Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek


-rasm. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning oqibatlari83



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə51/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

6.1.2-rasm. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning oqibatlari83




83 Mualliflar tomonidan tuzilgan.

Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash natijasida milliy iqtisodiyot rivojlanishi susayadi, ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlar uchun mablag‘lar ajratish kamayadi, aholi turmush darajasining o‘sishi sekinlashadi.




    1. Soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashning asosiy turlari


Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash – yuridik yoki jismoniy shaxsning faol harakatlari evaziga o‘zini u yoki bu soliqni turini to‘lovchilari qatoridan chiqarib (ya’ni, shu soliqni to‘lamasdan) o‘z soliq majburiyatlarini minimallashtirish shaklidir. Soliqlardan bo‘yin tovlashga misollar sifatida soliq imtiyozlarini olish maqsadida sun’iy bitimlar tuzish, soliq stavkalarini pasaytirish uchun biznes tuzilmalari shakllarini o‘zgartirish, soliq imtiyozlarini taklif etadigan mamlakatlarga yoki offshor zonalarda korxonalar tashkil va boshqalarni ko‘rsatish mumkin (qarang:6.2.1-rasm).






6.2.1-rasm. Soliqlardan bo‘yin tovlashning ko‘p tarqalgan shakllari84.


Korxona va fuqarolarning faoliyatini qonuniyligidan kelib chiqib, soliqlarni aylanib o‘tish usullarini ikki guruhga ajratish




84 Mualliflar tomonidan tuzilgan.
mumkin: qonuniy va noqonuniy. Qonuniy faoliyatga soliq to‘lovlaridan rasmiy ozod bo‘lish strategiyasi kiradi. Noqonuniy faoliyatga – noqonuniy faoliyat va qonuniy faoliyatni yashirish kiradi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash turli sxemalarga ega spetsifik modellarni tuzishni taqazo etadi. Ular uchta asosiy strategiyaga tayanadi (6.2.2-rasm )85.



6.2.2-rasm. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash strategiyalari


Ikkinchi strategiya – soliq to‘lovlaridan ozod etish – uchta turli sxema bo‘yicha oshiriladi. Soliq solishning imtiyozli tartiblaridan foydalanish yoki soliq to‘lovlaridan ozod bo‘lishni (offshor zonalarda ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar), yoki rasmiy imtiyozlarni taqdim etilishini (masalan, nogironlar band bo‘lgan korxonalar) nazarda tutadi.




85Qarang: Радаев В. Деформализация правил и уход от налогов в российской хозяйственной деятельности // Вопросы экономики. 2001. № 6. С. 70-72.
Soliq imtiyozlaridan foydalanish soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashning oddiy sxemalarini yaratish imkoniyatini beradi. Hukumat vakili bilan siyosiy bahslar orqali ham soliq majburiyatlarining bir qismi yoki barchasidan ozod bo‘lish mumkin. Bunda soliq imtiyozlari taqdim etilishini so‘rashda muhim argument bo‘lib korxonaning butun mamlakat yoki muayyan hudud uchun alohida ahamiyatga egaligi, ya’ni mahsulotning strategik ahamiyati, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish keltiriladi (qarang: 6.2.3-rasm).

soliq solishning imtiyozli tartiblaridan foydalanish
offshor zonalarda ro‘yxatdan o‘tib soliq to‘lovlaridan ozod bo‘lish
“ob’ektiv sharoitlarni” bahona qilib soliq to‘lashni to‘xtatib qo‘yish


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin