Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek


Xronometrajning roli oshadi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə58/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Xronometrajning roli oshadi. Unda tushum yoki xodimlar soni kamaytirilganligi aniqlansa, oxirgi hisobot davri uchun soliqlarni qo‘shimcha to‘lashga to‘g‘ri keladi. Kamaytirib ko‘rsatish takroran aniqlanganda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash deb malakalanadi. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji – soliq nazorati shakli bo‘lib, bunda davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari joyning o‘zida soliq to‘lovchiga kelib tushayotgan pul tushumini kuzatadilar va qayd etadilar (Soliq kodeksining 71-moddasiga qarang). Bunda soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174- moddasi bo‘yicha jazoga olib keladi (jarima: fuqarolarga 10 EKIHgacha, mansabdor shaxslarga 15 EKIHgacha).

  • Soliq to‘lovchilarning pasportlashtirilishi joriy etilmoqda. Uning natijalari bo‘yicha tuzilgan ko‘zdan kechirish dalolatnomasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun asos bo‘ladi. Ilgari statistika organlari ishlab chiqarish korxonalari va qurilish tashkilotlari uchun pasportlashtirishni joriy etganlar.

  • Manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda quyidagilarni aniqlash yuzasidan qo‘shma reydlar o‘tkaziladi:

      • soliq to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslar;

      • yashirilgan soliq solish ob’ektlari;

      • noqonuniy olib kirilgan tovarlar yetkazilishi, saqlanishi va realizatsiya qilinishi;

      • yashirin sexlar.

    Reyd – soni cheklanmagan shaxslar (amalda «qo‘lga tushganlar») yuzasidan o‘tkaziladigan nazorat tadbiri (tekshiruv). Shu o‘rinda hozir reydlar Soliq kodeksining 67-moddasida keltirilgan soliq nazoratining shakllari ro‘yxatiga kiritilmaganligini qayd etib o‘tamiz. Soliq tekshiruvi shakllari va turlari ro‘yxatida ham reydlar ko‘rsatilmagan (Soliq kodeksining 85, 86-moddalariga qarang). Reydga eng o‘xshash soliq tekshiruvi turi – bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yig‘im, ijara to‘lovi to‘liq kelib tushishi va topshirilishini hisobga olish, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari, plastik kartochkalar orqali to‘lovlar qabul qilinadigan hisob-kitob terminallari qo‘llanilishi, shuningdek savdo va xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishi qismida o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruv. Bunday tekshiruvni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda aniq soliq to‘lovchi ko‘rsatilmaydi, u nazorat xaridi o‘tkazilishini ham o‘z ichiga olishi mumkin. Bunday qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkaziladigan holatlar ro‘yxati kengaytirilib, boshqa sohalarni ham qamrab olinadigan ko‘rinadi.

        1. Yüklə 0,99 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   119




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin