Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-mavzu. O‘zbek xalqi va tilining nomlanish tarixi



Yüklə 305,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix16.03.2023
ölçüsü305,19 Kb.
#88338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3af246d441c8e9fcca40daa88bc92858

23-mavzu. O‘zbek xalqi va tilining nomlanish tarixi 
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida turkiy tillarning o‘rganilishi. Rus 
turkologlarining turkiy tillarga oid tasniflari. O‘zbek xalqi va tilining nomlanish 
tarixi: turk, chig‘atoy, sart, o‘zbek atamalarining qo‘llanilish tarixi va ilmiy 
asoslanishi. O‘zbek etnonimining paydo bo‘lishi va iste’molga kirishi. O‘zbek 
manbalarda qo‘llanishi. 
 
24-mavzu. O‘zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari
O‘zbek adabiy tilining boshqa tillarga munosabati. Uning tarixiy ildizlari. 
O‘zbek adabiy tili va turkiy adabiy tillar. Turkiy til oilasi. O‘zbek adabiy tilining 
boshqa turkiy adabiy tillarga fonetik, leksik va grammatik jihatidan o‘xshash va 
ulardan farqli xususiyatlari. 
25-mavzu. Eski turkiy adabiy til
XI-XIV asrlardagi adabiy tilning taraqqiy etishida tarixiy voqealarning 
ahamiyati, bu davrdagi adabiy tilning «Qoraxoniylar», «Oltin O‘rda», 
Лойиҳа



«Chig‘atoy» nomlari bilan yuritilishining sabablari, qarluq-uyg‘ur, qipchoq-
o‘g‘uz unsurlarining adabiy manbalarda aks etishi, bu davrda yaratilgan Yusuf 
Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-
turk”, Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Ahmad Yassaviyning «Devoni 
hikmat», Rabg‘uziyning «Qissasi Rabg‘uziy», «Qissai Yusuf», «O‘g‘uznoma», 
«Tafsir» asarlari tili va uslubi. «Xisrav va Shirin» dostonining til xususiyatlari. 
 
26-mavzu. Eski o‘zbek adabiy tili xususiyatlari 
Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asari, uning eng muhim til xususiyatlari
uslubi. Xorazmiy asarlari tilining keyingi davr adabiy tili taraqqiyotiga ta’siri. 
Alisher Navoiyning bu asar tiliga murojaat qilishi.
Eski o‘zbek adabiy tili taraqqiyotida Durbek. Atoiy, Gadoiy, Sakkokiy va 
Lutfiylarning o‘rni. Ular ijodida eski turkiy til unsurlari bilan birga jonli til 
xususiyatlarining joy olganligi, davrga xos adabiy normalarning vujudga kela 
boshlashi. 

Yüklə 305,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin