Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 305,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix16.03.2023
ölçüsü305,19 Kb.
#88338
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3af246d441c8e9fcca40daa88bc92858



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
 OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI
UNIVERSITETI 
 
“TASDIQLAYMAN” 
Rektor________Sh.Sirojiddinov 
“KELISHILDI” 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
______________________ 
2020- yil “___”___________ 
 
2020-yil “_____”__________ 
 
Ro‘yxatga olindi: 
№BD: 5120100–3.04
2020-yil “___”____ 
O‘ZBEK TILI TARIXI 
FAN DASTURI 
 
Bilim sohasi:
100000 – Gumanitar soha 
Ta’lim sohasi:
120000 – Gumanitar fanlar 
Ta’lim yo‘nalishi:
5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish 
(o‘zbek tili)
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2020
Лойиҳа



Fan/modul kodi 
O‘quv yili 
Semestr 
5/6 
ECTS - Kreditlar 
6/6 
Fan/modul turi 
Majburiy 
Ta’lim tili 
O‘zbek 
Haftadagi dars soatlari 
5/6 
1. 
Fanning nomi 
Auditoriya 
mashg‘ulotlari 
(soat) 
Mustaqil 
ta’lim (soat) 
Jami 
yuklama 
(soat) 
O‘zbek tili tarixi 
165 
195 
360 
2. 
I. Fanning mazmuni 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Alisher Navoiy 
nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish 
to‘g‘risida”gi farmoni, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi”dan, shuningdek, Yurtboshimizning “O‘zbek tili qadimiy va boy 
tarixga ega bo‘lib, uning shallanishida miloddan oldingi va miloddan keyingi 
dastlabki asrlarda mintaqamiz hududida yashagan baqtriylar, so‘g‘diylar, 
xorazmiylar va boshqa elat va millatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatgani haqida mavjud 
ilmiy manbalar dalolat beradi” degan fikrlaridan kelib chiqqan holda o‘zbek tili 
tarixi sohasining predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan 
asosiy masalalarning mazmun mundarijasini belgilash, tilshunoslik tarixining eng 
muhim sahifalari borasida tasavvur hosil qilish, til tarixiga bag‘ishlangan 
ma’ruzalar o‘qish o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. 
“O‘zbek tili tarixi” fanini o‘qitishdan maqsad shuki, o‘zbek tilining bir 
necha yuz yillik shakllanish va taraqqiy etish dinamikasini kuzatish, qadimgi 
turkiy til, o‘zbek tilining tarixiy grammatikasi, davrlar osha yetib kelgan 
qo‘lyozma manbalar va ularning mavjud nashrlaridagi ashyoviy materiallarga 
suyangan holda fonetik, morfologik, leksik hamda sintaktik xususiyatlari haqida 
bilim berishdir. 
Fanning vazifasi talabalarda “O‘zbek tili tarixi” fani tarkibidan o‘rin olgan 
“Qadimgi turkiy til”, “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi” va “O‘zbek adabiy 
til tarixi” predmetlarining vujudga kelishi hamda rivojlanishi bo‘yicha bilimlarni 
shakllantirish va mustahkamlash; VI-X asrlarga oid O‘rxun-Enasoy bitiklari, XI-
XIV asrlarda yaratilgan eski turkiy til manbalari hamda XV-XIX asrlarga 
taalluqli eski o‘zbek adabiy tili yodgorliklari fonetikasi, morfologiyasi, leksikasi 
va gap qurilishi haqida bilim berishdan iborat. 

Yüklə 305,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin