jadval 2011-2015 yillarda Davlat byudjeti daromadlari to’g’risida ma’lumot20,
jamiga nisbatan %da
№
|
Ko’rsatkichlar
|
2011 yil
|
2012 yil
|
2013 yil
|
2014 yil
|
2015 yil
|
|
Davlat byudjeti daromadlari, jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
1.
|
Bevosita soliqlar
|
26,2
|
25,2
|
26,2
|
25,8
|
23,6
|
1.1.
|
Yuridik shaxslardan foyda solig’i
|
5,1
|
4,4
|
4,9
|
4,3
|
3,5
|
1.2.
|
Savdo va umumjvqatlanish korxonalari yalpi daromadidan soliq
|
3,3
|
3,4
|
3,3
|
3,3
|
3,2
|
1.3.
|
Kichik korxona va mikrofirmalardan yagona soliq to`lovi
|
2,3
|
2,6
|
3,0
|
3,0
|
3,0
|
1.4.
|
Jismoniy shaxslardan daromad solig’i
|
11,1
|
11,5
|
11,0
|
11,0
|
10,1
|
1.5.
|
Tadbirkorlik faoliyatidan qat’iy soliq
|
1,1
|
1,1
|
1,4
|
1,7
|
1,7
|
1.6
|
Obodanlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish solig’i
|
2,3
|
2,2
|
2,6
|
2,5
|
2,0
|
2
|
Bilvosita soliqlar
|
53,5
|
54,3
|
51,0
|
51,8
|
52,8
|
2.1
|
QQS
|
32,3
|
32,9
|
30,1
|
30,2
|
29,7
|
2.2
|
Aksiz solig’i
|
15,3
|
15,1
|
14,8
|
15,0
|
15,2
|
2.3.
|
Bojxona boji
|
3,2
|
3,6
|
3,9
|
3,8
|
4,4
|
2.4
|
Transport vositalari uchun yoqilg’i iste’moli solig`i
|
2,6
|
2,7
|
2,3
|
2,8
|
3,5
|
3
|
Mol-mulk solig’i va resurs to`lovlarii
|
14,3
|
13,3
|
15,0
|
15,0
|
15,9
|
3.1
|
Mol-mulk solig’i
|
3,0
|
3,1
|
3,3
|
3,8
|
4,7
|
3.2
|
Yer solig’i
|
2,1
|
2,2
|
2,6
|
2,2
|
2,5
|
3.3
|
Yer qa`ridan foydalangalik uchun soliq
|
8,2
|
7,7
|
8,7
|
8,6
|
8,2
|
3.4
|
Suv resurslaridan foydalanganlik solig`i
|
0,4
|
0,4
|
0,4
|
0,4
|
0,5
|
4
|
Ustama foydadan soliq
|
0,9
|
1,2
|
1,3
|
1,3
|
1,5
|
5
|
Boshqa daromadlar
|
5,1
|
6,0
|
5,6
|
6,1
|
6,1
|
Soliqsiyosatining asosiy yo`nalishlaridan biri soliq yukini pasaytirish orqali mamlakatdagi tadbirkorlik va tijorat faoliyatini jadallashtirishdan iborat.
20O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, PQ № 1449, 1675, 1887, 2099, 2270
Soliq yuki foydaga yoki jami daromadga nisbatan olinadi. Mamlakat miqyosda hamma to`langan soliqlar va maqsadli jamgarmalarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog`i xam soliq yukini ifodalaydi deyiladi. Ammo soliq yuki aniq to`lovchining daromadiga nisbatan jami to`lagan soliqlari va to`lovlari salmog`idir.
Soliq yukini pasaytirishga bevosita ta`sir ko`rsatuvchi omillar tarkibi:
Belgilangan soliq stavkalarini pasaytirish;
Soliqqa tortish bazasini qisqartirish;
Soliq to`lovchi sub`ektlar sonini ko`paytirish;
Davlat ixtiyorida bo`lgan ayrim byudjet xarajatlarni joylarga berish.
Agar soliq to`lovchi soliqlarni to`g`ri to`lagan bo`lsa, unga soliq og`irligi mos keladi. Lekin ba zi korxonalarda egri soliqlar bo`lib, uning xuquqiy to`lovchilari korxona hisoblansada, soliq yuki iste molchi, ya ni aholi zimmasiga tushadi. Oxirgi iste mol qiluvchilar aholi hisoblanadi. Bu egri soliqlar hisobiga aholining real daromadlari biroz bo`lsada, pasayish hollari uchraydi.
“Iqtisodiyotning barqaror va mutanosib sur`atlarda o`sishi hamda tarkibiy o`zgarishlar va modernizatsiyalashni ta`minlash, uning eng muhim tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, soliq siyosatini yanada erkinlashtirishdan iboratdir”21.
Respublikamizda izchil soliq-byudjet siyosatining amalga oshirilishi, soliq yukini kamaytirish bilan bog`liq chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi soliq to`lovchilarda ishlab chiqarishni kengaytirishga sharoit yaratilishi, ishlab topilgan va ularning o`zlarida qoldirilayotgan mablag`larning reinvestitsiya qilinishi oqibatida qo`shimcha soliq ob`ektining paydo bo`lishi hisobiga nafaqat byudjetdagi yo`qotishlar o`rnining qoplanishi, balki soliq to`lovchilarning qo`shimcha daromadlarga ega bo`lib, ishlab chiqarish imkoniyatining oshishiga olib keladi.
Soliq yuki nima? degan savolga javob beradigan bo`lsak, soliq yuki – soliq to`lovchi yuridik va jismoniy shaxslarning hamma soliqlar va maqsadli ajratmalar
21 Каримов И.А. Янгиланиш ва барқарор тараққиёт йўлидан янада изчил ҳаракат қилиш, халқимиз учун фаровон турмуш шароити яратиш – асосий вазифамиздир. // Халқ сўзи, 2007 йил 13 февраль.
yig`indisini byudjetga to`lashidir. O`zbekistonda soliq yukini YaIMga nisbatan o`zgarishi 3-rasmda keltirilgan.
O`zbekistonda soliq yuki bundan o`n yil oldin YAIMga nisbatan (maqsadli jamg`armalarni hisobga olmagan holda) 27,9 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2012 yilda esa 6,3 punktga kamaydi va YAIMga nisbatan 21,6 foizni tashkil yetdi. 2013 yilda esa soliq yukining umumiy darajasini yana 0,3 punktga kamaytirish, ya`ni 21,3 foizga tushirish chora-tadbirlari ishlab chiqilganligi sababli, bu ko`rsatkich amalda YAIMga nisbatan 20,5%ni, 2014-2015 yillarda esa 20% tashkil etdi.
3-rasm
Iqtisodiyotda soliq yuki22, YaIMga nisbatan %da
Soliq siyosatining asosiy yo`nalishlaridan yana biri soliq imtiyozlari hisoblanadi. Mamalakamizda olib borilayotgan soliq siyosatida soliq imtiyozlarini berish asosan investitsion faollikni rag`batlantirishga, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan qayta modernizatsiya qilish hisobiga korxonalar moliyaviy holatini faollashtirish, pirovar barqarorlashtirish hamda mamlakatimiz eksport salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan.
22 O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi ma`lumotlari
“Barkamol avlod yili” davlat dasturiga binoan 2010 yil 28 iyulda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta`lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo`shimcha chora- tadbirlari to`g`risida”gi PF-4232-sonli farmoniga asosan Mikrofirmalar va kichik korxonalar ta`lim muassasalari bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalarini tuzganda, band bo`lgan xodimlarning o`rtacha yillik soni qonunchilikda belgilangan cheklangan me`yordan 20 foizgacha oshirish huquqi berilgan edi.
Hozirgi kunda soliq tizimida tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi rezident jismoniy shaxslar uchun faoliyat turiga (yakka tartibdagi tadbirkorlar), shuningdek, faoliyatning mazkur turlarini tavsiflovchi fizik ko`rsatkichlarga qarab (tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug`ullanuvchilar) har oyda qat`iy belgilangan soliq turini to`lash belgilangan.
2014 yilda yuridik shaxsni tashkil etmay tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)dan olinadigan qat`iy belgilangan soliq stavkalaridagi asosiy o`zgarish, boshqa aholi punktlarida gazeta, jurnal va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2013 yildagi qat`iy belgilangan soliq stavkasi EKIHning 2 barobaridan 0,5 baravariga pasaytirildi.
Shuningdek, 2012 yilning 2 choragidan boshlab qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joy qurilishi asosida barpo etilayotgan massivlarda korxona xizmatlarini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 yil muddatga qat`iy belgilangan soliq to`lashdan ozod etildi23.
Shuningdek, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji uchun qulay shart-sharoit yaratish, sohaning huquqiy himoyasini ta`minlash va munosib rag`batlantirishda soliq siyosati muhim ahamiyat kasb etib, bu borada qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2014 yil 7 apreldagi “O`zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-4609-sonli farmoni hamda 2014 yil 15 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyatini
23O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 maydagi PQ-1754-sonli qaror
amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko`rsatish bilan bog`liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2164-sonli qarori asosida kichik tadbirkorlik sub`ektlariga bir qator preferentsiyalar, yengilliklar va imtiyozlar berildi.
Zamonaviy soliq siyosatida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalariga ham keng o`rin berilmoqda. O`zbekiston iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish borasida eirishilgan yutuqlar haqida to`xtalar ekanmiz, Prezidentimiz I.A.Karimovning ma`ruzasidagi fikrlarini keltirish joizdir: “2014 yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10,9 foizga o`sdi va AQSH dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda jami kapital qo`yilmalarning 21,2 foizdan ortig`i yoki 3 milliard dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi. Ularning to`rtdan uch qismi to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalardir”24.
Xorijiy investorlar uchun soliq imtiyozlariga to`xtalar ekanmiz, “Navoiy” EIIZda joriy etilgan imtiyozlarga ahamiyat qaratish lozim. “Navoiy” EIIZ qatnashchilari yer solig`i, mol-mulk solig`i, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig`i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to`lovi, Respublika yo`l jamg`armasi va byudjetdan tashqari maktab ta`limi jamg`armasiga majburiy to`lovlar to`lashdan ozod qilinadi. Mazkur imtiyozlar to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalar xajmi:
3mln yevrodan 10 mln yevrogacha teng (ekvivalent) bo`lganda - 7
yilga;
10 mln yevrodan 30 mln yevrogacha teng (ekvivalent) bo`lganda - 10
yilga beriladi.
30 mln yevrodan ortiqqa teng(ekvivalent) bo`lganda - 15 yilga beriladi.
24 Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir. – T.: “O’zbekiston”, 2015. 71 b.
“Navoiy” EIIZ qatnashchilariga imtiyozlar to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarning belgilangan xajmiga :
oyning 15 kunigacha erishilganda -oyning boshidan;
qolgan boshqa xollarda -keyingi oynning boshidan tatbiq etiladi.
“Navoiy” EIIZ qatnashchisi tomonidan to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarning xajmi imtiyoz qo`llanadigan darajagacha ko`paytirilganda, imtiyozlar investitsiyalar xajmiga ko`ra imtiyozni qo`llash xuquqi yuzaga kelgan oydan boshlab qo`llaniladi xamda imtiyozlarning amal qilish muddati tugaguncha qolgan davrda amal qiladi.
To`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarning xajmi oldingi berilgan muddatdan ortiq bo`lgan muddatdagi darajagacha ko`paytirilganda imtiyozlar investitsiyalarning xajmiga ko`ra imtiyozni qo`llash xuquqi yuzaga kelgan oydan boshlab qo`llaniladi xamda imtiyozning uddati amal qilishi xisobga olingan xolda uzaytiriladi.
Dostları ilə paylaş: |