Xaridorlar xatti – harakatlari tahlili: rentaizlovchilik vaaxborotlarizlash. R. Dekon va Dj. Sanstelilar ko‘rsatishicha, taqchil tovar izlayotgan iste’molchilar ularni izlashga vaqt yo‘qotish zaruriyatiga va navbatda turib qolish xarajatlariga duch kelishlari mumkin bo‘lib, bu ularning xaridlardan yutug‘ini kamaytiradi148. Mutanosib bozorlar mavjud bo‘lmaganda iiste’molchilar qo‘shimcha xarajatlar qilgan bo‘lardilar (masalan, vaqt yo‘qotishlari yoki pora sarflari). Mutanosib bozorda iste’molchilar ratsionlashtirilgan tovarlar uchun raqobatlashishlarini ko‘rsatgan T. Nguyen va Dj. Xoli
147Qarang: Azam J.-P., Besley Т. General Equilibrium with Parallel Markets for Goods and Foreign Exchange: Theory and Application in Ghana // World Development. 1989. Vol. 17. No. 12. P. 1921 – 1930.
148Qarang: DeaconR.Т.,SonslelieJ.Price Controls and Rent-Seeking Behavior in Developing Countries // World Development. 1989. Vol. 17. No. 12. P. 1945-1954.
tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, bitim xarajatlari (taqchillikni izlash, navbat kutish va pora berish) mutanosib va rasmiy bozorlardagi narxlar o‘rtasidagi tafovutni qoplamaydi149, R. Dekona va Dj. Sansteli modelini unga mutanosib bozorni kiritgan holda oson kengaytirish mumkin.
S. Devareydjen, K. Djons va M. Romerlar boshqa vaziyatni o‘rganadilar: hukumat maxsus do‘konlar orqali kuponlar yoki ma’lum belgilariga ko‘ra (masalan, ijtimoiy ahvoli yoki bandligiga mos ravishda), ratsionlashtiriladigan tovarlarga bepul kirish imkoniyatini taqdim qiladi. Ular buni “xarajatlardan holi ratsionlashtirish” (costless rationing)150, deb nomlaydilar. Biroq bunday bepul ta’minotning qo‘llanishi xaridorlar o‘zlarining mutanosib bozorda bepul olingan tovarlarini qayta sotganlaridagi vaziyat imkoniyatlarini istisno etmaydi., ularga ratsionlashtirilgan taqsimotda yuzaga kelgan rentani to‘liq zabt etish imkonini beradi. Bu esa nazorat ostida turgan tovarlarni bunday nazorat mavjud bo‘lmaganiga qaraganda, iste’molchilarga ko‘proq talab qilish, sotuvchilarga esa ko‘proq yetkazib berish imkoniyatini yaratadi. Sababi shundaki, iste’molchilarning daromadlari ko‘p miqdorda tovarlarga talab yaratadigan renta hisobiga oshdi.
D. Bevan, P. Koller va Dj. Ganning Tanzaniya qishloq joylarida ko‘pchilik iste’molchilar faol amal qiladigan mutanosib bozorlarning mavjudligiga qaramasdan, tovarlarni qo‘lga kiritish holatida bo‘lmasliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tayanib, buning sababi axborot olish yuqori xarajatlari bo‘lishi mumkin, degan taxminni bildiradilar151. Agar narxli yoki boshqa ma’muriy cheklovlar mutanosib bozor sotuvchilariga qarshi repressiyadan (qamoq va jarimalar) foydalanib, kuch ishlatish yo‘li bilan hal qilinsa, bu sotuvchilar nafaqat o‘z mahsulotini reklama qilishda, balki potensial xaridorlar bilan bitim tuzishga urinishlarda ham riskka duch keladilar. Chunki har qanday xaridor ayniqsa, sotuvchi xaridorga narxlarni
149Qarang: NguyenТ.Т.,WhalleyJ.Equilibrium under price controls with endoge- nous transactions costs // Journal of Economic Theory. 1986. Vol. 39. P. 290-300.
150Qarang: DevarajanS.,JonesC,RoemerM.Op. cit. P. 1881 - 1894.
151Qarang: BevanD.,CollierP.,GunningJ.W.Black Markets: Illegality, Information and Rents // World Development. 1989. Vol. 17. No. 12. P. 1955-1964.
xaridor avval hisoblaganiga qaraganda, ancha yuqori belgilashga uringanda, xabar beruvchi bo‘lishi mumkin. Mazkur vaziyatlarda sotuvchilar qamoqqa olinish ehtimolini kamaytirishga va tovarlarni mutanosib bozorlarda belgilanganidan sezilarli ravishda past narxlarda taklif qilgan holda o‘z foydasini ko‘paytirishga majbur bo‘ladilar. D. Bevan, P. Koller va Dj. Ganning tadqiqotlari shu tariqa, mutanosib bozorlar tadqiqotining yangi jihatini – ularning “jozibadorligi” ni, potensial xaridorlar tomonidan nolegal sotuvchilarni izlash qiyinchiliklarini tahlil qilishni ochadi. Albatta, mutanosib bozorlarni o‘rganish jiddiy cheklanishlarga ega. Noqonuniy faoliyat to‘g‘risidagi har qanday masala intervyuyer uchun ma’lum risk bilan bog‘liq. Ko‘pgina vaziyatlarda so‘ralayotganlar, masalan, ular mutanosib bozorlarda sotgan yoki sotib olgan tovarlar miqdori, ular olgan yoki to‘lagan pullar summasi, poralar, aniqlangan riskni kamaytirish usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash mumkin bo‘lmasligi uchun qarshilik ko‘rsatadilar. Bundan tashqari, agar respondentlar tadqiqotchiga ishonchli axborotni xabar qilishni xohlasalar, mutanosib bozorlar tabiatining o‘zi uni umumlashtirishni qiyinlashtiradi: sotilgan tovar umumiy miqdorini baholash qiyin, chunki sotuvga juda ko‘plab mayda sotuvchilar jalb qilingan. Bu sabablar tufayli iqtisodiy- matematik modellashtirish sabablari norasmiy iqtisodiyot nazariyasida boshqa iqtisodiy-huquqiy nazariyalar, masalan, jinoyatlar va jazolar iqtisodiyot nazariyasi (economics of crime and punishment) yoki mulkchilik huquqi iqtisodiyot nazariyasidagiga (economics of property right) qaraganda, hali kuchsiz rivojlangan. Neoinstitutsional yondoshuvlar norasmiy iqtisodiyotning yangi bir butun paradigmasi shakllanishiga olib kelmadi. Zamonaviy g‘arb adabiyotlarining tahlili ko‘rsatishicha, an’anaviy institutsionalizm ko‘rinishidagi yondoshuvlar ayrim neoinstitutsional g‘oyalar bilan yangilangan bo‘lsada, ustuvor tendensiya bo‘lib qolmoqda. Perulik iqtisodchi Ernando de Sotoning konsepsiyasi “eski” va “yangi” institutsionalizmning bunday sinteziga xarakterli misol bo‘lib, u norasmiy iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi tasavvurlarda tubdan inqilob yasadi.