Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot


-mavzu. Oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlash zaruriyati



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə31/43
tarix20.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#145619
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
2iqtisodiy xavfsizlik

13-mavzu. Oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlash zaruriyati




Oziq-ovqat xavfsizligi va uni ta’minlash masalasi bevosita milliy xavfsizlikni ta’minlash bilan chambarchas bog’liqdir. Hozirgi paytda oziq-ovqat xavfsizligi muammolari kishilar hayot faoliyatining muhim tizimi sifatida jiddiy ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Ushbu muammo o’zining dolzarbligi jihatidan harbiy va umumiqtisodiy xavfsizlik bilan bir qatorda turadi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mamlakat suverinitetini, iqtisodiy xavfsizligini va ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolishning muhim shartlaridan biriga aylanmoqda. O’z-o’zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlamasdan turib, milliy xavfsizlikning boshqa komponentlari to’grisida so’z yuritib bo’lmaydi.
Oziq-ovqat xavfsizligi - murakkab tizimli va ko’p pog’onali muammo bo’lib, mamlakatning juda ko’p iqtisodiy va ijtimoiy jihatlariga tegishli bo’ladi.
Oziq-ovqat xavfsizligi muammosini uchta darajada ko’rib chihish mumkin:

    • xalqaro darajada;

    • ichki iqtisodiy;

    • alohida inson, oila, aholining ijtimoiy guruhlari darajasida.

Oziq-ovqat xavfsizligi muammosini xalqaro jihatidan ko’rib chiqiladigan bo’lsa, birinchi navbatda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti tomonidan xavfsizlikni yetarli darajasini belgilash yoki aniqlash bo’yicha ishlab chiqilgan mezonlarini aytib o’tish kerak bo’ladi. Ushbu Tashkilotning ta’kidlashicha, alohida mintaqalarda ishlab chiqarish hajmlaridagi qisqarishlarni o’rnini bosish uchun oziq-ovqat mahsulotlarining ma’lum darajadagi zahiralariga ega bo’lish kerak bo’ladi. Mana shunday zahiralar darajasi jahon ehtiyojlarining 20 foizi darajasida bo’lishi kerak. Mutaxassislarning fikricha, ushbu daraja bir necha yillar davomida kritik nuqtadan pastda bo’lgan.
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlanishi bozor baholarini davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy usullaridan foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Bundan tashhari oziq-ovqat xavfsizligi davlatning mamlakat va uni mintaqalarini oziq-ovqat bilan ta’minlash tizimida turli tabiiy ofatlar va favqulotda holatlar natijasida yuzaga keladigan buzilishlarni oldini olishga bo’lgan qodirligini ham ko’zda tutadi. Buning uchun esa doimo yangilanib va o’rni to’ldirib turiladigan strategik oziq-ovqat zahiralarini va ularni taqsimlash hamda ulardan foydalanish tizimini yaratish zarur bo’ladi.
Demak, oziq-ovqat xavfsizligi ichki imkoniyatlardan foydalangan holda mamlakat aholisining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli darajada
ta’minlanishini, import mahsulotlarga bogliqlikni kamaytirshga erishishni ifodalaydi.
Bugungi kunda yer yuzida 6 milliarddan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. Har sohada kechayotgan globallashuv jarayoni taraqqiyot sari tashlangan dadil qadam sifatida talqin etilayotgan bo’lsada, qishloq xo’jaligi, energetika, ekologiya kabi ayrim masalalarda muammo keltirib chiqarayotgani hech kimga sir emas. Bunday holat tabiiyki, jahon hamjamiyati muammolarga jiddiy munosabat bildirishi va ularning yechimini topishda mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi lozimligini taqozo
etadi. So’nggi paytlarda jahon miqyosida oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshib borishi nafaqat kambagal mamlakatlar, balki rivojlanayotgan, hatto dunyoning yetakchi davlatlarini ham tashvishga solmoqda.
BMT ma’lumotlariga ko’ra, yaqin vaqtlar ichida dunyodagi qator mamlakatlar oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotida jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin. Oziq-ovqat taqchilligi ayrim mamlakatlarda tartibsizliklar, g’alayonlar kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Butunjahon oziq-ovqat dasturining ekspertlari oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi ayrim mamlakatlarda ijtimoiy beqarorlikni keltirib chiqarishi mumkinligidan tashvishlanmoqdalar. BMT ma’lumotlarida keltirilishicha, bugungi kunda dunyo miqyosida 100 millionga yaqin kishi ocharchilikni boshdan kechiryapti. Tabiiyki, shu o’rinda oziq-ovqat taqchilligining sabablari nimada degan savol tugiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat iste’mol qilish hajmi ortib boryapti. Don mahsulotlaridan yonilgi ishlab chiqarishda foydalanilmoqda. Qolaversa, dunyo oziq-ovqat zaxiralari so’nggi 25 yilda eng past darajaga tushib ketgan, dunyo birjalarida olib-sotarlik bilan bog’liq firibgarliklar borligi, sobiq mustamlakalarda iqtisodiyotning bir yoqlama rivojlanishi ham oziq-ovqat taqchilligini keltirib chiqarmoqda.
Iqlimning global isishi yer yuzi aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Agar sayyoramizda havo harorati faqat bir darajaga ko’tarilsa, don ekinlaridan olinadigan hosil miqdori 10 foizga pasayib ketar ekan. Oziq-ovqat taqchilligi xavf solayotgan mamlakatlar vaziyatdan chiqish uchun, avvalo, ichki imkoniyatlarni ishga solmoqdalar. Jumladan, dunyoda guruch eksport qilish bo’yicha birinchi bo’lgan Tailand, Hindiston, Vetnam va Braziliya mamlakatlaridan farqli o’laroq guruch eksportini kamaytirmaslikka qaror qildi. Hozirda Tailandda guruchdan bir yilda ikki marta hosil olinayotgan bo’lsa, endi bu ekindan xatto uch marta hosil olish choralari ko’rilmoqda.
Oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan asosiy ehtiyojlarni o’z hisobiga qondirish mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Mana shunday hayotiy muhim vazifani mamlakat iqtisodiyotining yirik tarmog’i bo’lgan agrosanoat majmuasi amalga oshiradi. SHuning uchun ham O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida mamlakat qishloq xo’jaligini isloh qilishga ustunlik berildi.
Respublika sanoatining ko’pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozalash, to’qimachilik, yengil sanoatni, oziq-ovqat, kimyo sanoatini, qishloq xo’jalik mashinasozligini va boshqalarni rivojlantirish istiqbollari, ularning murakkab o’tish davridagi iqtisodiy moliyaviy ahvoli bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqdir. Mustaqillik yillarining ilk davrida agrar sohalarni barqaror rivojlantirish tufayli sanoat potentsialini saqlab qolish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog’liq tarmoqlarda esa ishlab chiqarish ko’lamini hatto kengaytirish mumkin bo’ldi. Aynan agrar sektor O’zbekistonda iqtisodiy barqarorlikning qudratli omili bo’ldi. Eng asosiysi mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun mustahkam asos yaratila boshlandi.
Islohotlar davrida qishloqqa butun choralar bilan yordam ko’rsatilishi shart, degan qoidadan kelib chiqqan holda respublikada agrar munosabatlarni isloh qilish
uchun, qishloq xo’jalik korxonalarini qaytadan tashkil etish, qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishni yanada ko’paytirish, ayrim mahsulot turlarini chetdan keltirishdagi qaramlikni kamaytirish uchun zarur sharoitlar yaratib kelindi.
Islohotlar davomida iqtisodiy siyosatning eng muhim ustuvor yo’nalishi - qishloq xo’jaligida va umuman agrosanoat majmuasida chuqur progressiv siljishlarga erishildi. Bu siljishlar oziq-ovqat muammosini tubdan hal etishga, qishloq xo’jalik xom ashyosini chuqurroq qayta ishlashga va qishloqlarda kichik korxonalar barpo etishga, qishloqning ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirishga, qishloq aholisining turmush darajasini oshirishga qaratildi.
Respublika qishloq xo’jaligi tarkibini o’zgartirish siyosati zonalar ixtisoslashuvi sharoitlariga muvofiq ekin maydonlari tarkibini eng maqbul holga keltirish yo’li bilan amalga oshirildi. O’zak tarmoqlar qatoriga paxta bilan birga g’allachilik va kartoshkachilik ham qo’yildi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tarkibini qayta qurish O’zbekistonda qishloq ekinlari va oziq-ovqat mahsulotlarining eng muhim turlarini yetishtirishni jadal rivojlantirish uchun sharoit yaratdi. Ayni paytda respublikani don va yem, margarin mahsulotlari, iste’mol spirti va eng muhim tovarlarning boshqa turlarini import qilishdan holi etish imkonini berdi.
2000-2010-yillar davomida import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ulishi sezilarli darajada qisqargan (10-jadval).
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun ikki yo’nalishda chora-tadbirlar amalga oshirildi.
- birinchidan, qishloq aholisi tomorqa maydonlarini kengaytirish va yangilarini ajratib berish amalga oshirildi;
-ikkinchidan, qishloq xo’jaligi ekinlari tarkibini qayta ko’rib chiqish yo’lga qo’yildi.

10-jadval 2000-2010-yillarda O’zbekiston importi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari


ulushi (umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida)

Tovarlar guruhi



Yillar

2000

2002

2004

2006

2008

2010

Jami

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

Oziq-ovqatlar

12,3

12,5

9,9

6,8

7,2

8,3



Manba: O’zbekiston iqtisodiyoti GG Axborot-taxliliy sharx, 2010 yil, Tashkent, 2011,49- bet; Uzbekistan v tsifrax. 2010. Tashkent. 2011, s.162


Natijada paxta maydonlari 2 mln. gektargacha qisqartirilib, don ekinlari, sabzavot, mevali bog, uzumzor va yem-xashak ekinlari maydonlari ancha kengaytirildi. Mamlakatda don mustaqilligi dasturi qabul qilinib, sugoriladigan yerlardagi bugdoy ekishga ajratilgan yer maydoni 1,2 mln gektarga oshirildi. Buning natijasida bugdoyning bir yillik yalpi hosili 3 mln tonnadan oshib ketdi va O’zbekiston don mustaqilligiga erishdi.
Davlatning oziq-ovqatga oid siyosati kartoshka, meva-sabzavot mahsulotlari bilan ham o’z-o’zini ta’minlashni ko’zda tutadi. Aholiga yetarli darajada chorvachilik mahsulotlari va o’simlik moyi yetkazib berish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash uchun zarur bo’lgan bazani barpo qilish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari asosiy turlarining yetarli zahirasini shakllantirish, ularning chakana baholari barqarorligini ta’minlashga erishish, chetdan keltirilayotgan mahsulotlar ulushini qisqartirib borish ham oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim yo’nalishlari hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish hajmlari ancha oshdi, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida nafaqat ichki ehtiyojlarni qondirish, balki bug’doy eksportini ham amalga oshirish imkoniyati paydo bo’ldi. 2009-yilda 6,8 mln.tonna bug’doy yetishtirildi. Mamlakat ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan un va non mahsulotlariga baholarni yuqori chegaralarini belgilash siyosatini amalga oshirilganligi ushbu mahsulotlarga narxlarni aholi imkoniyatlariga mos keladigan darajada ushlab turish imkonini berdi.
Iqtisodiy xavfsizlik nuqtai nazaridan eng muhim tarmoqlar qatoriga – yoqilg’i-
energetika, oziq-ovqat sanoati, transport va aloqa sohalari kiradi. Ushbu strategik ahamiyatga ega bo’lgan tarmoqlarni rivojlantirish orqali birinchidan, energetik va oziq-ovqat mustaqilligiga erishiladi, ikkinchidan, jahon bozorlariga, resurslarning xalqaro manbalariga chiqish uchun transport yo’llariga ega bo’linadi.
Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim omillaridan bo’lib hisoblanadi. Ushbu tarmoqlarni rivojlantirish natijasida, birinchidan, dunyo bozoriga chiqish, ikkinchidan esa, mamlakat ichida kapital jamg’arishga erishish imkoniyatlari kengayadi.
Umuman, qishloq xo’jaligi sohasining rivojlanganligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlanish darajasini ifodalaydi, deyilsa xato bo’lmaydi.
Umuman, mamlakatning oziq-ovqat mustaqilligini ifodalovchi eng asosiy
ko’rsatkich iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari hajmida milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ulushi hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, oziq-ovqat sanoatini rivojlanishi ichki talab omillarining yuqori darajadagi ta’siri bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarishni o’sish sur’atlari ayniqsa 2010 yilda yuqori darajada qayd etildi. Bu yili ushbu ko’rsatkich 28,0 foizni tashkil etdi.
Mutaxassislarning fikricha, oziq-ovqat sanoati, ayniqsa, sabzavot va mevani qayta ishlash sohasida tarmoqning eksport salohiyatidan yetarli darajada foydalanilmayapti. Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifati ichki bozorga import qilinayotgan mahsulotlar sifatidan pastligi, bu mahsulotlarning respublikada ishlab chiqarish hajmini va ularga bo’lgan iste’mol talabini kamayishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, bu mahsulotlarning asosiy qismi kichik korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi, lekin, ularning hajmi yil yakunlari bo’yicha natural ko’rsatkichlarda statistika organlari tomonidan hisobga olinmaydi.
Respublika hukumati tomonidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar aholini ijtimoiy
ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarining kafolatli qondirilishini ta’minlamoqda. Respublikaning ishlab chiqarish salohiyati hamda don,
un, o’simlik yogi va boshqa turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining shakllantirilgan ishonchli zahiralari, ulgurji va chakana savdodagi zarur zahiralar aholining ularga bo’lgan ehtiyojini to’liq qoplaydi, ichki iste’mol bozorining uzluksiz to’ldirilishini ta’minlaydi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ifoda etuvchi parametrlar tarkibiga aholining oziq- ovqat bilan ta’minlanganligi, uning assortimentining xilma-xilligi, oziq-ovqat mahsulotlarining kaloriyaliligi, unda foydali elementlarning mavjudligi, sogliq uchun xavfsizligi kabilar kiritiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari sifati inson salomatligini belgilovchi tayanch omildir. Yevropa davlatlari o’zaro hamkorlikda ichki bozorni sifatsiz inson salomatligi uchun xavfli oziq-ovqat mahsulotlaridan, qishloq xo’jalik hayvonlarini esa xavfli ozuqalardan himoya qilish maqsadida, 1998-yilda oziq-ovqat mahsulotlari va hayvon ozuqasida uchraydigan xavf va illatlarni (fizikaviy, kimyoviy va biologik) nazorat qilish uchun “Xavf tahlili va kritik nuqtalar nazorati» tizimli yondoshuvini ishlab chiqishdi hamda 2006-yil 1-yanvardan amaliyotga joriy etildi. Bunday qaror masalaning yuqori darajada dolzarbligini ko’rsatadi, chunki oziq-ovqat mahsulotlaridan kelib chiqadigan xavflarning inson salomatligiga, ayniqsa, go’dak organizmiga salbiy ta’siri Jahon sogliqni saqlash tashkiloti tomonidan chuqur o’rganilib, tahlil etilib, keng jamoatchilikka ma’lum qilingan.
O’zbekistonda mahalliy korxonalarda ishlab chiqariladigan va import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini nazorat qilish tizimi shakllantirildi. Bunda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yildagi «Ichki bozorni sifatsiz, xavfli oziq-ovqat mahsulotlaridan himoya qilish to’g’risida»gi qarori alohida ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda erkin bozor munosabatlarining rivojlanishi oziq-ovqat va umumiy ovqatlanish sohasida tadbirkorlik faoliyatiga keng yo’l ochilishiga hamda sohada jiddiy tuzilmaviy o’zgarishlar sodir bo’lishiga, bu tarmoq korxonalarining deyarli barchasi davlat tasarrufidan chiqarilishi, xususiylashtirilishiga sharoit yaratdi.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin