Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-qurilishi instituti iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti shaxarsozlik va kommunal infratzulmani boshqarish kafedrasi


O’ziyurar kranlar bilan ishlashda montaj qilish yo’nalishini tanlash



Yüklə 230,28 Kb.
səhifə36/47
tarix19.12.2023
ölçüsü230,28 Kb.
#187113
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi-fayllar.org

O’ziyurar kranlar bilan ishlashda montaj qilish yo’nalishini tanlash.
Montaj qilish yo’nalishini tanlash – bir qancha parametrlar bilan – konstruktiv
sxemaning xususiyatlari, ayrim oraliqlar yki bino qismlarining texnologik jihozlarini
ketma – ket montaj qilish uchun topshirish zaruriyati, texnologik liniyalarning
joylashuvi va ularning o’zaro bog’lanishi bilan aniqlanadi. Montaj ishlarini tashkil
etish obhektini qurishda ishtirok etuvchi tashkilotlar tomonidan ishlarni paralel
bajarishini, binoning ayrim uchastkalarini texnologik jihozlarni montaj qilish uchun,
ayrim qismlar, oraliqlar yki qamrovlarni foydalanishga tez topshirishni tahminlash
kerak.
Obhektning asosiy o’qlariga nisban montaj qilish yo’nalishiga bog’liq holda,
konstruktsiyalarni o’rnatish alohida oraliqlar bo’yicha olib boriladigan bo’ylama
montaj va bino yacheykalari ko’ndalang yo’nalishda montaj qilinadigan ko’ndalang yki
selektsion montaj bilan farqlanadi (8.1-rasm). Ko’ndalang montaj binoni foydalanishga
topshirish binoning ko’ndalangiga alohida sektsiyalar bo’yicha nazarda tutilganda yki
mexanizmlarning o’rnini almashtirishni ancha qisqartirishga imkon beruvchi, tahsir
doirasi katta bo’lgan kranlardan foydalanilganda qo’llaniladi.
Bo’lishi mumkin bo’lgan harakat yo’nalishini tahlil qilish faqat o’zi yurar
kranlar uchun va karkasida stropilaosti fermalari bo’lmagan, bir qavatli fonarsiz
sanoat binolarini barpo etishda mumkin.
8.1-rasm. Bino karkasini bo’ylama (a) va ko’ndalang (b) montaj qilish
sxemasi



46
Usul asosan faqat ypma elementlarini montaj qilish uchun asosiy ikki


sababga ko’ra aniqlanadi– strelasining qulochi ancha katta bo’lganda mavjud montaj
kranining yuk ko’tarish qobiliyati yetarlicha bo’lmaganda va bir qator ko’ndalang
yacheykalarni navbatdagi texnologik jihozlarni montaj qilish va pardozlash ishlarini
bajarish uchun tezda bo’shatish zarurligi sababli (8.2.-rasm).
Bo’ylama usulda bino alohida oraliqlar bo’yicha ketma – ket montaj
qilinadi, bu esa qisqa muddatlarda ularni texnologik uskunalarni montaj qilishga
topshirishga imkon beradi. Montaj qiluvchi kran montaj amalga oshirilaytgan
yacheykadan tashqarida joylashadi va ustypma plitalarini montaj qilish montaj
qilingan stropila konstruktsiya ustidan olib boriladi. Tomypma plitasining fazoda
kran strelasi bo’ylab joylashganligi, nihoyatda ma’qul emasdir.
8.2-rasm. Bir qavatli binolar ustypmasi elementlarini montaj qilishning turli
yo’nalishlarida montaj qilish:
a - montaj qilishning ko’ndalang usuli; b - montaj qilishning bo’ylama
usuli; 1 - ferma, 2 - tortqi (elementni montaj qilishdan oldin kuchaytirish); 3 – traversa;
4 – montaj qilinuvchi element; 5 – montaj qiluvchi kran.
Ko’ndalang usulda kran oraliqlarda ko’ndalang ravishda xarakatlanadi. Bunday
usul asosan kransiz tizim binolarida ustunlar qadami 9 va 12 m bo’lganda qo’llanilishi
afzaldir. Montaj qiluvchi kran montaj yacheykasi ichida bo’ladi, strela montaj
qilinaytgan ustypma plitasiga ko’ndalang joylanadi, demak, plitani osish nuqtasi
streladan 6...9 m masofada emas, balki bor yo’g’i 1...1,6 m masofada bo’ladi.
Ko’ndalang montaj konstruktsiyalarini bir vaqtda turli yuk ko’tarish qobiliyatiga ega
ikkita kran bilan o’rnatish imkoniyatini beradi. Katta yuk ko’tarish imkoniyatiga ega
birinchi kran ketma – ket fermalarni montaj qiladi. Kichik yuk ko’tarish qobiliyatiga
ega boshqa kran ham oraliqlarga ko’ndalang holda xarakatlanib, plitalarni
joylashtirishni amalga oshiradi. Montaj qilishni bunday tashkil etishda ishlarning
qiymati va davomiyligi ancha pasayadi.
Bu usul bino karkasida kranosti to’sinlari mavjud bo’lganda ham (8.3-rasm)
konstruktsiyalarini montaj qilishga imkon beradi. Montaj qilishning texnologik
kartasida bayn qilingan elementlarni o’rnatish ketma – ketligi bo’yicha tavsiyalarga
(fermalar, kranosti to’sinlari, ustypma plitalari) qathiy amal qilish zarur.



47
8.3-rasm. Montaj qilish yo’nalishlari har xil bo’lganda elementlarni


o’rnatish ketma – ketligi: a – bo’ylama montaj; b – ko’ndalang montaj.
Montaj qilishning ko’ndalang usuli quyidagi hollarda qo’llaniladi:
• binoni, uning barcha oraliqlarini o’z ichiga qamrab oluvchi alohida
sektsiyalar tarzida foydalanishga topshirishda;
• amal qilish radiusi katta bo’lgan kranlar bilan montaj qilishda, shuning
uchunkim har bir to’xtash joyidan to’laroq foydalanish uchun;
• montaj kranlarini faqat ko’ndalang yo’nalishda xarakatlanishi zarur bo’lganda
yki maqsadga muvofiq bo’lganda.

Yüklə 230,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin