2011-2015 yillar mobaynida byudjet tashkilotlarida ish haqi va ijtimoiy nafaqalarning izchil ravishda oshirib borilishi davom ettirildi. Jumladan, birgina byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 2014 yilda 23,2 foizga oshirildi. Prezidentimiz Islom Karimov 2014 yildagi erishilgan natijalarga to`xtalib, quyidagi fikrlarni aytib o`tgan edi: “Iqtisodiyotimizning jadal va mutanosib rivojlanib borayotgani aholi hayot darajasi va sifatini izchil oshirish uchun
27O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, PQ № 1449, 1675, 1887, 2099,2270
mustahkam zamin yaratmoqda. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar hajmi o`tgan yili 23,2 foizga oshdi. Aholining jon boshiga to`g`ri keladigan real daromadlar esa 10,2 foizga ko`paydi”28.
Yuqoridagi fikrlardan ko`rinib turibdiki, davlat byudjeti xarajatlarni nafaqat, yurtdoshlarimizning turmush farovonligini oshirish bilan birga aholining jon boshiga to`g`ri keladigan real daromadlarini oshirishini ta`minlash orqali mamlakat milliy iqtisodiyotida yalpi iste`mol talabini rag`batlantirishda muhim moliyaviy omil bo`lib hisoblanmoqda. Bu o`z navbatida hozirgi global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining tez o`zgarib borayotgan halqaro bozorlardagi kon`yunkturaning salbiy ta`siridan o`ziga xos ravishdagi “Immuniteti”ni shakllantirishda asos bo`lib xizmat qilayotir.
Demak, davlat byudjeti xarajatlari bir tomondan ijtimoiy sohadagi davlat siyosatini amalga oshirishning mustahkam moliyaviy manba bo`lib hisoblanishi bilan birga, milliy iqtisodiyotdagi islohotlarda davlatning bosh islohotchilik rolini bajarishida ham markaziy o`rinni egallayapti. Hozirgi global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida respublikamiz oziq-ovqat xavfsizligining asosi hisoblangan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, sohadagi ishlab chiqarishni intensivlashtirishda davlat byudjetining ahamiyati ham yuksak bo`lmoqda.
Davlat byudjetidan qishloq xo`jaligini moliyaviy qo`llab-quvvatlash tizimi quyidagi yo`nalishlarda amalga oshirilmoqda:
Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi tasarrufidagi suv xo`jaligi tashkilotlari tomonidan iste`mol qilinadigan elektr-energiyasi to`lovlariga xarajatlar;
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug`oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondiga maqsadli ajratmalar;
28Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir. – T.: “O’zbekiston”, 2015. 71 b.
hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xo`jaliklarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash uchun maqsadli mablag`lar.
Davlat byudjetidan iqtisodiyotni qo`llab-quvvatlash uchun xarajatlari tarkibida Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi tasarrufidagi suv xo`jaligi tashkilotlari tomonidan iste`mol qilinadigan elektr-energiyasi to`lovlari jami byudjet xarajatlari tarkibida 2011 yilda 3,7 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2011 yilda 3,8 foizni, 2012 va
2013 yillarda 3,5 foizni, 2014 yilda 3,4 foizni, 2015 yilda esa 3,3 foizni tashki etishi ko`zda tutilgan.