6.2.3-rasm. Soliq to‘lovlaridan ozod etish strategiyasida foydalaniladigan sxemalar86
Soliq to‘lovlaridan qutulish vositasi sifatida sun’iy to‘lamasliklar yoki soliqlar to‘lovini to‘xtatib turishlarni keltirish mumkin. Ular quyidagi “ob’ektiv sharoitlarga” murojaat qiladilar – hamkorlar tomonidan majburiyatlarga rioya qilmaslik, hisob raqamida mablag‘lar bo‘lmasligi. Bu nuqtai nazardan tadbirkorlik strategiyasining muhim qismi pul mablag‘larini hisob raqamida to‘xtab qolmasdan, doimo harakatda bo‘lishida mujassamlashgandir. Aks holda, ushbu mablag‘lar soliqlar bo‘yicha qarzlarni qoplash uchun undiriladi.
Uchinchi strategiya eng keng tarqalganidir. U qonuniy faoliyat natijalarini yashirish sxemasiga asoslanadi.
86 Mualliflar tomonidan tuzilgan
Korrupsion kelishuv – eng “oddiy” sxemalardan biri. U soliq xizmatchilari yoki fiskal organlarga ta’sir eta oladigan yuqori davlat hokimiyat organlari vakillarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri pora berib sotib olishni nazarda tutadi.
Institutsional fiksiyalar (soxtaliklar) – bu usul soxta korxonalarni (“qog‘ozdagi korxonalar” yoki uzog‘i bilan uch oy faoliyat yuritadigan “bir kunlik korxonalar”) tashkil etishga asoslanadi. Ular orqali soliqlarni aylanib o‘tib pul mablag‘larini naqdlashtirish amalga oshiriladi. So‘ngra ular soliq organlari tomonidan tekshiruvlar boshlanmasdan va buxgalterlik balansini topshirmasdan yopilib ketishadi.
Shu kabi yo‘qolib ketadigan korxonalarga kreditlar ajratiladi, ularning hisob raqamlariga oldindan to‘lov rasmiylashtiriladi. Deyarli o‘z faoliyatini to‘xtatgan, yopilish arafasidagi banklarga soliq to‘lovlari o‘tkaziladi. Bu holatlarning barchasida poralarsiz ham faoliyat yuritish mumkin, faqatgina soxta iqtisodiy institutlarni tashkil etish va qisqa muddatli faoliyat xarajatlarini qoplash kerak, xolos.
Almashtirish o‘yinlari bir qism moliyaviy oqimlarni soya ostiga olib, qonuniy va noqonuniy faoliyatlar chegarasida ushlab turiladi. Shunday qilib, soxta operatsiyalar amalga oshirilganda moliyaviy hujjatlar mavjud bo‘lmagan mahsulot va xizmatlarning korxona va vositachi yoki soxta firma o‘rtasidagi harakatlarini aks ettiradi. Masalan, hech kim yetkazib berishni hayol ham qilmagan mahsulot uchun pul o‘tkaziladi, soxta marketing xizmatlari uchun buyurtma beriladi, QQSni qaytarish imkonini beruvchi yolg‘ondakam eksport amalga oshiriladi, “tumovdan” sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha mukofotlar to‘lanadi.
Qonuniy va noqonuniy harakatlar chegarasida amalga oshirilayotgan soxta operatsiyalar bo‘yicha soliqlar to‘lashdan bosh tortishga quyidagi holat misol bo‘la oladi: turistik kompaniya o‘z asosiy faoliyatini amalga oshirish maqsadida bir necha avtobuslarni sotib oladi, lekin ularni firma ta’sischilarining qarindoshlari nomlariga shaxsiy mulk sifatida rasmiylashtiradi, qarindoshlar, o‘z navbatida, yollangan haydovchilar nomiga avtobusni haydash bo‘yicha ishonchnoma beradilar va turistik firma bilan ushbu
transport vositalarini ijaraga berish bo‘yicha shartnoma tuzadilar. Natijada transport vositalari firma balansiga o‘tmaydi va soliqlar to‘lanmaydi.
Shuni qayd etish kerakki, eng ko‘p qoidabuzarliklar optimallashtirish sxemalarini o‘ziga emas (ko‘pchilik hollarda ushbu sxemlar yuridik jihatdan puxta ishlangan bo‘ladi), balki ushbu sxemalarning hamroh sharoitlariga to‘g‘ri keladi. Masalan, kichik korxonalarga taqdim etiladigan imtiyozlardan foydalanish ko‘pincha tashkilot xodimlari sonini soxtalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Soxtalashtirishning mavjudligi ushbu sxemani avtomatik ravishda noqonuniy qiladi.
Undan tashqari, noekvivalent ayirboshlashdan foydalaniladi. Bunda “tomonlar” uchun foyda keltirmaydigan shartnomalar tuziladi, kelishilgan holda va maqsadli ravishda qiymat proporsiyalari buzib ko‘rsatiladi. Buning uchun mahsulot va xizmatlarni bozor qiymatidan yuqori yoki past narxlarda sotish va sotib olish imkonini beruvchi barter ayirboshlashlari va o‘zaro hisob-kitoblar yordamida xarajatlarni qoplash tizimlaridan foydalaniladi: korxonalar o‘rtasida mahsulotlar sotiladigan pasaytirilgan transfert narxlari tizimidan foydalaniladi; nominal va bozor qiymati o‘rtasidagi farqda o‘ynaydigan veksellar muomalaga chiqariladi; likvidlik darajasi turlicha bo‘lgan aksiyalar ayirboshlanadi; oldindan ma’lum oshirilgan foizlar bo‘yicha kreditlar beriladi.
Masalan, korxona qoshida firmalar tashkil etilib, ularga korxonaning mahsulotlari shunchalik pasaytirilgan narxlarda sotiladiki, foyda nol darajada bo‘ladi. Soliq organlari foyda solig‘i to‘lanmayotganligi bo‘yicha da’vo qila olmaydilar. Firmalar esa mahsulotni bozor narxida qayta sotadi va asosiy ishlab chiqaruvchi korxona egasi bilan olingan foydani bo‘lishadi. Firmada bir necha kishi ishlayotganligi sababli kichik biznesga soliq imtiyozlaridan keng foydalanadi.
Nihoyat, ayirboshlov o‘yinlarida oldindan rejalashtirilgan sanksiyalardan foydalaniladi – shartlarini bajarib bo‘lmaydigan shartnomalar bo‘yicha yirik jarima sanksiyalarini qo‘llash; shartnoma shartlarini ataylab bajarmaganlik natijasida garovdagi mol-mulkni o‘zlashtirish (qarang: 6.2.4-rasm).
Almashtirish o‘yinlari
|
|
|
soxta tijoriy operatsiyalarni amalga oshirish
|
|
|
noekvivalent
ayirboshlash
|
|
|
oldindan rejalashtirilgan sanksiyalardan foydalanish
|
Institutsional fiksiyalar (soxtaliklar)
|
|
|
soxta korxonalarni (“bir kunlik korxonalar”) tashkil etish
|
Korrupsion kelishuv
|
|
|
yuqori davlat hokimiyat va soliq organlari vakillarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri pora berib sotib olish
|
6.2.4-rasm. Qonuniy faoliyat natijalarini yashirish sxemalaridan foydalanish strategiyasi87
Qayd etilgan ko‘pchilik sxemalar quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
“chetdagi” tuzilmalarni yaratish yordamida qo‘shilgan qiymat yaratuvchi korxonalarni ularni mahsulotini sotadigan korxonalardan ajratish;
87 Mualliflar tomonidan tuzilgan.
Korxonalarning aktivlarini vositachi tuzilmalarga va passivlarini davlatga va to‘lamaslik amaliyoti yordamida kreditorlar zimmasiga o‘tkazish orqali ishlab chiqaruvchi korxonalarning aktivlari va passivlarini ajratish;
ishlab chiqaruvchi korxonalarda rasmiy buxgalteriyani qo‘llash va vositachi tuzilmalarda keyinchalik bir qism hujjatlarni yo‘q qilish bilan ikkiyoqlama buxgalteriyani qo‘llash.
Boshqaruv tuzilmalarining konturlari yopiq va ochiq ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Yopiq kontur doirasida pul oqimlari doira bo‘yicha aylanadi va qo‘shilgan qiymat ishlab chiqaruvchi boshlang‘ich korxonaga qaytib keladi. Bu holda soliqqa tortilishdan olib qochilgan mablag‘lar investitsiyalarga aylanadi.
Ochiq kontur doirasida mablag‘lar ishlab chiqaruvchi korxonaga qaytmaydi. Ular vositachi firmalarning hisob raqamlarida yashiriladi va xorijga olib chiqiladi, so‘ngra yo boshqa biznesga sarflanadi, yo mulk egasining shaxsiy boyishi uchun foydalaniladi.
Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash jarayoni bir necha bosqichga ega. Ma’lum bir ma’noda soliq qonunbuzarligining “hayot sikli” tovarning “hayot sikli”ga mos keladi. Birinchi bosqichda soliq to‘lovchi soliqdan qochishni yangi sxemasini o‘ylab topadi. Ikkinchi bosqichda
ushbu sxema soliq to‘lovchilar o‘rtasida tarqaladi. Ushbu sxema soliq organlariga ma’lum bo‘lganida uchinchi bosqich boshlanadi, bunda ushbu sxemaga qarshi kurashish yo‘li qidiriladi, soliq qonunbuzarliklarini samarali aniqlash va oldini olishning shakllari va usullari ishlab chiqiladi (qarang:6.2.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: |