58
mustaqil montaj oqimi ishlashini tahminlaydi. Uchastkadagi ishlar ketma-ket bir oqim
bilan yki parallel va bir vaqtda bir nechta ixtisoslashtirilgan
oqimlar bilan bir nechta
uchastkalarda bir vaqtda bajarilishi mumkin.
3.
Qurilish tsikllarini birgalikda bajarish usullari
Qurilish ishlari, konstruktsiyalar montaji va texnologik uskunalarni montaj
qilishni birgalikda bajarish imkoniyati va maqsadga
muvofiqlik darajasiga qarab ,
sanoat binolari ochiq, ypiq, birlashtirilgan yki kombinatsiyalashgan usullarda barpo
etiladi (9.1-rasm). Bu usullar ishlarni birgalikda olib borish darajasi
va ketma-ketligini
aks ettiradi, va buni qurilish konstruktsiyalarini montaji va binolarni barpo etishda
hamma vaqt ehtiborga olish kerak.
9.1
– rasm. Qurilish tsikllarini birgalikda bajarish usullari:
I.
– ochiq: 1 – yerosti qismini barpo etish; 2 – karkasni montaj qilish; 3
– texnologik uskunalarni montaji; 4 – pardozlash ishlari. II. – ypiq: 1 – karkas
uchun yer osti qismi; 2 – binoni
karkasini montaji; 3 – texnologik uskunalar va kommunikatsiyalar
uchun yerostki
qismi; 4 – texnologik uskunalar montaji; 5 – pardozlash ishlari. ІІІ. – birgalikda
bajarish: 1 – inshootning umumiy kotlovanini qazish; 2 – texnologik uskunalar
poydevorlarini betonlash; 3 – bino karkasini montaji; 4 – texnologik uskunalar montaji;
5 – pardozlash ishlari. ІV. – kombinatsiyalashgan: І – ochiq usulda va ІІ – ypiq usulda
ishlarni bajarish.
Bir qavatli sanoat binolarini asosiy qurilish tsikllariga binoning yer osti va yer
ustki qismlarini barpo etish kiradi va bularga qo’yidagilar kiradi: binoning poydevorlari
va texnologik uskunalarni o’rnatish uchun kotlovan va transheya qazish ishlari,
binoni poydevorlarini montaji va uskunalarni tagidagi
poydevorlarni betonlash; yer
usti qismlarni montaji va ichiga o’rnatiladigan etajerka−javonlarni barpo etish,
texnologik uskunalarni va quvurlarni montaji , pardozlash ishlarini bajarish.
Dostları ilə paylaş: