Inshootlarni doimiy tayanchlarga ko’chirish usullari
Tayanchlarga o’rnatish usuliga bog’liq holda vertikal ko’tarish, burish, surish,
dumalatish yo’li bilan montaj qilish usullari farq qilinadi.
Vertikal ko’tarib o’rnatish usuli ko’tarilaytgan konstruktsiya yki inshootning
massasi montaj mexanizmlarining yuk ko’tarish qobiliyatidan ortiq bo’lmaydigan
hollarda qo’llaniladi. Umuman bu usulning qo’llanilishi konstruktsiyani yaxlit holda
mahlum bir balandlikka u yki bu mexanizmlar yordamida ko’tarish va bunday
ko’tarish uchun mexanizmlar va moslamalarning mavjudligi bilan bog’lanadi.
50
Ko’tarilgan konstruktsiya ostiga vaqtincha va doimiy tayanchlarni keltirib qo’yish
imkoniyati va bu tayanchlarning bu konstruktsiya bilan birgalikda ishlashga darhol
kirishib ketishi qobiliyati muhim holat hisoblanadi. (8.6.-rasm).
Tomypma bloklarini yengil montaj kranlari yordamida yerda yig’ib olib, keyin
loyihadagi belgiga ko’tarish katta ijobiy samara beradi. Fazoviy konstruktsiyani
yig’ishni o’rnatish joyida, binoning chetida yki barpo etilaytgan inshootning bevosita
yaqinida joylashgan, maxsus jihozlangan maydonchada amalga oshirish mumkin.
Ayrim bloklarni, butun tomypmani yki uning asosiy ko’taruvchi qismini
loyihaviy holatga o’rnatish joyi ostida yig’ish ishi inshoot ustunlaridan foydalanilgan
holda maxsus gidroko’targichlar yki polispastlar bilan amalga oshiriladi. Montaj
qilishning bunday usulida ustunlar bo’yi baland konsolli bo’lishi kerak bo’lib, bu
konsollarga ko’taruvchi polispastlarning qo’zg’almas bloklari osiladi.
8.6-rasm. Vertikal ko’tarish usuli bilan qobiqlarni tayanchlarga o’rnatish:
1 – traversa; 2 – ko’tarilgan va tayanchlarga burilgan qobiq; 3 – montaj
krani; 4 – yig’ilgan qobiq ko’tarish oldidan; 5 – osilgan ishchi maydonchasi montaj
qilingan qobiqlar tayanchlari.
8.7-rasmda har birining yuk ko’tarish qobiliyati 160 t bo’lgan to’rtta
polispast yordamida amalga oshiriladigan, vertikal va gorizontal bog’lanishlar bilan
biriktirilgan ko’taruvchi fermalardan iborat tomypmaning ko’taruvchi blokini ko’tarish
ko’rsatilgan. Fazoviy konstruktsiyani gorizontal holatda tomypmaning barcha
konstruktiv elementlarini yerda o’rnatib va tomypma elementlari va tom qoplamasi
bilan
birgalikda
qurib
yiriklashtiriladi.
Ustunlar
(tayanchlarning
fazoviy
konstruktsiyalari) ham gorizontal holatda yig’ilib, proekt holatiga polispastlar
yordamida sharnir atrofida burish usuli bilan keltiriladi va keyinchalik o’sha
polispastlar yordamida tomypma bloki ko’tariladi.
51
8.7-rasm. Tomypma blokini polispastlar bilan montaj qilish sxemasi: 1
– ustun; 2 – montaj yn tirgaki; 3 – tormozli tortqi; 4 – tayanch to’sin;
5 – ko’taruvchi polispast; 6 – tomypma bloki.
Fermalarni quyi belbog’larining tayanch bog’lamalari ostiga uchlariga
harakatlanuvchi polispast bloklari mahkamlangan ko’ndalang to’sinlar keltiriladi.
Barcha to’rtta polistpastning ko’taruvchi tayanchlarga yuklanishini bir tekis
taqsimlash uchun uzatishning umumiy sxemasi 8.8-rasmda keltirilgan. Fazoviy
konstruktsiyani loyihadagi holatga vertikal ko’tarilgandan so’ng uning ko’taruv
ustunlarga biriktirilishi amalga oshirildi va montaj yn tirgaklar demontaj qilindi.
8.8-rasm Troslarni uzatishning umumiy sxemasi:
1 – elektrolebedkalar; 2 – polistpastning tortuvchi arqoni; 3 – ko’taruvchi
polistpast; 4 – tomypma bloki; 5
– tenglashtiruvchi roliklar; 6 – chetga
chiqaruvchi
rolik.
Burish usuli bilan asosan balandligi yuqori va massasi katta bo’lgan
inshootlarni butun ko’rinishda montaj qilish amalga oshiriladi. Inshoot konstruktsiya
kabi, avval uning o’rnatish hududida gorizontal holatda yig’iladi, bu fazoviy
konstruktsiyaning
asosi
burish
sharniridan
foydalangan
holda
poydevorga
mahkamlanadi va sharnir atrofida burib inshootni loyihadagi holatiga o’rnatiladi. Bu
usul bilan elektr uzatish liniyalari, tayanchlari, tutun chiquvchi quvurlar, minoralar
va massasi 100 t va undan ortiq bo’lgan boshqa inshootlar montaj qilinadi.
Surish usulida konstruktsiyalar doimiy tayanchlardan chetda yig’iladi, keyin
esa bu tayanchlarga vaqtincha o’rnatilgan yo’llar bo’ylab gorizontal ko’chirish yo’li
bilan o’rnatiladi. Bu usul ko’p oraliqli ko’priklarni, bir qavatli sanoat binolari
qoplamalari konstruktsiyalarini montaj qilishda, shuningdek ishlarni
qisqa
muddatlarda bajarish zarur bo’lganda yerda boshqa ishlar bilan surishga tayyrgarlikni
qo’shib olib borishda keng qo’llaniladi. Bu usul amaldagi texnologik inshootlarni
(domna pechi, havo isitgich, shaxta kopyri) qayta qurishda, yangi inshoot chetda
yig’ilib va keyin eski demontaj qilinganning poydevoriga surib joylanganda ayniqsa
samaralidir.
Surish jarayni ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: blokning massasi 250
52
t gacha bo’lganda salazkalarda (chanalarda) sirpantirish bilan va bloklarning massasi
10 ming t va undan ortiq bo’lganda po’lat katoklar ustida dumalatib amalga oshirish
mumkin.
Surish usuliga misol sifatida qoplamasi sigarasimon fermalardan bo’lgan 84
m oraliqli sport majmuasi binosini montaj qilishni ko’rib chiqamiz (8.9 -rasm).
Yuqori va quyi belbog’lari bo’yicha 4 mm qalinlikdagi po’lat listlar bilan o’rab
olingan tomypma (qoplama) fermalari ypiladigan inshootdan bevosita yaqin joyda
maxsus aravalar ustida yerda yig’ilgan. Aravalar tomypma elementlarini berilgan
aniqlikda yig’ishni tahminlash uchun konduktorlar va moslamalarga ega,
aravachalarning konstruktsiyasi ularga gorizontal va qiya relg’sli yo’llar bo’ylab
mahkamlangan fermalar bilan siljishga imkon beradi.
Aravachalarni loyihaviy belgigacha ko’tarish uchun ikkita og’ma (qiya)
montaj to’sinlari montaj qilingan, aravachalarni navbatdagi tomypma bloki bilan
ko’chirilishi ikkita tortuvchi polispastlar bilan amalga oshiriladi. Loyihadagi belgiga
y e tganidan so’ng aravachalar maxsus tirgakka taqaladi, tomypma bloki po’lat
katoklar ustiga tushiriladi va dumalatish usuli bilan ikkita yengil polispast yordamida
loyihadagi holatga suriladi, bunda domkratlar yordamida uni oldin katoklarni bo’shatish
uchun ko’tariladi, keyin loyihadagi holatga tushuriladi. Montaj qilishning ko’rib
chiqilgan usulining afzalliklaridan biri – hajmdor blokni loyihadagi belgilarga
ko’chirish va o’rnatish uchun foydalanish qiymati yuqori bo’lgan katta yuk ko’tarish
qobiliyatiga ega montaj kranini qo’llanishining zaruriyati yo’q.
8.9-rasm. Tomypma blokini surish sxemasi:
1 – bino ustunlari; 2 – stropilaosti bloklari; 3 – vaqtincha estakadaning qiya
to’sinlari; 4 – tomypma bloki; 5 -–bloklarni xarakatlantirish uchun aravacha;
6 – tortuvchi polispast; 7 – aravachaning relg’sli yo’li; 8 – tirgak.
Montaj qilish amaliytida bahzida bir necha usul qo’shib olib borish hollari
uchraydi, xususan surish, yiriklashtirish va burishning birgalikda olib borish usuli.
3. Montaj usullarini va ishlarni birgalikda olib borishni tanlash
Dostları ilə paylaş: |