4.1.1-jadval.
Sobiq SSSRdagi iqtisodiy makonning tarkibi51.
-
Faoliyat darajalari
|
Faoliyat shakllari
|
nomenklatura (rahbarlik)
|
fuqarolik (yashab qolish)
|
xufyona (ishlab chiqarish)
|
kriminal (o‘g‘irlik)
|
Nomenklatura
|
Birinchi shaxslar
|
amaldorlar
|
xufyona nomenklatura
|
Kriminallashgan amaldorlar
|
Fuqarolik
|
Nomenklaturadagi fuqarolar
|
Oddiy fuqarolar
|
Amaldorlar bilanaloqasi bor kishilar
|
Kriminallashgan fuqarolar
|
50 Qarang: Беркинов Б.Б. Институционал иқтисодиёт: ўқув қўлланма / Б.Б. Беркинов; ЎзР олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Тош. Давлат иқтисодиёт ун- ти, Институционал ва иқтисодий тадқиқотлар маркази. – Т.: Yangi nashr, 2011. – 40-42-бетлар.
51Кордонский С. Рынки власти. Административные рынки СССР и России.
М., 2000. С. 106.
-
Xufyonaviy
|
Xufyonaviy nomenklatura
|
Xususiy faoliyat yurituvchilar
|
Sexoviklar
|
Kriminallashgan xufyona faoliyat yurituvchilar
|
Kriminal faoliyat
|
Nomenklaturadagi o‘g‘rilar
|
Maishiy o‘g‘rilar
|
Reketirlar
|
O‘g‘rilar
|
Umuman olganda “ikkinchi oq yoqalilar” xufyona iqtisodiyoti avj olgan tizimlardan biri, rejali iqtisodiyotning sovet tipidagi iqtisodiyotni yoppasiga hisob va nazorat tizimi to‘g‘risidagi tasavvurni hosil qilsada, bu tasavvur amaliyotga to‘liq mos kelmaydi. Rejali iqtisodiyotda davlat keng qamrovli rejalashtirish va bir markazdan barcha iqtisodiy jarayonlarni qat’iy rejalashtirish va limitlashtirishni amalga oshirishga intiladi. Amaldagi ho‘jalik mexanizmi ko‘plab norasmiy komponentlarning mavjud bo‘lishini taqazo etadi. Unga quyidagilar kiradi:
norasmiy an’analar iqtisodiyoti – bu normativ xujjatlarda qayd etilmagan, hammaga amaliyotda yaxshi ma’lum bo‘lgan, umum qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zaro munosabatlar (korxona rahbarlarining shaxsan kelishuvi asosida fondlashtirilgan materiallarni norasmiy tarzda ayirboshlash, «shabashniklarga» va xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga norasmiy qo‘shimcha xaq to‘lashni misol sifatida keltirish mumkin);
qo‘shib yozishlar iqtisodiyoti (fiktiv iqtisodiyot) quyi bo‘linmalarning nazorat qiluvchi tashkilotlarga iqtisodiy axborotlarni buzib taqdim etishi (ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori va sifatini oshirib ko‘rsatish, resurslarni yashirish);
shaxsiy suist’emol iqtisodiyoti (poraxo‘rlik iqtisodiyoti) – kamyob resurslarni (ishlab chiqarilgan xomashyolar, ish o‘rinlar, uy- joy va h.k.) qayta taqsimlashga mas’ul shaxslar korrupsiyasi (qarang:4.1.1-rasm).
1970-1980-yillarda «sotsialistik» mamlakatlardagi “ikkinchi” chuqur va keng rivojlandi. Xufyona iqtisodiyot umum miqyosga chiqdi. Amalda barcha korxonalar u yoki bu darajada noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangan. G‘arb sovetologlari SSSR iqtisodiyoti aralash iqtisodiyotning o‘ziga xos modifikatsiyasi-total rejalashtirilgan iqtisodiy shirmasida xufyona bozor munosabaatlari
yashiringan, degan xulosaga kelganlar. Bu xufyona iqtisodiy munosabatlar markazlashtirilgan nazoratga antiteza, islohotlarga to‘sqinlik qiluvchi, uni bo‘g‘uvchi klapan, bozor surrogati hisoblanadi.
Sobiq Sovet Ittifoqidagi xufyona iqtisodiyot komponentlari
norasmiy an’analar iqtisodiyoti
qo‘shib yozishlar iqtisodiyoti
(fiktiv iqtisodiyot)
shaxsiy suist’emol iqtisodiyoti (poraxo‘rlik iqtisodiyoti)
Dostları ilə paylaş: |