Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə55/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Soliqlardan qochish. Offshor zonada soliqlardan qochishning sxemalari oddiy, ammo ulardan foydalanish uchun yaxshi shart- sharoit yaratish kerak xolos. Masalan, offshor kompaniya xodimlari maoshidan daromad solig‘i to‘lamaslik uchun ularni katta mablag‘ga sug‘urtalanadi va ish haqi sug‘urta holatlari yo‘qligiga mukofot puli tariqasida to‘lanadi. Bu ham mablag‘ni iqtisod qilishning o‘ziga xos yo‘lidir. Eng yaxshisi offshor kompaniyalar zanjirini tizishdir, negaki, bittasi biznesning o‘sayotgan talabiga bas kelolmaydi. Hozirgi paytda 70 foizdan ortiq korxonalar va mulkdorlar offshor biznesiga ega, ularning soni tobora o‘smoqda.
Offshor sxemalar prinsiplari. Rossiyaning offshor xizmatlari spektrining kengayishi to‘liq ravishda jahonning bu sektorini rivojlantirish tendensiyalariga mos keladi. Hozirgi paytda offshor biznesi faol ravishda investitsion va emission xarakterli operatsiyalarini o‘zlashtirmokda. Offshor moliyaviy markazlarida chiqarilgan aksiya va obligatsiyalar yanada kengroq ravishda


90 https://kun.uz/news/2018/04/30/rossialik-tadbirkorlar-britania-ofsorlarida- kanca-mablag-saklasi-ajtildi
91 https://kun.uz/news/2020/05/23/ozbekistonda-ofshor-yurisdiksiyalarning- royxati-tasdiqlanadi
dunyoning turli moliyaviy bozorlariga kiritilyapti. Offshor zonalarida kapital bozori va moliya bozori sub’ektlarining barcha ko‘rinishlari mavjuddir. Biroq avvalo ba’zi offshor firmalarning boshlang‘ich imkoniyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Offshor operatsiyalarining oddiy sxemasi soliq qonunchiligining unversal prinsiplariga asoslanadi. Bunda majburiy soliqlarga ushbu mamlakat hududida joylash daromad manbalari kiradi. Agar daromad manbasi chet elda bo‘lsa yoki yetarlicha aniq lokallashtirilgan bo‘lgan hollarda, u ushbu yurisdiksiyadagi soliq ma’suliyati muhitidan chiqarib tashlanishi mumkin. Masalan, bunday vaziyat dallollik (broker, makler, diller) xizmatlarida, tashqi savdo xizmatlarida, konsultatsiyalar biznesi va shu sektorning boshqa tarmoqlarida yuzaga keladi. Bunday yo‘llar bilan olingan daromadlar offshor firmalar hisob raqamlariga kelib tushishi mumkin. Offshor biznesining ma’nosi shundaki, chet elda xo‘jalik operatsiyalarining yangi “erkin” sub’ekti paydo bo‘ladi va u to‘liq offshor zona joylashgan mamlakat tadbirkorining nazorati ostida bo‘ladi.
Offshor kompaniyasi tashqaridan qaraganda offshor zona joylashgan mamlakat firmasining mustakil xorijiy hamkori bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Bunda offshor firmalar ishlatilishi bilan soliq rejalashtirishning keng tarqalgan usullarga asoslangan. O‘zining oddiy to‘yinishiga qaramay, bu kabi sxemalarning barcha detallari yaxshilab qayta ishlashni talab etadi. Chunki soliq va valyuta nazorati qonunlari doimo o‘zgarib turadi. Offshor firmasi boshqaruvchisi nomidan shartnomalar tuzish, mulk va bankdagi hisobdan foydalanish, soliqlarni rejalashtirishning eguluvchan mexanizimini yaratadi va boshqa ishbilarmonlar maqsadlariga erishishi ta’minlanadi. Offshor firmasiga egalik qilish xalqaro huquq normalari va ushbu offshor firma qayd etilgan yurisdiksiya qonuniyati bilan kafolatlangan maxfiy xarakterga ega.
Offshor firmasini ishlatishning keng tarqalgan usuli bu – uning vakolatxonalarini hamda kichik kompaniyalarini offshor zona joylashgan mamlakatlarda yaratishdir. Oqibatda offshor zona joylashgan mamlakatda doimiy ofisga ega kompaniya boshqa chet el banklaridagi hisoblaridan foydalanish, turli xil xalqaro savdo operatsiyalarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda offshor
kompaniyaning biznesi uning vakolatxonasi orqali olib boriladi, hisob – kitoblar esa uning chet el banklardagi hisob raqamlari orqali olib boriladi. “DC Ekspres” kompaniyasi an’anaviy ravishda chet el kompaniyalari vakolatxonalarini yaratishga (faqat Rossiyada emas, balki boshqa davlatlarda ham) juda katta ahamiyat bermoqda. Ko‘p hollarda bu kabi yondashuv offshor firmaga taa’luqli sxemalar doirasida, rezident (ya’ni mamlakat “ichkarisida” olib boriladigan) operatsiyalar yuritishga yo‘l qo‘yadi. Natijada offshor loyihasining ishbilarmon imkoniyatlari sezilarli ravishda kengayadi. Offshor kompaniyasiga egalik qilish ko‘prok “lokal” hamda shunday zarur ustunliklarni ta’minlaydi. Turli xil ishbilarmon hamda hayotiy vaziyatlarda xorijdagi shaxsiy kompaniya nomidan imzo chekish huquqi va chet el bankidagi hisob raqamini operativ boshqarish imkoniyati zarurdir. Ko‘plab munosabatlarda offshor firmasi bu – “doimo siz bilan birga bo‘lgan kompaniyadir”. Bunda unga buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarga xarajat qilish kerak emas. Hattoki, offshor firmasidan operatsiyalar hajmi yetarlicha katta bo‘lsa ham, murakkab bo‘lmagan kompyuter dasturi bilan shuni hal qilsa bo‘ladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning turli tuman talablariga xizmat qiluvchi, offshor operatsiyalarining keng turi mavjud. Bular qatoriga offshor zona joylashgan mamlakat va xorijdagi hisob kitoblarda qo‘llaniladigan offshor kompaniya nomiga ochilgan korporativ debet va kredit kartochkalar kiradi.
Offshor firmalar orqali xorijiy banklarning kredit resurslariga, xalqaro depozitlar bozori hamda kapital va investitsiyalarni boshqaruvi xizmatlariga yo‘l ochiladi. Offshor firmasi egasida moliyaviy vositachilar (o‘rtakash, dallol) va ish faoliyati tuzilmasi hakida keng tanlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Offshor firmasi – bundan bir vaqtning o‘zida riskni boshqarish vositasidir. Offshor firma orqali mablag‘larni xorijdagi birinchi darajali banklarga joylashtiriladi. Bu firma o‘zini siyosiy va iqtisodiy silkinishlardan va boshqa risklardan ham xavfsizlantirishi mumkin. Moliyaviy servis, sarmoyalar, valyutali diling, xalqaro soliq kelishuvlari tarmog‘ining o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda daromadlarning qulay yo‘nalishini topish xorijiy mulkka egalik qilish va foydalanish, transfert operatsiyalari va aktivlarning firmaning ichki qayta
taqsimotini amalga oshirish, xolding turidagi tashkiliy huquqiy kompaniyani yaratish kabi ko‘pgina operatsiyalar ro‘yxati, offshor va boshqa “imtiyozli” xorijiy kompaniyalarni ishlatishni (foydalanish) talab qilmoqda.
Mahalliy biznesda offshor kompaniyalardan xalqaro sarmoyalar uchun foydalanishda ma’lum bir ijobiy tajribalar yig‘iladi. O‘zining mahalliy yirik moliyaviy sanoat guruhlari va korporatsiyalari tarkibida jahon darajasidagi firmalar va qizlik sho‘‘ba korxonalar yaratiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kompaniyalarning offshor maqomi ularga o‘z faoliyatlari davomida soliqlarni maksimal darajadan tushirishni, xatto yo‘q qilish, ya’ni butunlay soliqlardan ozod bo‘lishni ta’minlaydi. Faqatgina bu maqom talabi, biznes operatsiyalarini o‘z qonunchiligidan tashqarida olib borishni talab qiladi. Ya’ni offshor kompaniyasi o‘z qonunchiligini rezidenti bo‘la olmaydi. Offshor kompaniya egalarining kim ekanligi esa sir saqlanadi. Hozirgi davrda murakkab tizimligiga qaramay offshor biznesi rivojlanib bormokda.



    1. Yüklə 0,99 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin