Offshor zonalarda ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar bilan operatsiyalarni amalga oshiradigan soliq to‘lovchilarni monitoring qilish kuchaytiriladi.
Soliq sohasida fuqarolar tomonidan jamoatchilik nazoratiamalgaoshirilishiuchun,shujumladan,ulargatadbirkorliksub’ektlarining soliqqa oid huquqbuzarliklari to‘g‘risida xabarqilish imkonini beruvchi veb-portal ochiladi. Ayni paytda davlat soliq xizmati organlari ishonch telefonlaridan ushbu maqsadda foydalanadilar.
Quyidagilar joriy etiladi:
QQSnielektronboshqarishtizimi. Uning yordamida soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish va insofsiz soliq to‘lovchilarni aniqlash maqsadida barcha aylanmalar zanjiri tahlil va nazorat qilinadi;
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash va undan qochish holatlarini kamaytirish, soliqlarning undiriluv (yig‘iluv)chanligini oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biri biznesga va tadbirkorlikka soliq yukini oqilonalashtirish hisoblanadi. Ushbu maqsadda O‘zbekiston Respublikasida keyingi yillarda soliq tizimini takomillashtirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish, shuningdek, mobil aloqa xizmati ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun, rentabellik darajasidan kelib chiqib ular uchun qo‘shimcha foyda solig‘i hisoblash tartibini bekor qilgan holda 14 foizdan 20 foizgacha oshirish belgilangan: