QR-kod mavjud bo‘lmagan cheklar haqiqiy hisoblanmaydi. Amaldagi nazorat kassa mashinasi orqali taqtsim qilingan ba’zi bir xarid cheklarida tovar yoki xizmatlarning nomi va mikdori aks ettirilmaydi. Qolaversa, chekning haqiqiyligini tekshirish imkoni ham
98Qarang: O‘sha yerda. Б. 252-256.
99Ҳаёт Насруллаев. “Яширин” иқтисодиётнинг яна бир кушандаси // Янги Ўзбекистон, № 23 (23), 2020 йил 26 февраль. Б.3.
yo‘q. Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassa chop etuvchi fiskal chek esa bu masalada ham sotuvchi, ham xaridor uchun qulay. Ya’ni, unda tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi, miqdori, narxi aks etadi, Eng asosiysi, chekning haqiqiyligini tekshirish uchun QR-kod mavjud. Ushbu ma’lumotlar aks ettirilmagan cheklar haqiqiy hisoblanmaydi.
Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassa chekdagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida operatorga, ya’ni Davlat soliq qo‘mitasi bazasiga borib tushishini ta’minlaydi. Tadbirkorlik sub’ektlari bunday qurilmalarni mustaqil sotib olishi mumkin. Biroq, onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassalarni xarid qilishdan avval ushbu qurilma yoki dasturiy mahsulotni Davlat reyestriga kiritilgan yoki kiritilmaganini tekshirish lozim, Tadbirkorlik sub’ektlari ulardan foydalanish uchun Davlat reyestriga kiritilgan ixtiyoriy texnik xizmat ko‘rsatish markazidan ro‘yxatdan o‘tkazish zarur.
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” markazi arizachining murojaati asosida u bilan shartnoma imzolaydi, taqdim etilgan hujjatlar va shartnoma nusxasini maxsus axborot tizimi yordamida Davlat soliq xizmati organlariga yuboradi.
Tadbirkorlik sub’ektlarining ushbu tizimga o‘tishi majburiy.
Faqat bu bosqichma-bosqich amalga oshiriladi100.
2019 yilning 1 martidan boshlab Toshkent shahrida onlayn- nazorat kassa mashina va virtual kassalarni keng qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasi o‘tkazildi. Natijada 385 mingdan ortiq xarid cheklarida jami 72 milliard so‘mdan ziyod tovar aylanmalari amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi axborotlar Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasida qayd etildi.
2020 yil 1 yanvardan onlayn-nazorat kassa mashinalari va virtual kassa tizimi respublikamizning barcha hududlarida bosqichma- bosqich joriy etila boshlandi. Xususan, 2020 yil yanvardan 20 909 ta alkogol, tamaki, dori vositalari va avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari;
100Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Савдо ва хизмат кўрсатиш соҳасидаги ҳисоб-китоблар тизимига замонавий ахборот технологияларини жорий қилиш ҳамда ушбу соҳада жамоатчилик назоратини кучайтириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 2019 йил 6 сентябрь ПФ-5813-сон Фармони
2020 yil 1 avgustdan 1 200 ta o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik tushumi besh milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlik sub’ektlari;
2021 yil 1 yanvardan 21 600 ta o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik tushumi yuz million so‘mdan oshgan yoki yil davomida ushbu chegaraviy miqdorga yetgan, jami 2020 yil yakuniga qadar 43 700 ta tadbirkorlik sub’ektlari onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tkazilishi belgilangan.
Ushbu muddatlar tugagandan keyin onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassadan foydadanmasdan tovarlarni sotish va xizmatlar ko‘rsatishda chek takdim etmaslik yoki fiskal belgiga ega bo‘lmagan chekparni takdim qilish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Ta’kidlash joiz, mazkur talablar olis hududlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga tatbiq etilmaydi. Ularning ro‘yxati har yili O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojpantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlikpari bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Onlayn Nazorat kassa mashinasi (NKM) yoki virtual kassa tizimiga o‘tish davlat uchun muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, bunday raqamli texnologiyalar orqali xufyona iqtisodiyot ulushi qisqaradi. Tadbirkorlik sub’ektlari va Davlat soliq xizmatlari organlari xodimlari bilan bevosita aloqalar kamayib korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi. Ma’lumotlar ishonchliligi kafolatlanadi. Soliq bazasi kengayadi.
Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ham onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassa foydali. Ular amaldagi fiskal xotirali nazorat kassa mashinalarni ishlatish majburiyatidan xalos bo‘lyapti. Kassir-operatsiyachi tomonidan nazorat kassa daftarini yuritish, uning kunlik hisobotini chiqarib olish majburiyati bekor qilinyapti. Tadbirkorlik sub’ektlari kunlik o‘rtacha nakd pul tushumi mikdoridan qat’i nazar, naqd pullarni bank kassalariga inkassatsiya xizmati orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega bo‘ladi. Eng muhimi, onlayn-nazorat kassa mashinasini sotib olish, joriy qilish xarajatlarini soliq hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorigacha kamaytirish imkoniyati
yaratildi. Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “Virtual kassa”ning bazaviy qismi bepul taqdim etilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassalardan foydalanish tizimining eng asosiy yutug‘i xalqimiz hayot tarzini yengillashishi, turmush sifati yuksalishi bilan bog‘liq. Zero, ushbu tizim mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Sohada jamoatchilik nazorati kuchayishiga zamin yaratadi. Xaridorlarning huquq va manfaatlari himoyasi yanada kafolatlanadi. Pirovardida “yashirin” iqtisodiyotning yana bir kushandasi bo‘lgan tizimga aylanadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi chora-tadbirlar quyidagilardan iborat deb xulosa qilishimiz mumkin: