Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 161,5 Kb.
səhifə3/8
tarix02.01.2022
ölçüsü161,5 Kb.
#44224
1   2   3   4   5   6   7   8
jismoniy1

To’pni uzatish.

To’pni ilish bir yoki ikki qo’llab bajariladi. Bu harakatlar ko’krak va yelka balandligiga, yuqorilab (boshdan baland) va pastlab (tizzadan past) hamda dumalab va maydondan sapchib kelayotgan to’plarni ilishlarga ajratiladi.

O’rtacha balandlikda kelayotgan to’pni ikki o’qllab ilish eng asosiy usullardan hisoblanadi. Basketbolchi bir oz bo’shashgan qo’llarni uchib kelayotgan to’pga qarshi to’g’irlaydi. Panjalar yarim oysimot ochilgan bosh barmoqlarni bir-birlariga qarab yo’naltirilgan, qolganlari esa oldinga yuqoriga qaratib keng yoyilgan bo’ladi. To’p barmoqlarning ichiga tegishi bilanoq basketbolchi uni mahkam ilib oladi, to’pning uchish tezligini kamaytiradi. Keyingi harakatlarni bajarish uchun u qulay holatini egallaydi va qo’llarini bukib to’pni gavdaga yaqinlashtiradi.

To’pni uzatish asosiy texnik usul hisoblanadi. Uning yordamida basketbolchilar o’zaro harakatlarini bajaradilar. O’yin davomida uzatishning har xil usullari qo’llaniladi. O’yin sharoitiga qarab uzatishlar turli: dastlabki holatlardan bir joyda turib harakatda sakrab; har hil harakatlarda yaqin
masofaga, uzoq masofaga, past va yuqori troyektoriya bilan yo’nalish bo’yicha maydonning eni, bo’yi, diognali bo’ylab bajarilishi mumkin. Ikki qo’llab ko’krakdan va yuqoridan to’p uzatish usullari zamonaviy basketbolda ko’proq

ishlatiladi. Ko’krakdan ikki qo’llab to’p uzatish yaqin va o’rta masofadda bajaradigan o’zaro harakatlari paytida qo’llaniladi. Uni bajarish uchun basketblchi turish holatida to’pni ko’krak oldida tutib turadi. Qo’llar bukilgan, tirsaklar pastga tushirilgan bo’ladi. Barmoqlar joylashtirilgan, bosh barmoqlar bir-birlariga qolganlari esa yuqoriga-oldindan qaratilgan bo’lishi lozim. To’pni uzatish qo’llarning pastki-gavdaga, yuqoriga qarab dastlabki dira bo’ylab ajariladigan harakati bilan bajariladi. SHundan so’ng qo’llar tez oldinga qarab to’g’irlanadi. Uzatish panjalarining faol harakatlari bilan yakunlanadi. To’pni yo’nalish tezligini oshirish uchun basketbolchi oyoqlarni to’hrilashi yoki qadam qo’yishi mumkin.

O’yinning yakuniy natijasi savatga otiladigan to’plarning aniqligi bilan bog’liq Ular har xil: yaqin (3 metrdan ortiq) masofalarda bajariladi. Otishlar xarakteriga sakraganda to’plarni savatga bir va ikki qo’llab otish mumkin. Xoirgi kunda to’plar savatga himoyachilarning qattiq qarshiligi ostida otiladi. SHuning uchun, to’pning savatga aniq borishga oyoqlarning, qo’llarning, ayniqsa, panjalarning to’g’ri ishlashi, aniq mo’ljal olish shu sharoitga mos samarali usulni tanlash shu bilan birga, basketbolchining muvozanat saqlashiga va har xil sharoitda qiyin kordinatsiyali harakatlari bajarish imkoniyatlarini yaratish uchun ma’lum mushak guruhlarini bo’shashtirish qobiliyatlariga ega bo’lish katta ahamiyatga ega. Zamonaviy basketbolda to’pni savatga sakraganda bir qo’llab otish shitdan qaytgach to’pni qayta otish, “Kryuk” usulida va yuqoridan pastga otish kabi usullar katta ahamiyatga ega.

Asosiy maqsadni bajarishdan avval uni berkitib himoyachining diqqatini chalg’itish uchun hujumchi bajaradigan harakatlar chalg’itishlar deb ataladi. Ko’pchilik texnik usulllar yoki ularning qo’shilmas chalg’itish harakati sifatida qullanishi mumkin. CHalg’itishlar qo’llanilayotgan priyomlarga mos sur’atda bajarilishi kerak. Bunda muvozonat saqlanib qolishi shart. CHalg’itish harakatlarini bir marta yoki bir necha marta bajarish mumkin. Ular to’psiz va to’p bilan bir joyda turganda va harakatda bo’lganda bajarilish mumkin. Harakat paytida chalg’atishlarni bajarish qiyinroq hisoblanadi.




    1. Yüklə 161,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin