4-misol: Azotning kislorodli birikmalaridan birining tarkibida
69,56% kislorod bo‘ladi. Ushbu oksidning formulasini aniqlang.
Yechish: 1) Azotning kislorodli birikmasi tarkibida 69,56% kislorod bo‘lsa,
uning tarkibida 100 - 69,56 = 30,44% azot bo‘ladi.
N:O= =2,17:4,34
2) Azot va kislorod atomlarining nisbatlari (2,17:4,34) ni butun
sonlarga aylantirib olamiz.
=1:2
Demak, oksid tarkibida azot atomi bitta, kislorod atomi 2 ta bo‘ladi: NO2.
Javob: NO2.
5-misol:Tabiiy marvaridda kalsiy, uglerod va kislorodning massa nisbatlari 10:3:12. Marvaridning eng oddiy formulasi qanday bo‘ladi?
Yechish: Masalani yechish uchun massa nisbatga to‘g‘ri keladigan qiymatni har bir atomning nisbiy atom massasiga bo‘lamiz:
: : = 0,25:0,25:0,75 =1:1:3.
Javob: Demak, marvaridning eng oddiy formulasi CaCO3 ekan.
5.Savol va topshiriqlar
1) Alkadien deb nimaga aytiladi?
2) Alkadien umumiy formulasi qanaqa?
3) Alkadienda qanday gibridlanish mavjud?
4) Alkin bilan Alkadien farqi nimada?
5) Kumulyatsiyalangan dienlar qanday dienlar?