iqtisodiyotni barqaror rivojlanishida davlat fiskal siyosati
jadval Ta`lim muassasalariga moddiy-texnik ta`minot uchun sarflangan
mablag`larto`g`risidama`lumot33
Ko`rsatkichlar
sarflanganmablag`larmablag`alar
1998-2015yillarda
Qurilish va rekonstruktsiya
3 307,3 mlrd. so`m
Jihozlashga:
- Respublika va mahalliy byudjet
257,5 mlrd. so`m
- Xorijiy investitsiyalar
235,2 mln. AQSH doll.
Adabiyotlar chop etish
37,7 mlrd. so`m
2015yilda
Qurilish va rekonstruktsiya va mukammal ta`mirlash
147,6 mlrd. so`m
Jihozlashga:
- Respublika va mahalliy byudjet dan 90 mlrd so`m mablag` ajratilgan bo`lib, bugungi kungacha o`zlashtirilgani
70,0 mlrd. so`m
- Xorijiy davlatlar granti
0,8 mln. AQSH doll.
Adabiyotlar chop etish
3,1 mlrd. so`m
2016 yilda
Qurilish va rekonstruktsiya va mukammal ta`mirlash
145,0 mlrd. so`m
Jihozlashga: - Respublika va mahalliy byudjet
102,0 mlrd. so`m
Qishloq xo`jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar va tarkibiy o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, yer-suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida quyidagi ustuvor yo`nalishlar belgilandi:
yer-suv resurslari cheklangan sharoitda ulardan oqilona va samarali foydalanish.
yerning unumdorligi, uning bonitetidan kelib chiqqan holda qishloq xo`jaligi ekinlarini navlar bo`yicha to`g`ri joylashtirish.
33 O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi ma`lumotlari
Bozor talablaridan kelib chiqqan holda 2020 yilgacha bo`lgan davrda ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish bo`yicha belgilangan prognoz ko`rsatkichlariga erishish. 2020 yilga borib, paxta va g`alla ekin maydonlari 220,5 ming ga qisqaradi.
Past bonitetli, sho`rlangan, paxtaga yaroqsiz bo`lgan tog`oldi yerlarida g`o`za ekilmaydi.
2016 yilda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini 6,1 foizga oshirish.
2016 yilgi Davlat byudjeti parametrlarida investitsiyalarga yo`naltiriladigan mablag`larni 2015 yilga nisbatan 16 foizga oshirildi va 2,1 trln. so`mgacha yetkazildi.
Jumladan,
Qishloq xo`jaligini uzluksiz suv bilan ta`minlashga va suv resurslaridan unumli foydalanishga qaratilgan zarur irrigatsiya inshootlari qurilishiga 504 mlrd. so`m;
Qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta`minlashni yaxshilish maqsadida 3 ming km. ichimlik suvi tarmoqlarini qurilishi va rekonstruktsiya qilinishiga 159 mlrd. so`m.
Yuqoridagi tahlillardan ko`rinib turibdiki, davlat byudjeti xarajatlarini oqilona boshqarish pirovardida nafaqat ijtimoiy sohadagi davlat islohotlarining samaradorligi ortmoqda, balki, o`z navbatida milliy iqtisodiyotni muvozanatli rivojlanishini ta`minlashning samarali mexanizmlarini shakllantirish imkoniyatlariga ega bo`linadi.