30O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma`lumotlari
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti 2005 yildan buyon profitsit bilan ijro etilayotganligi byudjet xarjatlaridan samarali foydalanilayotganligidan dalolat beradi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti 2005 yilga qadar YaIMga nisbatan 1-0,4 foiz miqdorida defitsit bilan ijro etilgan bo`lsa, 2005 yildan 2008 yilgacha bo`lgan muddatda byudjet profitsiti 0,1 foizdan 1,5 foizgacha ko`tarilgan. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining ta`siri natijasida 2009 yilda YAIMga nisbatan 0,2 foizlik profitsit bilan ijro etilgan bo`lsa, 2012 yilda ushbu ko`rsatkich YAIMga nisbatan 0,4 foizni va 2013 yilda 0,3 foizni, 2014 yilda 0,2 foizni va 2015 yilda 0,1 foizni tashkil etgan. Bunda daromad tushumlari bo`yicha reja ko`rsatkichlari oshirib bajarilayotgani va byujet mablag`laridan samarali foydalanilayotganligini ko`rish mumkin. Bu holatni esa aynanning samarali fiskal siyosat bilan izohlash mumkin.
2 bob bo`yicha xulosa
Fiskal siyosatni ikki bo`lagi bo`lgan soliq va byudjet siyosatining mutanosib olib borilishi iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kundagi soliq siyosatida soliq yukini kamaytirish, ayniqa to`g`ri soliqlarni stavkalari pasaytirish orqali yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida pul mablag`larini qoldirilishi, ularga, birinchidan, ishlab chiqaishni kengaytirishga imkoniyat bersa, ikkinchidan aholi daromadlarini ko`payishiga imkon beradi.
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti uchun nisbatan yuqori darajadagi moliyaviy yuk bo`lib tushayotgan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo`llab- quvvatlash xarajatlari bir tomondan aholining kam ta`minlagan qatlamini himoyalash moliyaviy asosini o`zida ifodalaydi. Ikkinchidan, aholining turmush farovonligini oshirish, zamonaviy sog`liqni saqlash tizimini shakllantirishda davlat byudjetining ahamiyati ortib borayotganligini ko`rsatib bermoqda.