlakatlarga olib borib sotadilar. Tovlamachilikning yana bir turi tovarlarni import qilayotganda yuzaga keladi. Bu holatda jinoyatchilar rivojlangan mamlakatlardan tovarni sotib olish uchun subsidiyalarni olib, aslida tovarlarni rivojlanayotgan mamlakatlarda xarid qilib, ularni Yevropa savdo mahsulotlari deb o‘tkazadilar. Bu tovlamachiliklar tovar hujjatlarini soxtalashtirish, lavozimdagi shaxslarga pora berish va shu kabilar orqali sodir etiladi. Bu ko‘rinishdagi tovlamachiliklar real mavjud firmalar tomonidan amalga oshiriladi. Lekin amaliyotda soxta firmalarning ham subsidiya olishlari tez-tez uchrab turadigan holga aylanib qoldi. Bunday hollarda ikkiyoqlama tovlamachilik yuzaga keladi – amalda yo‘q firma subsidiya oladi. Ikkinchi tomondan, soxta firmani tashkil qilgan jinoyatchilar tashqi savdoga to‘lanadigan katta
miqdordagi soliqlarni to‘lashdan qutulib qoladilar.
Balansvedomostlaribo‘yichatovlamachilik.Balans vedomostlarini qalbakilashtirish ulardagi kamomadni, tovlamachilikni, kreditlar bo‘yicha nayranglarni hamda kompaniyaning salbiy moliyaviy holatini yashirish maqsadida
amalga oshiriladi. Balans vedomostlarida kompaniyaning to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari soxtalashtiriladi. Bu xatti-harakatlarga yana aksionerlarni jalb qilish ham nazarda tutiladi. Kapital mablag‘lar bo‘yicha tovlamachilik ham balans vedomostlarini soxtalashtirishning oqibati sifatida keng tarkalgan. Balans borasidagi tovlamachilik jinoyatlarining eng markazida yashirilgan (xufyona) zahiralari deb nomlangan kapital yotadi-ki, u balans vedomestini ko‘zdan kechirayotgan begona shaxslarga ko‘rinmaydigan real kapitaldir.
Shunday qilib, kompaniyaning real kapitali vedomostlarda ko‘rsatilmaydi, yana bir qism mablag‘lar aksionerlardan ham yashiriladi. Bunday yashirilgan zaxiralarning mavjudligini asoslashda kompaniya raxbarlari bunday zaxiralar ogar moliyaviy holat yuzaga kelgan ziyonlarni koplash, ularni foyda top i shga burish mumkinligini e’tirof etadilar.