iqtisodiyotni barqaror rivojlanishida davlat fiskal siyosati
2014yil
2015yil
Mlrd.so`m
%
Mlrd.so`m
%
Mlrd.so`m
%
Mlrd.so`m
%
Davlat byudjeti xarajatlari, milliard so`m
21190
100
26312
100
31582
100
37967,7
100
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash xarajatlari
12338
58,3
15573
59,2
18873
59,7
22457,0
59,1
Iqtisodiyot xarajatlari
2338
11
2791
10,6
3385
10,7
4119,7
10,1
Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish
1174
5,5
1300
4,9
1500
4,7
1800
4,7
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari xarajatlari
844
3,9
825
3,1
1000
3,1
1199,9
3,1
Boshqa xarajatlar
4495
21,2
5813
22,0
6903
21,8
8391,1
22,0
25O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma`lumotlari
Keyingi 5 yil mobaynida jami byudjet xarajatlarining tarkibida ijtimoiy sohaga qilinayotgan xarajatlar 2011 yilda 58,2 foizdan 2015 yilda 59,1 foizgacha o`sib borgan. ushbu xarajatlar 2012 yilda 12513 milliard so’mga rejalashtirilib, jami byudjet xarajatlarida 58 foizni tashkil etishi ko’zda tutilgan bo’lsa, 2013 yil uchun kelib ushbu xarajatlar 15573 milliard so’m hajmida rejalashtirilgan va uning jami byudjet xarajatlaridagi ulushi 59,2 foizni va 2014 yilda esa 18 783,4 mlrd so’m yoki 59,5 foizni tashkil etishi ko’zda tutilgan. Demak, ushbu sohaga qilinayotgan xarajatlar, birinchidan, nominal mazmunda va shuningdek, umumiy xarajatlar salmog’ida ham ortib bormoqda.
Ushbu holat jahondagi barcha davlatlar orasida eng yuqori ko`rsatkichni tashkil etadiki, o`z navbatida, respublikamizda izchil amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning uzoq, strategik ahamiyatga ega ekanligidir. Shuningdek, ushbu xarajatlarning o`sib borishi bilan birga, ularning davlat byudjeti xarajatlaridagi eng yuqori salmoqni tashkil etmoqda.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari faoliyati uchun xarajatlar jami xarajatlar tarkibida 2011 yilda jami byudjet xarajatlari 3,7 foizni, 2015 yilga kelib esa bu xarajatlar 3,1 foizni tashkil etmoqda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari ta’minoti uchun saqlash xarajatlar jami xarajatlar tarkibida 2012 yilda 2,9 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2013 yilda bu xarajatlar 3,1 foiz darajasida va 2014 yilda 3,2 foiz bo’lishi ko’zda tutilgan. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining ta’minot xarajatlari 2013-2014 yillarda jami byudjet xarajatlarining 1,1 foizini tashkil etayotgani kuzatilmoqda. Bu o’z navbatida davlat boshqaruvi tizimida mahalla institutining rolini oshirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bevosita bog’liqdir. Demak, nominal mazmunda ushbu xarajatlar qariyb 2 barobardan ko`p o`sgan bo`lsa-da, ularning byudjet xarajatlaridagi salmog`i kamayib borgan.
Iqtisodiyot xarajatlari esa 2011 yilda 1938 mlrd. so`mni tashkil etgan bo`lib, jami byudjet xarajatlarida 11,5 foizni tashkil etgan. 2015 yilga kelib ushbu
xarajatlarning jami davlat byudjeti xarajatlaridagi salmog`i 10,1 foizni tashkil etgan. Lekin, ushbu xarajatlar nominal mazmunda o`sib borgan.
Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg’armasining byudjet xarajatlaridagi ulushi oxirgi yillarda 0,3 foizni tashkil etib, o’zgarmayotganligini ko’rish mumkin.
Boshqa xarajatlarning jami byudjet xarajatlaridagi ulushi 2012-2013 yillarda 20,7foizni tashkil etgan bo’lsa, 2014 yilda 0,2 foizga kamayib 20,5 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan.
Markazlashtirilgan investitsiyalarni byudjetdan moliyalashtirish uchun 2011 yilda 1037 mlrd. so`m, 2011 yilda 1037 mlrd. so`m, 2012 yilda 1174 mlrd. so`m,
2013 yilda 1300 mlrd. so`mni, 2014 yilda 1500 mlrd. so`mni va 2015 yilda 1800 mlrd. so`mni tashkil etmoqda. Bu, o`z navbatida, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va yangilash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish bilan bog`liq yirik va strategik ahamiyatga ega bo`lgan loyihalarni moliyalashtirishda byudjet investitsiyalarining ham ahamiyati yuqoriligidan dalolat beradi.
Shu o`rida jami investitsiyalar taribida byudjetdan moliyalashtirilgan investitsiyalarning salmog`ini ko`ramiz (9-jadval).
Investitsiyalar tarkibida byudjet mablag`larining ulushi26