iqtisodiyotni barqaror rivojlanishida davlat fiskal siyosati
1.2. Fiskal siyosatni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslari
Iqtisodchilar M.Sharifxo`jaev va A.O`lmasovlar fikricha fiskal siyosat bu davlat byudjetini to`ldirish maqsadida o`tkaziladigan chora-tadbirlar yig`indisidir.
Byudjet kodeksida keltirilishicha byudjet tizimi bir necha prinsiplarga asoslanadi va ulardan biri byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish prinsipi bo’lib, bunda byudjet tizimi byudjetlarini tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi7 Byudjet daromadlarini rejalashtirish byudjet tasnifiga muvofiq amalga oshiriladi. Byudjet Kodeksining 3 bobida Byudjet tasnifiga quyidagicha ta’riy berilgan: “Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo’lib, byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi”.
Byudjet tasnifini xalqaro andozalarga mos kelishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010 yil 20 avgustdagi 65-son buyrug’i bilan “Byudjet tasnifini qo’llash bo’yicha yo’riqnoma” ishlab chiqildi8.
7O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, 7- modda, O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, 52- modda, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013-yil., 52-I-son 8O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010 yil 20 avgustdagi 65-son buyrug’iga ilova,Byudjet tasnifini qo’llash bo’yichayo’riqnoma, 02.2015 y. 2146-4-son bilan o’zgartirish kiritilgan
Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi daromadlarni ularning turlari va manbalari bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi.
Byudjet tasnifi o’z ichiga quyidagilarni oladi (RASM):
byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini;
byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifini;
davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifini.
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda byudjet kodeksining ahamiyati katta bo’lib, unning 9 bobi “Davlat byudjeti daromadlari” deb nomlanadi. Unga ko’ra davlat byudjeti daromadlari:
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Byudjet kodeksining 51 va 52 moddalarida respublika byudjeti va
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlarikeltirilgan(1- jadval).
O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalar Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari hisoblanadi.
Qonunchilikka muvofiq suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq, O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va o’simlik yog’i uchun
aksiz solig’i Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlariga o’tkazib beriladi.