jadval 2010-2015 yillarda O’zbekistonda ayrim soliq turlari bo`yicha
stavkalarning o`zgarishi to`g`risida ma`lumot18
Soliqlar turi
|
2010y
|
2011y
|
2012y
|
2013 yil
|
2014 yil
|
2015 yil
|
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i,
|
9
|
9
|
9
|
9
|
8
|
7,5
|
Mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to`lovi (sanoat sohasi uchun)
|
7
|
6
|
5
|
5
|
5
|
5
|
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i,
|
11,
17,
22
|
10,
16,
22
|
9,16,
22
|
8,
16,
22
|
7,5;
16,
22
|
0;
8,5;
17,
23
|
1998-1999 yillarda jismoniy shaxslar daromadlaridan soliq besh pog’onali 15%, 25%, 35%, 40% va 45% shkala bo’yicha olingan bo’lsa, 2001-2014 yillardan boshlab uchta pog’onali shkala bo’yicha undirilgan.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i borasida 2015 yilda yangiliklar kiritildi desak xato bo`lmaydi, sababi 1 minimal ish haqidan 0 foiz miqorida , 1 minimal ish haqidan 5 minimal ish haqigacha bo`lgan summadan o`tgan yildagi 7,5 foiz o`rniga 8,5 foiz, 5 minimal ish haqidan 10 minimal ish haqigacha bo`lgan summadan 16 foiz o`rniga 17 foiz, 10 minimal ish haqidan ortgan qismidan esa 22 foiz o`rniga 23 foiz soliq stavkasi belgilandi (3-jadval).
17Vahobov A., Jo’raev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. -T:. Sharq, 2009. 236-b.
18O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, PQ № 1449, 1675, 1887, 2099,2270
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi o`tgan 2014 yilga nisbatan 2015 yilda 200 kv.m hajmdagi uy-joylar uchun 0,1 foizga ortib 1,3 foizni, shahar joylarda 200 kv.m dan 500 kv.m gacha hajmdagi uy-joylar uchun 0,2 foizga ortib 1,6 foizni va 500 kv.m hajmdan ortiq uy-joylar uchun 0,4 foizga ortib 2,2 foizni tashkil etmoqda.
Yuridik shaxslar mol mulkiga solinadigan soliq stavkasi esa uzoq yillar mobaynida 4 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2013 yilda 4 foiz qilib belgilandi
Dostları ilə paylaş: |