7.1.1-jadval.
Shahar aholisi daromadlari turlari104
-
Daromad turdari
|
Tarkibi va mazmuni
|
rasmiy daromadlar
|
davlat va xususiy sektordagi ish haqi, transfert to‘lovlari (pensiyalar, ishsizlik nafaqalari)
|
qonuniy norasmiy daromadlar
|
birlamchi (qishloq xo‘jaligi),
|
ikkilamchi (shartnoma asosida yoki mustaqil faoliyat yurituvchi hunarmandlar, etikdo‘zlar, tikuvchilar, pivo ishlab chiqaruvchilar va
hokazo)
|
uchchilamchi (qurilish, transport, yirik va mayda savdo) sektorlarida bandlikdan, xizmatlar ishlab chiqarishdan (musiqachilar,
sartaroshlar mehnati; meditsina va marosim xizmatlari) va xususiy transfert to‘lovlaridan
|
103 Qarang: Hart К. Op. cit. Р. 69.
104 Mualliflar tomonidan tuzilgan.
-
|
(sovg‘alar, zayomlar) olingan daromad
|
noqonuniy norasmiy daromadlar
|
xizmatlardan (nolegal sudxo‘rlar, o‘g‘irlik mollarni sotib oluvchilar, narkotik sotuvchilar, fohishalar, dayuslar, kontrabandachilar,
reketirlar va boshqalar mehnatidan) va transfertlardan (o‘g‘irlik, kamomad)
|
Norasmiy iqtisodiyotni o‘rganish muhimligini asoslab turib K.Xart “ishlab chiqarish faoliyatini pisand qilmaydigan, uyushgan mehnat bozoridan tashqarida joylashgan va shahardagi ish kuchini faqatgina yarmini qamrab oluvchi”105 rasmiy iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalanish yaxshi natija bermasligini ta’kidladi va norasmiy strukturalarni turli tipdagi shahar iqtisodiyotlarini tarixiy va madaniy jihatlarini keng miqyosda solishtirib tahlil etishga da’vat etdi.
K.Xart kashfiyotini birdaniga hamkasblari targ‘ib qila boshlashdi. 1972 yilda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Keniyada bandlik to‘g‘risida jamoa tadqiqotini chop etdi, unda norasmiy iqtisodiy faoliyat konsepsiyasi asosiy ilmiy paradigma106 sifatida talqin qilingan edi. XMT tomonidan Keniya to‘g‘risida tayyorlangan hisobot norasmiy va rasmiy sektorlar o‘rtasidagi farqni quyidagicha tushuntirgan edi:
“Norasmiy faoliyat quyidagi xususiyatlar xos:
kirish (kirishib ketish) yengilligi (ishlab chiqarishga);
shaxsiy resurslarga tayanish;
v) faoliyatga oilaviy egalik qilish;
g) faoliyat miqyosining kichikligi;
mehnat intensiv va egiluvchan texnologiyalar;
rasmiy maktab tizimidan tashqarida olingan ko‘nikmalar;
j) bozorlarning boshqarilmasligi va raqobatliligi.
Norasmiy sektorning faoliyatiga ko‘pincha hukumat tomonidan e’tibor berilmaydi, kamdan-kam hollarda qo‘llab-quvvatlanadi, tez- tez tartibga solinib turiladi va ayrim hollarda faol bostiriladi.
105 Hart К. Op. cit. Р. 88.
106 ILO. Employment, incomes and equality: a strategy for increasing productive employment in Kenya. Geneva, 1972.
Rasmiy sektordagi faoliyat xususiyatlari norasmiydagiga qarama-qarshidir:
kirish murakkab;
tashqi resurslarga muntazam ravishda muhtoj bo‘lish;
v) korporativ egalik qilish;
g) keng miqyosda faoliyat yuritish;
kapital intensiv, ko‘pincha import texnologiyalar;
rasmiy olingan ko‘nikmalar;
j) bozorlar proteksionistik himoya ostida (tariflar, kvotalar, savdo litsenziyalari yordamida)”107(7.1.2-jadval).
Dostları ilə paylaş: |