Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə17/29
tarix21.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#187860
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
iqtisodiyotni barqaror rivojlanishida davlat fiskal siyosati

Ko`rsatkichlar

2011
yil

2012
yil

2013
yil

2014
yil

2015
yil

Davlat byudjeti xarajatlari

100

100

100

100

100

Iqtisodiyotga ajratilgan xarajatlar

11,5

11,0

10,6

10,7

10,8

Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi tasarrufidagi suv xo`jaligi tashkilotlari tomonidan iste`mol qilinadigan elektr-energiyasi to`lovlari

3,8


3,5


3,5


3,4


3,3


Moliya vazirligi huzuridagi Sug`oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondiga maqsadli ajratmalar

1,1


0,9


0,8


0,9


0,8


Hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xo`jaliklarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash uchun maqsadli mablag`lar

0,8

0,7

0,8

0,9

0,6

Boshqa xarajatlar

5,7

5,7

5,7

5,8

6,1




29O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, PQ № 1449, 1675, 1887, 2099,2270
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 29 oktyabrdagi «Erlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmoniga muvofiq “Sug`oriladigan yerlarning meliorativ holatini 2008-2012 yillarda yaxshilash bo`yicha chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqilgan. Ushbu dastur doirasida maxsus fond tashkil etilgan bo`lib, ushbu fond mablag`larini shakllantirishga byudjetdan xarajatlar amalga oshirilmoqda. Ushbu fondga ajratmalarning 2015 yildagi miqdori jami byudjet xarajatlariga nisbatan 0,8 foizni tashkil etmoqda.
“Hosildorligi past bo`lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosini yetishtiruvchi qishloq xo`jaligi korxonalarini moliyaviy qo`llab- quvvatlash tartibi to`g`risida”gi Nizomda davlat byudjetidan ajratiladigan mablag`lar quyidagi yo`nalishlarda sarflanishi ko`zda tutilgan:

  • fermer xo`jaliklarining soliqlar va majburiy to`lovlar bo`yicha qarzdorliklari, boshqa joriy majburiyatlari, asosiy maxsulotlarni yetishtirish uchun moddiy-texnika resurslar va ko`rsatilgan xizmatlar uchun qarzlarini to`lashga;

  • kelgusi yil hosili uchun sotib olinadigan resurslar va ko`rsatiladigan xizmatlar uchun oldindan to`lovlarga;

  • yerlarni meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarini va xo`jalikning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog`liq boshqa xarajatlarini moliyalashtirishga yo`naltiriladi.

Ushbu xarajatlarning jami byudjet xarajatlaridagi salmog`i 2015 yilga kelib 0,6 foizni tashkil etmoqda. Umumiy tendentsiyada pasayish kuzatilayotgan bo`lsa- da, nominal mazmunda uning o`sib borayotganligi kuzatilmoqda.
Yuqoridagi tahlillardan ko`rinib turibdiki, davlat byudjeti xarajatlarini oqilona boshqarish pirovardida nafaqat ijtimoiy sohadagi davlat islohotlarining samaradorligi ortmoqda, balki, o`z navbatida milliy iqtisodiyotni muvozanatli rivojlanishini ta`minlashning samarali mexanizmlarini shakllantirish imkoniyatlariga ega bo`linadi.
Xukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari va to’lov balansi holatini o’zgartirishga yo’naltirilgan maxsus qarorlarni qabul
qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini maqsadli o’zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskretsion fiskal siyosatyuritilganda iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag’batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O’z navbatida davriy ko’tarilish paytida byudjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi. Diskretsion fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol o’ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalambor, vaqt oraliqlari bilan bog’liq.
Nodiskretsion fiskal siyosat — davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini avtomatik o’zgartirishni ko’zda tutadi. Nodiskretsion fiskal siyosat o’rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o’rnatilgan barqaror-lashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o’ynaydi. Nodiskretsion fiskal siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun huqumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi.
    1. jadval Davlat byudjeti ko`rsatkichlarining bajarilishi darajasi30, foizda



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin