57
tugallanib birinchi qamrov qabul qilingan bo’lishi kerak. Bunday ishlarga quyidagilar
kiradi: ustunlarni montaj qilish uchun qabul qilingan poydevorlar,
transheya va
chuqurlarni yn-biqinlari grunt bilan qayta to’ldirilishi, qamrov chegarasida gruntlarni
tekislash ishlari, transport xarakati uchun yo’llar tayyrlash, konstruktsiyalarni taxlash
va kranni ishlashi uchun maydonchalar tayyrlash. Tekislash ishlaridan keyin eng
ma’qul yechim butun qamrov yuzasi bo’yicha pol ostini betonlanishidir. Transport va
kran harakati uchun qattiq qoplamali temirbetonli yo’l
plitalaridan foydalanish
mumkin. Bu holatda konstruktsiyalarni qumli asosda tayerlangan maydonchaga
joylashtirish tavsiya etiladi
Odatda uzunligi 12 m gacha bo’lgan ustunlar tortib mahkamlanmaydi, yahni
tortqilar
ishlatilmaydi, ularni mustahkamligi poydevorga maxkamlash bilan
tahminlanadi. Balandroq ustunlarni o’rnatganda ular bikrlik yuzasini kichik tekisligida
tortib mahkamlanishi kerak ( ustunlar qatori bo’ylab). Ustun va poydevor tutashuv
joylarida beton qorishmasi kerakli mustaxkamlikka erishgandan so’ng bog’lovchilarni
montajiga va kranosti to’sinlarini o’rnatilishiga kirishish mumkin. Kran osti to’sinlarini
quyma detallari ustun konsoliga payvandlanib va tutashuv joylari to’ldirilgandan keyin
ustunlar orasidagi tortqilar olinadi.
Kranosti to’sinlari odatda tomypma konstruktsiyalari
bilan bir oqimda montaj
qilinadi. Karkasning xar bir yacheykasini kompleks uslubida montaj qilish tavsiya
etiladi: yahni yacheykadagi xamma kranosti to’sinlari, stropilaosti to’sini, stropila
fermasi va yacheykadagi barcha tomypma plitalari o’rnatiladi. Plitalar bir yn tomondan
ikkinchi yn tomonga ketma-ket, chetki oraliqni birinchi plitasi birinchi qator
ustunlariga ilingan osma
montaj maydonchasidan turib, o’rta oraliq plitalari oldin
montaj qilingan chetki oraliq plitalari ustidan turib montaj qilinadi.
Devor panellari oxirgi montaj oqimida odatda mustaqil kran bilan montaj
qilinadi. Panellarni qushni ustunlar orasiga butun balandligi bo’yicha deraza panjarasi
bilan bir paytda va elementlar choklarni yaxlitlash bilan birgalikda montaj qilinadi.
Bir qavatli sanoat binolarini montaj qilishda obhekt oldi omborlari tashkil
etilmaydi. Montaj qilish zonasiga konstruktsiyalar uchinchi smenada keltirilib,
tushiriladi va ko’tarish joylariga taxlab teriladi. Konstruktsiyalar
zaxirasi kamida ikki
yki uch kunlik ishga mo’ljallanadi, keltirishda uzilishlar bo’ladigan holatlarda zaxira
kuni oshishi mumkin. Konstruktsiyalarni yetkazishni kunduzi ham tashkil etsa bo’ladi,
bunda konstruktsiyalar montaj yo’nalishining qarama-qarshi tomonidan tashib
keltirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: