Norasmiy iqtisodiyotning rivojlanishining hozirgi zamon umumiy qonuniyatlari
Rivojlanganvarivojlanayotganmamlakatlarda
«norasmiylik».
Kulrang xufyona iqtisodiyot - bu xufyona iqtisodiyotning eng keng sektori hisoblanadi. Shu bilan birga, uni o‘rganish qora yashirin iqtisodiyotni tahlil qilishdan ko‘ra murakkabroqdir: uyushgan jinoyatchilik iqtisodiyoti “normal”, rasmiy iqtisodiyotdan aniq ajralib tursa, norasmiy iqtisodiy faoliyat jamiyatning barcha jabhalariga o‘rnashib oladi, natijada norasmiy sektorni aniqlab olish juda murakkab jarayonga aylanadi.
Iqtisodchilar norasmiy iqtisodiyotni chorak asrdan beri o‘rganishmoqda, lekin ular ushbu fenomenning mohiyatini anglab olishdi deb aytib bo‘lmaydi. Uning kelib chiqish sabablari, jamiyatning iqtisodiy hayotidagi o‘rni, u borasidagi davlat siyosatining optimal yo‘nalishlarini ishlab chiqish to‘g‘risida fikr yuritishdan oldin, hatto, uning aniq ta’rifi bo‘yicha bahslar davom etmoqda.
Norasmiy iqtisodiyotni tadqiq etish tarixini shartli ravishda ikki bosqichga ajratib o‘rganish mumkin:
bosqich (1970-1980 y.): empirik tadqiqotlar, birlamchi axborotni to‘plash.
bosqich (1980-1990 y.): chuqur iqtisodiy-nazariy tahlil, to‘plangan axborotni anglab yetish.
Xorijiy mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyotni tadqiq etish qanday kechkanligini quyida ko‘rib chiqiladi.