61
vositalari, hamda boshqa mashina va mexanizmlar komplekti yordamida olib boriladi.
Oqim bo’yicha montaj qilishni tashkil etish uchun bino qamrovlarga va
yaruslarga, plandagi o’lchamlari katta va ish hajmlari ancha yuqori bo’lsa
montaj
uchastkalariga yki zonalarga bo’linadi. Xar bir uchastkada ishlarni alohida qurilish
tashkiloti bajaradi. U kerakli kranlar, yiriklashtirib yig’ish uchun maydon va jihozlar,
montaj jihozlari va konstruktsiyalarni montajga o’zatish
uchun transport vositalarga
ega. Bir qavatli binolarning har bir uchastok chegarasida konstruktsiyalarni o’rnatish,
ularni to’g’riligini tekshirish va batamom mahkamlash, bir turdagi konstruktsiyalarni
montaj qilish uchun o’zining montaj mexanizmlariga ega bir yki bir nechta
ixtisoslashtirilgan oqimlar yordamida bajariladi.
Montaj jaraynini oqim usulida oqilona tashkil etishda –
kompleks montaj
jarayni tarkibiy qismlarga bo’linadi va oldindan qabul qilingan montaj ritmida olib
boriladi. Belgilangan vaqt oraligida montajchi brigadalarni doimiy tarkibi va
mashinalar to’plami bilan nisbatan bir xil hajmdagi ishlar bajarilishi kerak. Montajni
minimalg’ muddatda bajarish uchun kerakli
ish fronti tayyrlanishi, montaj zonasiga
yig’ma konstruktsiyalar o’z vaqtida yetkazilishi, montajni oqilona usullari qo’llanilishi,
eng ma’qul montaj kranlari tanlangan bo’lishi kerak.
Bir qavatli sanoat binolarini barpo etishda xamma montaj ishlari bir nechta
oqimga bo’linadi. Alohida ixtisoslashtirilgan oqim bilan poydevorlar,
ustunlar, devor
to’siqlari, bahzida kranosti to’sinlari montaj qilinadi. Har bir oqim uchun kranni
to’xtash joyini minimalga olib keladigan kranni optimalg’ (ma’qul) xarakatlanish
sxemasi va shu bilan yig’ma elementlarni oqilona taxlashtirish va joylashtirish
tanlaniladi.
Bir qavatli sanoat binolari iloji boricha zavod va poligonlarda tayyrlangan
tayyrlov va montajdan keyingi ishlarni qisqarishini tahminlovchi
butun yki yirik
qismlardan iborat konstruktsiya va detallardan montaj qilinadi.
Qurilishga alohida qismlar shaklida keltirilgan konstruktsiyalar o’rnatishdan
oldin yiriklashtirib, bloklarga birlashtiriladi, bunda ularning massasi montaj kranlarini
yuk ko’tarish va boshqa parametralariga mos kelishi kerak. Agar sharoit imkon bersa
alohida konstruktiv elementlar texnologik jihozlar bilan birgalikda yiriklashtirilib
montaj bloki hosil qilinadi. SHunday qilib chiziqli, tekis, fazoviy va konstruktiv–
texnologik bloklar hosil qilinadi. Konstruktsiyalar yiriklashtirilganda
ularni montaj
jaraynida geometrik shakli o’zgarmasligini tahminlash uchun ayrim hollarda bloklarni
vaqtinchalik
kuchaytirish
ishlari bajariladi.
Agar
imkonlar
to’g’ri
kelsa
konstruktsiyalarni omborga joylashtirmay to’g’ridan-to’g’ri transport vositasidan
montaj qilish ma’quldir.
Qurilish konstruktsiyalari montajini ma’qul usullari haqidagi qaror mahalliy
sharoitni hamma majmualarini ehtiborga olgan holda qabul qilinadi: obhektni
foydalanishga topshirish tartibi, bino gabaritlari, montaj kranlari harakat yunalishlarini
maqsadga muvofiqligi, barpo etish turli variantlarini texnik– iqtisodiy solishtirish. Bino
konstruktsiyalari montajini harakat yunalishini tanlaganda
texnologik uskunalarni
montaj qilish tartibini ham hisobga olish kerak bo’ladi. Konstruktsiyalarni montaj
zonasiga yetkazish uchun bino ichkarisida transportni to’g’ridan-to’g’ri harakatini
tahminlash kerak. Binoning yn tomoni devor panellarini montaji bilan ypiladi , ammo
darvoza romlari oxirda o’rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: