Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek


-jadval Rivojlanayotgan mamlakatlarda shaharlarda



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə68/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

7.1.4-jadval Rivojlanayotgan mamlakatlarda shaharlarda


band bo‘lganlarda norasmiy iqtisodiyotning ulushini baholash, 1970-1980-yillar, %da117

Afrika mamla- katlari

Norasmiy iqtisodiyot



Osiyo mamla- katlari

Norasmiy iqtisodiyot



Lotin Amerikasi mamla- katlari

Norasmiy iqtisodiyot



Benin

95

Filippinlar

73

Meksika

40 dan ortiq

Marokko

75

Pokiston

69

Salvador

19

Niger

65

Tailand

50

Gvatemala

18

Senegal

50

Hindiston

40-54

Kosta- Rika

12



117 Quyidagilar asosida tuzilgan: Кузнецова С. И. Неформальный сектор в афро- азиатском городе // Авторитаризм и модернизация в странах Азии и Африки. М., 1994. С. 73-74; Неформальный сектор в странах Латинской Америки. Масштабы и структура, тенденции и факторы развития, роль в национальной экономике. М., 1992. С. 96, 123.; Латов Ю.В., Ковалев С.Н. Теневая экономика: Учебное пособие для вузов / под.ред. д.п.н., д.ю.н., проф. В.Я. Кикотя; д.э.н., проф. Г.М. Казиахмедова. – М.: Норма, 2006.- 336 с.; Наумов Ю.Г., Латов Ю.В. Экономическая безопасность и теневая экономика. Учебник. М.: Академия управления МВД России, 2016. – С.162.

7.1.5-jadval Lotin Amerikasi mamlakatlari YaIMda xufyona iqtisodiyotning


ulushini baholash, 1980-yillarning ikkinchi yarmi, %da118

Lotin Amerikasi mamlakatlari

xufyona iqtisodiyot

Boliviya

50ga yaqin

Peru

39

Meksika

25-35

Kolumbiya

15-25

Argentina

12

Alohida hududlarning rivojlanish darajasi bilan norasmiy sektorning miqyoslari o‘rtasida aniq teskari proporsional bog‘liqlik mavjud: norasmiy sektor Afrikaning kam taraqqiy etgan mamlakatlarida ulkan, Osiyoda katta va Lotin Amerikasida nisbatan kam tarqalgan. Turli davrlar uchun norasmiy sektor miqyoslarini baholanishini solishtirish iqtisodiyotning bu sektorini “ishib ketish” tendensiyasiga egaligini ko‘rsatmoqda (masalan, qarang Lotin Amerikasi bo‘yicha ma’lumotlar – 7.1.6-jadval).


7.1.6-jadval Lotin Amerikasi mamlakatlarida iqtisodiy faol aholi (IFA) tarkibida norasmiy ish bilan bandlarning ulushi, %da119


Mamlakatlar



Shahar IFA dagi ulushi

Umumiy IFAdagi ulushi

1950 y.

1980 y.

1950 y.

1980 y.

Argentina

21,1

23,0

22,8

25,7



118 Quyidagilar asosida tuzilgan: Неформальный сектор в странах Латинской Америки. Масштабы и структура, тенденции и факторы развития, роль в национальной экономике. М., 1992. С. 21, 98, 66, 50; Сото Э. де. Иной путь. Невидимая революция в третьем мире. М., 1995. С. 49. ; Латов Ю.В., Ковалев С.Н. Теневая экономика: Учебное пособие для вузов / под.ред. д.п.н., д.ю.н., проф. В.Я. Кикотя; д.э.н., проф. Г.М. Казиахмедова. – М.: Норма, 2006.- 336 с.; Наумов Ю.Г., Латов Ю.В. Экономическая безопасность и теневая экономика. Учебник. М.: Академия управления МВД России, 2016. – С.163.
119 Quyidagilar asosida tuzilgan: Portes A., Sassen-Koob S. Making It Underground: Comparative Material on the Informal Sector in Western Market Economies // American Journal of Sociology. 1987. Vol. 38. No. 1. P. 34.; Наумов Ю.Г., Латов Ю.В. Экономическая безопасность и теневая экономика. Учебник. М.: Академия управления МВД России, 2016. – С.163.



Braziliya

27,3

27,2

48,3

44,5

Chili

35,1

27,1

31,0

28,9

Meksika

37,4

35,8

56,9

40,4

Peru

46,9

40,5

56,3

55,8

Venesuela

32,1

20,8

38,9

31,5

Jami Lotin Amerikasi

30,8

30,3

46,5

42,2



Rivojlangan mamlakatlarda «norasmiylik». K.Xartning kashfiyotlaridan so‘ng norasmiy iqtisodiy faoliyat faqatgina kamtaraqqiy etgan mamlakatlarda mavjud emasligi aniqlandi. 1970- yillarda norasmiy iqtisodiy faoliyat g‘arbning rivojlangan mamlakatlarida ham aniqlandi.120
Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda “xufyona iqtisodiyot” mavjudligini amerikalik iqtisodchi P.Gutmann kashf etgan. 1977 yilda u maqola chop etib, unda bu hisobga olinmaydigan faoliyat keng tarqalib ketib, uni endi e’tiborsiz qoldirib bo‘lmasligini ta’kidlagan edi121. 1979 yilda amerikalik iqtisodchi Edgar Fayg tomonidan e’lon qilgan maqola mojarolarni keltirib chiqardi: professor AQShda “boshqarilmaydigan iqtisodiyot” (irregular economy) rasmiy YaMMning uchdan birini qamrab olganligini hisoblab chiqdi, bu ko‘rsatkich “uchinchi dunyo” mamlakatlari norasmiy sektorining hajmi bilan deyarli tengdir122. E.Faygning hamkasabalari bir ovozdan uni ko‘rsatkichlarni bir necha baravar ko‘tarib yuborganlikda ayblashdi (balkim, muallif ataylab maqolani ko‘pirtirib yozgandir).


120 Ta’kidlash kerakki, g‘arbda yashirin bozorni (black market) 1940-1950 yillardan boshlab o‘rganilgan, bunda ikkinchi jahon urushi davrida asosiy iste’mol tovarlariga bo‘lgan narxlarni tartibga solish tajribasi oqibatlaridan foydalanilgan. Aynan o‘sha davrda yashirin bozorning chetga og‘uvchi talab va taklif egri chiziqlariga ega klassik modeli (Bouldyng modeli) ishlab chiqilgan edi. Ammo bu tadqiqotlar “aql o‘yini” akademik xarakteriga ega bo‘lib, katta e’tiborni jalb etmas edi, chunki harbiy tartibni yo‘q bo‘lishi bilan ushbu tadqiqot ob’ekti yo‘q bo‘lib ketadi deb hisoblanar edi. Qarang: Butterworth J. The Theory of Price Control and Black Market. Aldershot etc., Avebury, 1994. P. 26-35.
121 Qarang: Gutmann P. The Subterranean Economy // Financial Analysis Journal.
1977. Vol. 33.
122 Qarang: Feige E. L., Feige E. How big is the irregular economy? // Challenge.
1979. Vol. 6. No. 22. P. 5-13.
Masalan, P.Gutmann 1978 yilda AQSh norasmiy iqtisodiyoti hajmini rasmiy YaMMga nisbatan taxminan 10% deb baholagan edi123, V.Tanzi esa bu ko‘rsatkichni 4,4% deb qayd qilgan edi124. Mutaxassislar ushbu hodisani miqyosi haqida munozaralarni davom ettirishi bilan rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning ushbu sektoriga muntazam ravishda e’tibor qaratila boshlandi. Keyinchalik norasmiy iqtisodiy faoliyatning maxsus tadqiqotlari faqatgina AQShda emas, balki boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham olib borilish boshlandi.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin