Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə24/29
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#187860
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
iqtisodiyotni barqaror rivojlanishida davlat fiskal siyosati

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA

3 bob bo`yicha xulosa


Davlat va mahalliy byudjet daromadlarininglarining shakllanishida asosiy o`rinni soliqlar egallaydi. Bozor munosabatlariga asoslangan davlatlarda soliqlar byudjet daromadlarini shakllantirishda va iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim vazifalarni amalga oshiradi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish davlatning soliq siyosati bilan bevosita bog`liqdir.
Mamlakatimizda olib borilayotgan soliq islohotlari ushbu tizimning samarali ishlashi uchun mavjud muammolarni yechishni talab etmoqda. Shu bois soliq tizimining muhim yo`nalishlaridan hisoblangan, xo`jalik sub`ektlaridan olinadigan egri soliqlarni takomillashtirish mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibini sifat jihatdan optimallashtirish. Hozirgi vaqtda davlat xarajatlari tarkibida kuchli ijtimoiy siyosat va aholini ijtimoiy himoya qilishni moliyalashtirish asosiy o`rin tutmoqda. Natijada ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga yo`naltiriladigan xarajatlar ulushi jami byudjet xarajatlariga nisbatan o`sib borayotganligini kuzatish mumkin.

XULOSA


Yuqoridagi boblarda fiskal siyosatni 2 qismga bo`lib, soliq siyosati va byudjet siyosatiga bo`lib o`rganganligimiz sababli, xulosalarni ham shunga mos ravishda berishni lozim topdik.
Birinchidan, soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish hisobiga ularning o’zlarida qoldirilishi va ushbu mablag’lardan samarali foydalanish iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qilishi bilan birga ijtimoiy sohadagi muammolar, ya’ni aholining kam daromadli tabaqasining daromadi oshishiga va ish o’rinlari yaratilib, bandlik masalasini ijobiy hal etishga va bularning natijasida byudjet daromadlarini kshpayishiga sharoit tug’diradi. Ayni bu holat soliq yukini kamaytirish bo’yicha eng muhim vazifa sifatida belgilangan ishlab chiqarishni faollashtirish omili bo’lgan xarid talabining jadal o’sishini ta’minlash vazifasini amalga oshirishga zamin yaratadi. Umumiy talabning o’sishi deyarli barcha tovarlar, shu jumladan iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni oshirish uchun kuchli rag’batlantiruvchi omillarni yaratadi. Shu borada, avvalo, aholining daromadlari o’sishini ta’minlashi ko’zda tutilgan.
Shu sababli byudjet daromadlarini rejalashtirishni takomillashtirish yo’nalishlari sifatida quyidagilarni sanab o’tish mumkin:

  • byudjet daromadlarini rejalashtirish uchun zarur ma’lumotlar bazasini etarli va sifatli darajada shakllantirish;

  • bu boradagi huquqiy hujjatlarni qayta ko’rib chiqish va byudjet daromadlarini rejalashtirish jarayoni tartibi, usullari, muddatlari hamda ishtirokchilar vazifalarini aniq ko’rsatib beruvchi huquqiy hujjat qabul qilish;

  • ilmiy asoslangan va jahonning rivojlangan davlatlari amaliyotida qo’llaniladigan usullarni tatbiq qilish;

  • oliy o’quv yurtlari va mutaxassislar malakasini oshirish muassasalarda zarur mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish.

Byudjet daromadlari tarkibida soliqlarni kamaytirishga soliqsiz daromadlarni ko`paytirish orqali erishish mumkin, shu sababli quyidagi chora- tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:

    • davlat korxonalari va tashkilotlari ixtiyorida bo’lgan ko’chmas mulkdan foydalanish, ularni ijaraga berish shartlari va ijaradan olingan daromadlarni davlat byudjetiga kelib tushishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatish;

    • banklar, fondlar, investitsion va moliyaviy kompaniyalar kapitalida davlat ishtirokini optimizatsiyalash yuzasidan ishlarni amalga oshirish;

    • davlat byudjetiga maksimal foyda keltirgan holda davlat ixtiyoridagi aktsiya, ulush va paylarni arzonroq narxda sotish.

Ikkinchidan, byudjet siyosatining maqsadi byudjet mablag`laridan samarali foydalanish bilan bir qatorda, mablag`lani rejalashtirish to`g`ri yo`naltirish, ijtimoiy iqtisodiy sohani rivojlantirishga hizmat qilishini ta`minlashdir. Shunday ekan, davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati o`zgarmagan xolda, xozirgi kunga kelib davlat byudjeti faoliyatining xuquqiy asoslari to`liq ta`minlab berilgan, jumladan byudjet jarayonini tashkil etishda, iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda.
Byudjet ma lag`laridan samarali foydalanish orqali, kerakli sohalarni va tarmoqlarni rivojlantirish orqali iqtisodiyot boshqariladiki, bunda byudjet xarajatlarini boshqarishda minimal xarajat bilan maksimal natijalarga erishish muhim o`rin tutadi. Mamlkatimiz byudjet xarajatlari tarkibida eng katta qismi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo`llab quvvatlashga sarflanayotganligi hech kimga sir emas. Shunday ekan, ushbu sohaga sarflanayotgan mablag`lardan qanchalik samarali foydalanilayotganligi ustidan doimiy nazorat bo`lishi zarur. Afsuski, bu borada hali hamon kamchiliklarimiz mavjud ekanligini yuqoridagi tahlillar natijasida ko`rdik.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ham korxonalarni davlat tomonidan qo`llab quvvatlanyotganligi, Davlat investitsiya dasturidaga muvofiq byudjet mablag`lari hisobidan investitsiyalar yo`naltirilayotganligi, qishloq xo`jaligi va suv xo`jaliklarida byudjet mablag`lariga ehtiyojning mavjudligi davlat
byudjetining iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishdagi rolini mustahkamlashdan dalolat beradi.
Byudjet sohasida yana bir muammo mavjudki, u ham bo`lsa byudjetni rejalashtirish bilan bog`liq muammodir. Ushbu muammoni hal etishda albatta 2014 yildan amaliyotga tatbiq etilgan Byudjet Kodeksi aniqlik kiritdi. Shuningdek, xorij tajribasidan foydalanilgan holda byudjetni o`rta muddatli rejalashtirishga o`tish yaxshi natija beradi deb o`ylaymiz.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin