2.3. Zarba berish
Hujum zarbasi – jamoaning hujum harakatini yakunlovchi samarali usul
hisoblanadi. Bu harakatlar tо‘rning yuqori qirg‘og‘idan balandda amalga oshiriladi. Chunki undan pastroqda amalga oshirilgan hujum harakatlarining samarasi ham juda pastdir.
Hujum zarbalari yо‘nalishiga kо‘ra quyidagicha farqlanadi: tо‘g‘ri yо‘nalish
bо‘yicha (bunda zarba berilgan tо‘p yо‘nalishi hujumchining yugurib kelish
yо‘nalishiga mos tushadi) va yо‘nalishni о‘zgartirib (bunda zarba berilgan tо‘p
yо‘nalishi hujumning yugurib kelish yо‘nalishiga mos tushmaydi).
Jismoniy tayyorgarlik – tayyorgarlik turlarining biri bо‘lib, voleybolchining
organizmini rivojlantirish, uning jismoniy sifat va qobiliyatlarini takomillashtirishga hamda о‘yin faoliyatini samarali amalga oshirishni ta’minovchi mustahkam poydevor
yaratishga qaratilgandir.Zamonaviy voleybol shugullanuvchilardan nixoyatda katta kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlarini talab qiluvchi sport о‘yinlari turiga mansubdir. О‘yinning mohiyati о‘yinchi harakatining turli yо‘nalish va о‘zgaruvchan vaziyatda о‘ta tezkor, aniq hamda qisqa vaqt ichida о‘yin davomida kо‘pdan - kо‘p tо‘siq qо‘yish, zarba berish va tо‘p kiritishdagi sakrashlari, yiqilishlari, yugurish, tо‘xtash, burilish,egilish va boshqa xarakatlarni yuqori tezlikda ijro etishi katta jismoniy kuch, о‘ta chaqqonlik, mustahkam chidamkorlik, va ruhiy uyg‘unlikni talab qiladi. Binobarin, ushbu yuklama (nagruzka) ta’siri shug‘ullanuvchi organizmining funksional jihatdan mukammal shakllangan bо‘lishini taqozo etadi.17 Bugungi voleybolchi bо‘yi jihatdan 185-195 sm xarakatchan, tezkor, sakrovchan, ziyrak, zukko, tez fikrlovchi, о‘tkir zexnli, maydonda rо‘y beradigan vaziyatni tez fahmlab «foydali» javob qaytara oladigan kо‘rsatkichga ega bо‘lishi
kerak. Sportchilarning yoshiga tayyorgarligiga malakasiga hamda sport trenirovkasi davriga va vazifalariga qarab jismoniy tayyorgarlikni mazmuni xajmi va shiddatiturlicha bо‘ladi.Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari va mazmuni.
Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari qо‘yidagilardan iborat:
1.Sog‘likni mustahkamlash
2. Hayotiy zarur xarakat malakalarini takomillashtirish (yurish, chopish, sakrash va (x.k)
3. Harakat sifatlarini rivojlantirish
4. Harakat malakalari xajmini oshirish va ularning ijro etish doirasini kengaytirish.
Xulosa
Voleybol о‘yinini hujum va ximoya texnikasidan iborat. Hujumda ham
ximoyada ham shax turish va siljish, tо‘pni uzatish va qabul qilib olish, tо‘pni bir yoki ikki qullab olish va qaytarish, tо‘pning yо‘lini tо‘sish kabilar mavjud.
О‘yinchining shay turishi va siljishi. Voleybol о‘yini davomida о‘yinchi maydon bо‘ylab xarakatda bо‘ladi va siljib turadi. Siljishdan maqsad tо‘pni qabul qilib olish va boshqa usullarni amalga oshirish uchun ma’qul joy tanlashdir. О‘yinchining sport holatida turishdagi eng muhim nuqta uchun siljishga doim tayyor bо‘lib turishidir. О‘yinchi turish xolatida oyoqlari bukilgan, oyoqlar yelka kengligida ochilgan, bir oyoq ozgina oldinga, tana ham bir oz oldinga egilgan bо‘ladi. Qо‘llar tirsakdan egilgan va kaftlar bir-biriga qaragan bо‘lishi kerak. Bu xolat doimiy emas, albatta u о‘yining borishiga qarab о‘zgarib turadi. Agar turdan qaytgan tupni olish lozim bо‘lsa, о‘yincha ancha egiladi, otayotganda tо‘g‘rilanadi va xokozo. Voleybolchi maydon bо‘ylab oyoqlarini chalishtirib (chapga, unga, oldinga, orqaga), ikki qadam (oldinga va orqaga) sakrab (yugirish va odimlash) yurigib (maydon bо‘ylab tez siljish va yо‘nalishini birdan о‘zgartirib) yurishi mumkin.
Oxirgi yugirish qadami uzun bо‘ladi, negaki undan keyin tuxtash, sakrash,
yо‘nalishini о‘zgartirish mumkin
Dostları ilə paylaş: |