Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə63/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Nazorat savollari:


  1. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash deganda nimani tushunasiz?

  2. Soliqlardan qochish deganda nimani tushunasiz?

  3. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning sabablarini izohlang.

  4. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari nimalardan iborat?

  5. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning qanday strategiyalaridan foydalaniladi?

  6. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda qanday usullardan foydalaniladi?

  7. Offshor zona va offshor kompaniya deganda nimalarni tushunasiz?

  8. Offshor kompaniyalar soliqlardan qochish uchun qanday usullardan foydalaniladi?

  9. Amaliyotda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning qanday misollarini keltira olasiz?

  10. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarga barham berish uchun Sizningcha qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak?, deb o‘ylaysiz

VII BOB. NORASMIY (“KULRANG”) XUFYONA IQTISODIYOT





    1. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda

«norasmiylik».


    1. MDH mamlakatlarida norasmiy iqtisodiyot
    2. “Norasmiylik”ni tahlil qilishga neoinstitutsional yondashuvlar.


    3. Ernando de Sotoning “kul rang” xufyona iqtisodiyot konsepsiyasi
    4. Norasmiy iqtisodiyotning rivojlanishining hozirgi zamon umumiy qonuniyatlari





    1. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda

«norasmiylik».


Kulrang xufyona iqtisodiyot - bu xufyona iqtisodiyotning eng keng sektori hisoblanadi. Shu bilan birga, uni o‘rganish qora yashirin iqtisodiyotni tahlil qilishdan ko‘ra murakkabroqdir: uyushgan jinoyatchilik iqtisodiyoti “normal”, rasmiy iqtisodiyotdan aniq ajralib tursa, norasmiy iqtisodiy faoliyat jamiyatning barcha jabhalariga o‘rnashib oladi, natijada norasmiy sektorni aniqlab olish juda murakkab jarayonga aylanadi.
Iqtisodchilar norasmiy iqtisodiyotni chorak asrdan beri o‘rganishmoqda, lekin ular ushbu fenomenning mohiyatini anglab olishdi deb aytib bo‘lmaydi. Uning kelib chiqish sabablari, jamiyatning iqtisodiy hayotidagi o‘rni, u borasidagi davlat siyosatining optimal yo‘nalishlarini ishlab chiqish to‘g‘risida fikr yuritishdan oldin, hatto, uning aniq ta’rifi bo‘yicha bahslar davom etmoqda.
Norasmiy iqtisodiyotni tadqiq etish tarixini shartli ravishda ikki bosqichga ajratib o‘rganish mumkin:

  1. bosqich (1970-1980 y.): empirik tadqiqotlar, birlamchi axborotni to‘plash.

  2. bosqich (1980-1990 y.): chuqur iqtisodiy-nazariy tahlil, to‘plangan axborotni anglab yetish.

Xorijiy mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyotni tadqiq etish qanday kechkanligini quyida ko‘rib chiqiladi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin