Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə67/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

7.1.3-Jadval.


Rasmiy va norasmiy sektor korxonalarining solishtirma xarakterli belgilari

Xarakterli belgilar

Rasmiy sektor

Norasmiy sektor

Tarmoqqa kirish bar’erlari

Yuqori

Past

Texnologiyalar

Kapital sig‘imi yuqori

Mehnat intensiv

Boshqaruv

Byurokratik

Oilaviy

Kapital

Ortiqcha

Yetishmaydi

Ish vaqti

Muntazam

Muntazam emas

Mehnatga haq to‘lash

Normal

Chegaralangan

Foydalanadigan moliyaviy xizmatlar

Bank xizmatlaridan foydalaniladi

Shaxsiy, norasmiy
xizmatlardan foydalaniladi

Xaridorlar bilan munosabatlar

Shaxsga tegishli emas

Shaxsiy

Doimiy xarajatlar

Yirik

Katta emas

Reklamadan foydalanish

Majburiy

Kam yoki yo‘q



109 Qarang.: Fidier P., Webster L. The Informal Sectors of West Africa // The Informal Sector and Microfinance Institutions in West Africa / Ed. by L, Webster, P. Filder. Washington, 1996. P. 5-20.
110 Ushbu yondashuv XMTning hozirgi vaqtdagi dokladlarida ham mavjud. Qarang, masalan: Дилемма неформального сектора. Женева, 1991. С. 4.



Hukumat subsidiyalaridan foydalanish

Ko‘pincha katta hajmda

Mavjud emas

Bozor yo‘nalishi

Ko‘pincha eksportga
yo‘naltirilgan

Kam hollarda eksportga
yo‘naltirilgan

“Uchinchi dunyo” muammolari bo‘yicha ingliz mutaxassisi Rey Bromler Norasmiy sektor konsepsiyasini jadallik bilan keng tarqalishini tushuntirayotib K.Xart tomonidan taklif etilgan “terminologiya va u bilan bog‘lik konsepsiya kerakli joyda va kerakli vaqtda paydo bo‘lgan”111ini qayd etgan edi. Uning fikricha, Norasmiy sektor konsepsiyasining qisqa muddatda xalqaro miqyosda tanilishiga sabab, u tomondan taqdim etilayotgan tavsiyalar 1970-yillarda xalqaro tashkilotlar va jadal islohotlar tarafdori bo‘lmagan hukumatlar uchun juda qulay va mos edi.


Norasmiy sektorni qo‘llab-quvvatlash “boylar uchun xavf tug‘dirmay kambag‘allarga yordam berish” imkonini beradi, ya’ni, bir tomondan, daromadlarni qayta taqsimlash talablari va boylik o‘rtasida murosani topish, ikkinchi tomondan, elita (oqsuyaklar)ni barqarorlik muhitida yashash hoxishi. “XMT tomonidan norasmiy sektor konsepsiyasini shoshilinch qabul qilinishi, hamda (ushbu konsepsiya asosida) ko‘pchilik xalqaro hisobotlarni tayyorlash tezligi ushbu konsepsiya nega avvaliga ko‘pgina kelishmovchiliklar va anomaliyalarga ega bo‘lganligini, shunday ekan, shahar norasmiy sektori to‘g‘risida turli-tuman va qarama-qarshi adabiyotlar paydo bo‘lishini tushuntirishga yordam beradi”112.
Undan tashqari kam rivojlanganlik iqtisodiy konsepsiyalarining umumiy evolyutsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatgan. Norasmiy sektor to‘g‘risidagi munozara va bahslarni 1970-yillarda iqtisodchilar o‘rtasida bo‘lgan “uchinchi dunyo”ning boshqa muammolari (“o‘sish uchun qayta taqsimlash”, “yangi xalqaro tartib” to‘g‘risida, “asosiy ehtiyojlarni qondirish” to‘g‘risida)


111 Bromley R. The Urban Informal Sector: Why is it Worth Discussing? // World Development. 1978. Vol. 6. No. 9/10. P. 1035-1936.
112 Bromley R. Op. cit. P. 1036-1037.
gi bahslar bilan uzviy bog‘liqlikda ko‘rib chiqish kerak. R.Bromleyning fikricha, bu bahslarning barchasi liberal, neoklassik yondashuv tarafdorlariga qulay kelib, ularning ta’kidlashlaricha islohotlar siyosati kambag‘allar uchun, hamda radikal, neomarksistik qarashlar namoyondalari uchun “rivojlanishdan manfaat” keltiradi. Norasmiy sektor borasidagi munozaralar “uchinchi dunyo”ni iqtisodiy taraqqiyotining dolzarb muammolarini ideologik stereotiplarga chalg‘imasdan hal etish imkonini berdi.
Tadqiqotchilar safini kengayishi tadqiqot ob’ektini tushunib yetishda bir qancha qiyinchiliklarni tug‘dirdi. Agar afrikashunoslar norasmiy iqtisodiyotni ta’riflashda uning kichik miqyosdaligi va korxonalarni texnik jihozlanishini yetarli emasligi kabi jihatlaridan kelib chiqishsa, lotin amerika mamlakatlari bo‘yicha tadqiqotchilari uning nolegalligiga alohida e’tibor qaratganlar. Ushbu ikki yondashuv bir-biriga yaqin bo‘lib, norasmiy iqtisodiyotga umumlashgan ta’rifni shakllantirish imkonini beradi: norasmiy iqtisodiyot – bu asosan kichik va mayda tadbirkorlik birliklari tomonidan taqdim etiladigan oddiy tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan iqtisodiy faoliyatdir. Shunday bo‘lsa ham, “norasmiylik”ning asosiy mezonlarini aniqlash bo‘yicha bahslar hanuzgacha davom etmoqda. Norasmiy sektorni muhim jihatlarini belgilashda paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarni amerika iqtisodchisi Donald Mid va fransuz iqtisodchisi Kristian Morrissonlarning113 1990 yilda “uchinchi dunyo” mamlakatlarida kichik biznesni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlari (tadqiqot davomida yetti mamlakatdan 2200ta korxona o‘rganildi) to‘liqroq aks etadi. Ushbu olimlarning tadqiqotlarini ko‘rsatishicha “norasmiy sektor” tushunchasini aniqlashda uch mezondan kelib chiqiladi – qonuniylik (korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, soliqlarni to‘lash, mehnat qonunchiligiga rioya qilish va boshq.); korxonaning hajmi (ko‘pincha 5-10 kishi band bo‘lgan korxonalarni norasmiy sektorga taaluqli deb hisoblashadi) va ishlab chiqarishning kapital sig‘imkorligining darajasi. Ushbu xarakterli belgilar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir, shu sababdan ularning qaysi biri katta ahamiyatga egaligi muhim emasdir.


113 Qarang: Mead D. С, Morrisson С. The Informal Sector Ele-pfant // World Development. 1996. Vol. 24. No. 10. P. 1611-1619.
Lotin Amerikasidagi ikki mamlakat (Ekvador, Yamayka), Afrikadagi to‘rt mamlakat (Jazoir, Tunis, Nigeriya, Svazilend) va Osiyodagi bir mamlakat (Tailand) lardagi tadqiqot natijalari bo‘yicha axbortlardan foydalanib D.Mid va K.Morrissonlar ushbu rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik biznesning legalliligi (ro‘yxatdan o‘tkazish, soliqlarni to‘lash va mehnat qonunchiligiga rioya qilish) va kapital sig‘imkorligini solishtirishgan. Ushbu tadqiqotning natijalari juda qiziqarlidir.
Korxonalarda band bo‘lganlar soniga qarab guruhlashtirib tadqiqotlar olib borish shuni ko‘rsatdiki, o‘rganilayotgan mamlakatlar o‘rtasida kichik korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish darajasi bo‘yicha keskin farqlar mavjud. Masalan, Jazoirda deyarli barcha mayda ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar maxsus sertifikatlarga egalar; sertifikati yo‘qlarni qat’iy jazo kutadi. Ekvador va Nigeriyada 10 kishidan kam band bo‘lgan korxonalar eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tgandir,
1 ta xodim ishlaydigan korxonalarning deyarli yarmi ro‘yxatdan o‘tkazilgandir. Boshqa mamlakatlarda kichik korxonalarni ro‘xatdan o‘tkazilishi darajasi juda past bo‘lib 25%ga ham yetmaydi (Tunis bundan mustasno).
Shundan kelib chiqib, D.Mid va K.Morrisslar quyidagi xulosaga keldilar: “korxona hajmidan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish darajasi indikatori sifatida foydalanish bitta xodimli korxonalar bilan chegaralanganda ba’zi mamlakatlarda qo‘l keladi”114. Bunday mayda korxonalar ro‘yxatdan o‘tishdan voz kechishmaydi. Bandlar soni oshgan sari ro‘yxatdan o‘tish darajasi oshib boradi (turli mamlakatlarda turlicha darajada).
Ba’zi hollarda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan soliq to‘lanishi o‘rtasida to‘liq muvofiqlik namoyon bo‘ladi, chunki ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida registratsiya to‘lovi to‘lanadi. Ammo bu hol doimo va barcha soliq to‘lovlari bilan amalga oshmaydi. Masalan, Nigeriyada daromad va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘laydigan korxonalar soni ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar sonidan ancha kamdir, Svazilend va Tailandda esa aksincha, soliq to‘lovchilarni soni ro‘yxatdan o‘tganlarning sonidan ko‘pdir. Bu hol quyidagini


114 Mead D. С, Morrisson С. Op. cit. Р. 1613.
isbotlaydi: “ro‘yxatdan o‘tkazish soliqlar to‘lanishining majburiy va yetarli sharti emas. Ro‘yxatdan o‘tkazish mezoniga asoslanadigan norasmiy sektorni ta’rifi faqatgina korxona registratsiya to‘lovidan tashqari soliqlarni ham to‘lashini qayd etishi mumkin”115.
Mehnat qonunchiligiga rioya qilish mezoni bo‘yicha holat ham bir xillikdan ancha uzoqdir: ba’zi mamlakatlarda (Jazoir, Nigeriya) ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning kamchiligi mehnat me’yorlariga amal qiladi, boshqa mamlakatlarda (Tunis, Svazilend, Tailand) aksincha, norasmiy sektor korxonalari ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsalar ham mehnat kodeksiga amal qiladilar. Bu yana bir bor korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish ularni tartibga solinuvchi tizimga kiritilishini anglatmaydi116. Shu sababdan rasmiy va norasmiy biznes o‘rtasida chegara o‘tkazish murakkabdir.
D.Mid va K.Morrissonlar mavjud ma’lumotlar kichik biznesda jismoniy va “inson” kapitalining o‘rni to‘g‘risidagi mulohazalarni olib borish uchun yetarli emasligini ta’kidlashadi. “Inson” kapitali haqida to‘xtalsa, Ekvador va Yamaykada tadbirkorlarning yarmidan oshig‘i o‘rta va oliy ma’lumotga egalar, Tailandda bilimlilik darajasi ancha pastdir. Bu ma’lumotlar norasmiy sektorda, asosan, ma’lumotga ega emas odamlar ishlaydi degan tushunchani inkor etadi. Tailand va Tunisda ko‘pchilik (50-70%) kichik korxonalar jismoniy kapitalga investitsiyalarni amalga oshirsalar, Jazoirda esa kamchilik (15-30%) korxonalar bunday investitsiyalarni amalga oshiradilar, bu ushbu mamlakatda norasmiy sektor korxonalarida modernizatsiya jarayonlarini past darajada ekanligidan dalolatdir.
D.Mid va K.Morrissonlar xulosasiga ko‘ra “uchinchi dunyo” mamlakatlarining deyarli barchasida ko‘pchilik korxonalar quyidagi umumiy xususiyatlarga egadirlar: band bo‘lganlarni soni kam, soliq va boshqa qoidalarga rioya qilmaslik, past darajada kapital sig‘imkorligi. Ammo bu xususiyatlarning barchasi birdaniga uchramasligi mumkin, shu sabab norasmiy sektorning universal ta’rifini ishlab chiqish murakkablashmoqda. “Norasmiylik”ni o‘ziga xos mozaikaga o‘xshatish mumkin, uning elementlari ichida qonuniy


115 Mead D. С, Morrisson С. Op. cit. Р. 1613.
116 O‘sha yerda
va tasodifiylarini ajratib olish juda murakkabdir. Ushbu holatni e’tiborga olib, tadqiqotchilar tahlilchilarni turli mamlakatlarning ma’lumotlarini tanqidiy baholashlari va har bir holatda norasmiy sektor tushunchasiga qanday mazmun berilayotganing aniq ko‘rsatishlarini so‘rashmoqda. Chunki har bir mamlakatda norasmiy sektorga turli holatda turli mazmun berilmoqda.
Har qanday holatda “uchinchi dunyo” tadqiqotchilari norasmiy sektor rivojlanayotgan mamlakatlarda katta ahamiyatga egaligini yakdillik bilan tan olishmoqda. Ba’zi mamlakatlarda u hatto rasmiy iqtisodiyotdan ham oshib ketgan (7.1.4- va 7.1.5-jadvallar).



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin