5
Kishilik olmoshlari, ko‘rsatish, so‘roq, o‘zlik, belgilash, gumon olmoshlari.
16-mavzu. Fe’l va ravish so‘z turkumlari
Bo‘lishli va bo‘lishsizlik. Bu kategoriyaning
til taraqqiyotining barcha
davrlarida amal qilinganligi, uning sodda (affiksal) va murakkab (to‘liqsiz fe’l
modal so‘zlar bilan) shakllarida namoyon bo‘lishi.
Fe’llarning tuzilishi jihatdan shakllari. Yetakchi va ko‘makchi fe’l
tushunchalari, uning eski o‘zbek tilidagi o‘ziga xos semantik xususiyatlari.
To‘liqsiz fe’l va uning variantlari, qo‘llanish doirasi.
Fe’lning mayl va zamon shakllari. Mayl va zamon
shakllarining tuslanish
tushunchasi bilan bog‘langanligi. Tuslovchi qo‘shimchalarning kishilik
olmoshlaridan ko‘chim (transformatsiya) tufayli paydo bo‘lganligi.Fe’lning shart
mayli, uning qadimgi
turkiy tilda hosil qilinishi, eski o‘zbek tilidagi
ko‘rsatkichlari. Fe’llarning yasalishi.
Ravishning ma’no turlari. Ravishlarning yasalishi.
17-mavzu. Yordamchi so‘z turkumlari
Sof ko‘makchilar, ularning ikki
guruhga ajratilishi; eski o‘zbek tilida (shu
jumladan, qadimgi turkiy tilda ham)gina qo‘llangan ko‘makchilar, eski o‘zbek va
hozirgi o‘zbek tillarida aynan va qisman fonetik o‘zgarishlar bilan qo‘llangan
ko‘makchilar, ularning semantikasi, kuchli fonetik o‘zgarishga
uchragan
ko‘makchilarga tavsif beriladi. Funksional ko‘makchilar, ularning ot, ravish, fe’l
ko‘makchi guruhlari, semantikasi hozirgi shakli bilan taqqoslanadi.
Bog‘lovchilarning teng va ergashtiruvchi semantik guruhlari. Teng
bog‘lovchilarning biriktiruvchi, zidlovchi, ayiruvchi, inkor turlari, ularning turkiy
va o‘zlashma leksik tarkibi, har bir bog‘lovchining ma’no xususiyatlari, eski
o‘zbek tilida qo‘llanish imkoniyatlari.
Yuklamalarning eski o‘zbek tilida amal qilishi «affiks-yuklama», «so‘z-
yuklama» tushunchalari izohi, yuklamalarning ma’no turlari.
Dostları ilə paylaş: