Pedagogik tajriba-sinov natijalari va uning tahlili.
Tajriba sinov ishlari natijasi.
Men tajriba sinov ishlarini pedagogik amaliyot o’tkazgan Namangan shahridagi 13-umumta’lim maktabida olib bordim. Tajriba sinov ishlarini ikki bosqichda olib bordik. Birinchi bosqichda darslarni an’anaviy shaklda olib borildi.
Tajriba - sinov ishlarini ikki bosqichda olib borilgandan oldingi dars natijalari tahlil qilindi. Nazorat sinfi natijalari: masalaning mohiyatini tushunganligiga ko’ra 7 ta, amallarning masala shartiga mos kelishiga ko’ra 9 ta, amallar tartibining to’g’ri tanlanganiga ko’ra 8 ta, masalaning qisqa yozuvini tuza olganligiga ko’ra 2 ta,
Tajriba sinfi natijalari: masalaning mohiyatini tushunganligiga ko’ra 7 ta, amallarning masala shartiga mos kelishiga ko’ra 10 ta, amallarning to’g’ri tanlanganiga ko’ra 7ta, masalaning qisqa yozuvini tuza olganligiga ko’ra 2 ta.
Dars jonli, qiziqarli va ishchanlik ruxida o’tdi. Har ikki darsni solishtirdim.
Yuqoridagi jadvalni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, tajriba sinflarida o’quvchilarni o’zlashtirish darajalari nazorat sinfiga qaraganda 8-10 % yuqoriroq ekanligini ulardan olingan yozma ish natijalaridan ko’rish mumkin.
26→100
|
26→100
|
16→x
|
17→x
|
26·x=16·100
|
26·x=17·100
|
x=1600:26≈61%
|
x=1700:26≈65%
|
Olingan natijalarni quyidagi diagrammada tasvirlash va taqqoslash mumkin.
Pedagogik amaliyot davomida dars o’tishning noan’anaviy metodlaridan deyarli hamma darslarimda foydalanishga harakat qildim. Matematika darslarida yangi zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foydalandim. Amaliyot yakunida yana tajriba sinov ishlarini o’tkazdim.
4- sinfda “ Ikki xonali va uch xonali songa bo’lish” mavzusida ochiq dars o’tkazdim. Deyarli har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi foydalanadigan metod bilan o’tdim. Dars uchun maxsus tayyorgarlik ko’rdim. Bu kabi
o’tilgan darslarda, oddiy o’tilgan darslarga qaraganda dars samaradorligi va o’quvchilarning bilim sifati 8-10 % gacha o’sib ketadi .
Dostları ilə paylaş: |