Xufyona iqtisodiyotning miqyosini o‘lchash va uni baholash uchun iqtisodiy-huquqiy tahlilning maxsus usullarini qo‘llash muhim sanaladi. Ushbu usullar maxsus iqtisodiy va buxgalterlik ko‘nikmalarini yuridik amaliyotda samarali qo‘llash imkonini beradi.
Iqtisodiy-huquqiy tahlil usullarini quyidagi 3 turga ajratish mumkin:
buxgalteriya tahlili usuli;
hujjatlashtirilgan tahlil usuli;
iqtisodiy tahlil usuli.
Buxgalteriya tahlili usuli hisobdagi nomuvofiqlik va og‘ishlarni aniqlash uchun buxgalteriya hisobini (balans, hisoblar va ikki yoqlama yozuv; baholash va kalkulyatsiya, invertarizatsiya va hujjatlashtirish) tadqiq etishni nazarda tutadi.
Hujjatlashtirilgan tahlil usuli deganda buxgalteriya hujjatlarini tadqiq etish tushuniladi va hisob hujjatlarining tashqi ko‘rinish yoki mazmunni namoyon etish xususiyatlari o‘rganiladi. Hujjatli tahlilning maqsadi hujjatlardagi noaniqliklarni aniqlashdan iborat.
Iqtisodiytahlilusulinormal iqtisodiy faoliyatdan chetlashish sabablarini aniqlashda yordam beradi.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mos kelmasligini aniqlashda quyidagi iqtisodiy jinoyatni aniqlash usullari qo‘llaniladi:
taqqoslashlar usuli;
maxsus hisob ko‘rsatkichlari usuli;
stereotiplar usuli;
to‘g‘irlanadigan ko‘rsatkichlar usuli.
Taqqoslashlarusuligakorxona iqtisodiy faoliyatining xususiyatini ochib beruvchi va bir necha hisobot davrlaridagi ko‘rsatkichlar tahlili davomida qarama-qarshiliklarni aniqlovchi tanlanma ko‘rsatkichlar kiradi. Qarama-qarshiliklar quyidagi juft ko‘rsatkichlarning o‘zgarishida aniqlanishi mumkin: texnologik ehtiyojlar va mahsulot ishlab chiqarish uchun elektroenergiya iste’moli; foyda hajmi va mahsulot ishlab chiqarish; xom ashyo iste’moli va mahsulot ishlab chiqarish. Ichki taqqoslash tahlilidan foydalanishda bir necha muddat davomidagi korxona faoliyati ko‘rsatkichlari o‘zaro taqqoslanadi. Ushbu usul yashirin daromadlar va pullarni poklab olish jarayonlarini aniqlashda samaralidir. Taqqoslama tahlilning mohiyati shundaki, taqqoslanayotgan davrlar uchun foyda hajmidagi o‘zgarishlar aniqlanadi va ushbu og‘ishlarning sabablari tadqiq etiladi. Agar ushbu o‘zgarishlarni
tushuntirib beradigan ishonarli sabablar ko‘rsatilmasa, bu hol xo‘jalik faoliyatidagi salbiy o‘zgarishlar va daromadlarni soliqqa tortishdan yashirish, deb tan olinadi. Xo‘jalik faoliyatini tekshirish korxonada qanday oborotlarga erishilganligi va natijada qanday daromadlar olinganligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi. Nazoratdagi kalkulyatsiya daromadlarni yashirish yoki pullarni poklab olish yuz berganini isbotlaydi.
Maxsushisobko‘rsatkichlariusuliquyidagilarga asoslangan: korxona faoliyatini tahlil qilish jarayonida iqtisodiy jinoyat qilinganda albatta o‘zgaradigan hisob ko‘rsatkichi aniqlanadi. Maxsus hisob nomini olgan bu ko‘rsatkich normal sharoitda faoliyat yuritayotgan korxona uchun hisoblanadi. Amaldagi va etalon hisoblangan maxsus hisob ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqning mavjud bo‘lishi jinoyat sodir etilganligining isbotidir.
Stereotiplar usuli iqtisodiy faoliyatning oddiy sharoitlarida kam uchraydigan va jinoyatchilik hodisalarini aks ettiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi g‘ayrioddiy bog‘liqliklarni izlash uchun mo‘ljallangan. Oddatda, bu usulning 5 ko‘rinishini ajratib ko‘rsatishadi: “qizil bayroq” usuli, sof qiymat tahlili usuli, kassa kamomadini hisoblash usuli, pul aylanishini hisoblash usuli, xarajatlarni qoplashni hisoblash usuli.
“Qizilbayroq”usuli eng ko‘p tarqalgan usul bo‘lib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklardan ogoh etadi. Masalan, kayting25 kabi jinoyatchilikning belgisi – bu 1) bir kishi yoki kompaniyaga muntazam ravishda tez-tez chek yozib berish; 2) cheklarni bir kishining turli banklardagi hisob raqamlariga yozib berish; 3) omonatchi o‘zining balansini tekshirishni so‘rab tez-tez murojaat qilishi hisoblanadi.
Sof qiymat tahlili usulining mohiyati: ma’lum bir davr davomida soliq to‘lovchining turmush darajasi keskin o‘sib ketishi, birinchidan, soliqqa tortilishi zarur bo‘lgan daromadlar evaziga, ikkinchidan, soliqqa tortilmaydigan daromadlar evaziga, uchinchidan, bir marotabalik pul daromadlari (yutuqlar, sovg‘alar, meros va boshq.) evaziga amalga oshishi mumkin. Agar hisob-kitob qilinganda mol-
25Kayting - inkassatsiyadan o‘tmagan summaga chek berish
mulk va shaxsiy iste’mol o‘sishi (qabul qilingan ustama va ajratmalarni hisobga olgan holda) soliq to‘langan daromadlar hajmidan katta bo‘lsa, mol-mulkning qo‘shimcha o‘sishi deklaratsiya qilingan daromadlar qatoriga kirmaydi va noqonuniy xususiyatga ega bo‘ladi.
Kassa kamomadini hisoblash usuli. Bu tekshiruv usulidan kassa kitobida hisobga olinadigan naqd pul mablag‘lari kelib tushadigan kichik va o‘rta korxonalarni taftish qilayotganda foydalaniladi. Kassadagi kamomadni hisoblashning mohiyati shundaki, korxona egasi kassada mavjud bo‘lgan puldan oshig‘ini bera olmaydi. Agar ma’lum bir muddat ichida amalga oshirilgan xarajatlar kassadagi dastlabki mavjud summa va shu davr ichida kelib tushgan pul tushumlaridan ortiq bo‘lsa, bu kassa kamomadi mavjudligidan dalolat beradi va korxonani taftish qilishga asos bo‘ladi. Agar kassa kamomadini asoslovchi sabablar ko‘rsatilmasa, daromadlar yashirilayotganligi taxmin qilinadi.
Pul aylanishini hisoblash usuli daromadlar va xarajatlar tahlili bilan bog‘liq. Pul aylanishini hisoblashning 2 turi mavjud:
ishlab chiqarish va xususiy sohaga xos umumiy pul aylanishini hisoblash;
faqat ishlab chiqarish yoki faqat xususiy pul tushumlari va to‘lovlari hisobga olinadigan pul aylnishini hisoblash.
Pul aylanishini hisoblash usuli quyidagini anglatadi – soliq to‘lovchi ma’lum bir vaqt oralig‘ida daromad sifatida kelib tushayotgan mablag‘dan ko‘proq mablag‘ sarflay olmaydi va to‘play olmaydi.
Xarajatlarni qoplashni hisoblash usuli tekshirilayotgan shaxsda mavjud bo‘lgan summa bilan naqd ko‘rinishda amalga oshirilgan to‘lovlarni taqqoslashga asoslangan. Bu usul pul aylanishini hisoblash usulining soddalashtirilgan ko‘rinishidir. Xarajatlarni qoplashni hisoblashda soliq to‘lovchining boshqa daromad manbalari ham nazarda tutiladi.
Bu usul soliq to‘lovchining mol-mulki to‘g‘risida ma’lumot yetarli bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi.
To‘g‘irlanadiganko‘rsatkichlarusuli.Ushbu usul korxona iqtisodiy ko‘rsatkichlarini va u faoliyat yuritayotgan tashqi muhitni
tahlil etishdan iboratdir. Misol tariqasida biror-bir korxona tomonidan ma’lum bir tovarni sotish hajmi dinamikasini va ushbu tovar bozori kon’yunkturasi o‘zgarishini tahlil qilishni keltirish mumkin. Talab pasayib borayotgan sharoitda mahsulot sotilishining hajmi sezilarli o‘sishi yashirin iqtisodiy faoliyat mavjudligidan dalolat beradi.