2. Ta’lim pedagogik tizimlarining rivojlanish tendensiyasi
3. Darsda ukuvchilar ukuv faoliyatini tashkil etish zamonaviy shakllarining turlari.
Ta’lim turlari va shakllarining tavsifi. Didaktik goyalar (tizimlar) tarixiy tarakkiyot jarayonida yangi goyalar bilan boyib davr talabiga mos keluvchi tizimlarga aylanadi. Didaktik tizimlarning ketma-ketligi ukitish nazariyasi va amaliyotining umumiy konuniyatidir.
Ta’lim turlari (yunoncha «species» aloxida, uziga xos xususiyatga ega) ukuv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvdir. Pedagogik tizimlarning asosiy turlari kuyidagilardir:
arxaik (ibtidoiy);
kadimgi (Shumer, Misr, Xitoyda eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik);
avestiy (Baktriya, Sugdiyona, Xorazmda – eramizdan avv. VII-VI asrlar);
yunon (Ellins, rim-yunon, rim – eramizdan avv. V-I asrlar);
urta asr (dogmatik, sxolastik V-XVI asrlar);
yangi (tushuntirish, tushuntirish-kurgazmali, dasturlashtirilgan, masofali ukitish muammoli-dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan innovasion);
xorijiy (tushuntirish, tushuntirish-kurgazmali, dasturlashtirilgan, muammoli-dasturlashtirilgan, kompyuterli ukitish, masofali, Internet yordamida ukitish va shu kabilar).
Avesto goyalariga kura shakllangan pedagogik tizim eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyo xududida zardushtiylik dini yuzaga kela boshlaganda tashkil topdi. “Avesto” zardushtiylik mukaddas manbai bulib, u uz davrining ensiklopediyasi xisoblagan. “Avesto” goyalariga binoan bolalar va yoshlarni ukitish xamda tarbiyalash kuyidagilardan iboratdir:
diniy va ma’naviy tarbiyalash;
jismoniy tarbiya;
ukish va yozishga urgatish.
Yoshlarni tarbiyalashda ona yerga, atrof-muxit, tabiatga muxabbat xissini uygotish muxim yunalish xisoblangan. “Avesto”da barkamol shaxs obrazi xakida anik tasavvurlar ifoda etilgan.
Muntazam ukitishning ilk turi kadimgi yunon faylasufi Sukrot (eramizdan avvalgi 469-399 er. avv. yillar) va uning ukuvchilari tomonidan keng kullagan yordamchi savollarga javob topish metodi xisoblanadi. Bu metod sukrotcha suxbat metodi nomini olgan. Ukituvchi (faylasuf) ukuvchida kizikish, bilishga intilishni uygotadigan savoldan foydalanadi, muloxaza yuritish asosida ukuvchini vokea-xodisalarning moxiyatini idrok etishga undaydi. Ukituvchining muloxazasi kupincha ritorik savollarni muxokama kilish bilan tuldirilib turiladi. Sukrotcha suxbatlar bir yoki bir necha ukuvchilar ishtirokida tashkil etiladi.
Dogmatik ukitish – jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bulib, urta asrlarda keng tarkalgan. Urta asrlarda /arbiy Yevropada dogmatik ukitishda lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab tili yetakchi urin tutgan. Musulmon pedagogik konsepsiyasi sezilarli intellektuallik xususiyatiga ega bulgan. Komillikka bilimlaridan faol foydalana oladigan odamgina erishishi mumkin deb xisoblangan. “Xakikiy goyalar” (Abu Ali Ibn Sino. «Donishnoma» /«Bilimlar kitobi»), xakikiy bilimlarni uzlashtirishga ikki tusik xalakit kiladi: suzlarining anik va fikrlarining tushunarli emasligi. Mazkur kamchilikni bartaraf etishda logika aloxida urin egallaydi. Musulmon mamlakatlarida bolani ukitish va tarbiyalashda u tomonidan kur’onning arab tilida yod olinishi bilim eshallashning asosiy shart xisoblangan. Bundan tashkari XV-VII asrlarda bir kator maktablarda fors tili xam urgatilgan. Asosiy ta’limni bolalar maktablar – boshlangich maktabda olganlar (mukaddas kitobni ukish va talkin kilish mashgulotlari, ukish, yozish va xisobga urganganlar). Dogmatik ukitishda ukuvchilarning asosiy faoliyatlari tinglash, ukish, yod olish, eslab kolish va matnni suzma-suz takrorlashdan iborat bulgan.
Oliy ta’lim madrasalarda berilgan. Movarounnaxrdagi eng yirik ukuv maskanlari sirasiga Samarkand, Buxoro, Urganch va /ijduvondagi madrasalarni kiritish mumkin. Bu ma’rifiy markazlarining rivojlanishi XV-VII asrlarga tugri kelgan. Madrasalarda ukitish fors tillarida olib borilgan. Talabalar majburiy tarzda arab tilini xam urganganlar. Ukuv rejasiga grammatika, kur’on, Xadis, ritorika, logika, metafizika, geologiya, adabiyot, xukukshunoslik kabi fanlar kirgan. Ukitish asosan ogzaki shaklda olib borilgan. Birok talabalar foydalangan ukuv adabiyotlari asta-sekin ancha kup kirrali, turli-tuman bulib boradi. Maktab ta’limi erkaklar uchun muljallangan. Ammo xar bir badavlat oila kiz bolani ukitish uchun uyga ukituvchini taklif etgan.
Dogmatik ukitish urniga asta-sekin ukuv jarayonida kurgazmalilikni keng jalb etish natijasida tushuntirish, tushuntirish-namoyish etish kabi ta’lim shakllari kullanila boshlandi.
Ayni vaktda respublika xududida faoliyat yuritayotgan zamonaviy ta’lim muassasalarida ta’limning eng muxim kuyidagi uch turidan foydalanilmokda:
tushuntiruvchi-namoyish etuvchi ta’lim (u an’anaviy yoki axborot beruvchi ta’lim xam deb ataladi);
muammoli ukitish;
dasturlashtirilgan ta’lim yoki kompyuterli ukitish.
Bugungi kunda urta asrda keng kullanilgan ta’lim turlari – dogmatik va sxolastik ukitish elementlari xam saklanib kelinmokda.
Tushuntiruvchi-namoyil etuvchi ta’lim nomidan moxiyati anglanib turibdi. Kurgazmalilik asosida tushuntirishning asosiy metodlari tinglash va eslab kolish sanaladi.
Tushuntiruvchi-namoyish etuvchi ta’lim turi vaktni tejash, ukituvchi va ukuvchilarning kuchlarini asrash, kiyin bilimlarni tushunishni osonlashtirish, ta’lim jarayonini ancha samarali boshkarishni ta’minlaydi. Birok muayyan kamchilikka xam ega, ya’ni, “tayyor” bilimlarni berish va ukuvchilarni bilimlarni uzlashtirishda mustakil xamda maxsuldor fikrlashdan ozod etish, ukuv jarayonini individuallashtirish, differensasiyalashtirish imkoniyatlarining kamligi..
Muammoli ukitishda ukuv muammolarini xal etish jarayonida bilimlarni mustakil egallash, ukuvchilarning ijodiy fikrlashlari va idrok etish faoliyatlarini rivojlantirish yuli bilan ta’lim tashkil etiladi. Uning texnologiyasi turli-tumanligi bilan ajralib turmaydi, chunki ukuvchilarni faol idrok etish faoliyatiga jalb etish bir necha boskichlardan iborat buladi. Ular ketma-ket tartibda va kompleks amalga oshirilishi kerak.
Bunday ukitishda muammoli vaziyatni yaratish muxim boskich xisoblanadi. Bunday vaziyatda fikrlash jarayonida kiyinchilik xis etiladi. Ukuv muammosi bir kadar kiyin, lekin ukuvchilarning kuchi yetadigan bulishi kerak. Muammoni ilgari surish bilan birinchi boskich yakunlanadi. Muammoni xal etishning keyingi boskichida ukuvchilar savol buyicha mavjud muammoni kurib chikadilar, taxlil kiladilar, javob topish uchun ularning yetarli emasligini aniklaydilar va yetishmayotgan axborotni topishga intiladilar. Uchinchi boskich muammoni yechish uchun zarur bulgan bilimlarni turli usullar bilan egallashga karatilgan. U xayoliga birdan fikr kelishi bilan yakunlanadi (“Men nima kilishni bilaman!”). Shundan keyin muammoni xal etish, olingan natijalarni tekshirish, dastlabki gipoteza bilan solishtirish, olingan bilimlar, malakalarni tizimlashtirish va umumlashtirish boskichlari keladi.
Muammoli topshiriklar savollar, ukuv masalalari, amaliy vaziyatlardan iborat bulishi mumkin. Muammoli savolda izlash va javoblar turli variantlari kuzda tutiladi, ya’ni, oldindan tayyor javob bu yerda mumkin emas. Muammoli savolga misool: “Nima uchun temirdan yasalgan mix suvda chukadi, temirdan yasalgan kema esa chukadi?”.
Muammoli masala uni yechish yullarini mustakil izlashga intilishni yuzaga keltiruvchi ukuv-urganish topshirigidir. Muammoli masala asosini mavjud bilimlari urtasidagi karama-karshiliklar tashkil etadi. Muammoli masalaga misol: “2k5*3k21 tengligi tugri bulishi uchun kanday amallarni bajarish kerak?”.
Ukish jarayonida muammoli vaziyat sub’yekt (ukuvchi) uzi uchun kiyin bulgan masalani yechishni istashi, lekin unga ma’lumotlar yetishmasligi va u uzi ularni izlashi zarurligini kuzda tutadi. Muammoli vaziyatga misol: “6 ta gugurt kutisidan tomonlari bir gugurt kutisi kattaligiga teng 4 ta bir xil tomonli uchburchaklar yasang”.
Muammoli ukitishning afzalliklari: shaxsiy ijodiy faoliyatini tashkil etish asosida bilimlarni mustakil egallash, ukishga kizikishni uygotish, maxsuldor fikrlashini rivojlantirish, ukitishning mustaxkam va amaliy natijalari. Kamchiliklari ukuvchilar idrok etish faoliyatlarini boshkarishning kiyinligi, muammoni kuyish va xal etish uchun kup vakt sarflanishi, muammoli vaziyatni yaratish va mustakil yechish imkoniyatini xar bir ukuvchiga takdim etishning kiyinligi bilan belgilanadi.
Dasturiy ta’lim (dasturlashtirilgan ukitish) xarakat (operasiya)lar ketma-ketligi tizimini ifodalovchi, ularni bajarish ilgaridan rejalashtirilgan natijaga olib keluvchi “dastur” terminidan kelib chikadi. Ushbu turning asosiy maksadi ukuv jarayonini boshkarishni yaxshilashdan iborat. Bunday ukitish asosini kibernetik yondoshish tashkil etadi. Unga binoan ukitish murakkab dinamik tizim sifatida karaladi. Dasturiy ta’lim yangi didaktik, psixologik va kibernetik goyalar asosida XX asrning 60-yillari boshlarida yuzaga keldi. U ukuvchining bilim egallashi yulida xar bir kadamni nazorat kilishga imkon beradigan va shuning asosida uz vaktida yordam kursatish, kiyinchiliklarini oldini olish, kizikishini yukotmaslik va salbiy okibatlarning oldini olishga imkon beruvchi ukuv jarayonining texnologiyasini yaratishga yunaltiradi.
Dasturiy ta’limning asosiy xususiyatlari kuyidagilardan iborat:
ukuv materialining aloxida kismlarga ajratilishi;
ukuv jarayonining bilimlarni uzlashtirish buyicha bilimlar porsiyalari va fikrlash amallaridan iborat bulgan ketma-ket kadamlardan iborat bulishi;
xar bir kadamning nazorat bilan yakunlanishi (savol, topshirik va shu kabilar);
nazorat topshiriklarini tugri bajarganida ukuvchining yangi materiallarni olishi va navbatdagi kadamni bajarishi;
xar bir ukuvchining mustakil ishlashi, kuchi yetadigan mavzu buyicha ukuv materialini egallaishi;
barcha nazorat topshiriklari bajarilish natijalarining kayd etilishi (ular ukuvchilarning uzlariga (ichki kayta aloka) va pedagogga (tashki kayta aloka) ma’lum kilinadi);
ukituvchining ta’lim tashkilotchisi va kiyinchilik yuzaga kelganda yordamchi (maslaxatchi) sifatida ishtirok etishi, individual yondoshuvning amalga oshirilishi;
ta’lim jarayonida ukitishning uziga xos vositalarining keng kullanilishi (dasturlashtirilgan ukuv kullanmalari, trenajerlar, nazorat kilish kurilmalari, ukitish mashinalari).
Kompyuterli ta’lim. Ukitish soxasida jaxon didaktikasining muxim tajribasi - shaxsiy elektron-xisoblash mashinalari (SHEXM) rivojlanishi kompyuterli (kompyuterlashtirilgan) ta’limning shakllanishiga imkon berdi. Maxsus ta’lim dasturlari bilan ta’minlangan kompyuterlarni deyarli barcha didaktik masalalar: axborotni berish, ukitish jarayonini boshkarish, natijalarini nazorat kilish va tuzatib borish, mashklarni bajarish, ukuv jarayoni rivojlanishi xakida ma’lumotlarni tuplash va boshkalarni xal etishga moslashtirish mumkin.
Rivojlangan mamalakatlarda kompyuterlardan ta’limdan foydalanishning keng rivojlanishi bu boradagi kuyidagi asosiy yunalishlarni aniklashga imkon berdi:
aloxida ukuv fanlari (matematika, tabiiy fanlar, ona tili, chet tili, georafiya va boshkalar) buyicha uzlashtirish darajasini oshirishni ta’minlash;
umumiy kognitiv (idrok etish) kobiliyatlari – kuyilgan masalani xal etish, mustakil fikrlash, kommunikativ malakalarni egallash (axborotni tuplash, analiz, sintez kilish)ni rivojlantirish, u yoki bu kunikmani shakllantirishga imkon beruvchi jarayonlarga e’tiborni kuchaytirish.
Bundan tashkari kompyuterlardan avtomatlashtirilgan test sinovlari utkazish, baxolash va boshkarishda keng foydalaniladi, bu ukituvchi vaktini tejashga imkon beradi, natijada pedagogik jarayonning samaradorligi oshadi.
Dasturiy va kompyuterli ta’limlar ukitish algoritmlarini ajratishga asoslanadi. Algortm tugri natijaga olib keluvchi ketma-ket amallar tizimi sifatida bilim, kunikma va malakalarni tula uzlashtirish uchun zarur bulgan ukuv faoliyati tartibi va ketma-ketligini ukuvchiga kursatadi. Ukuv dasturlari va kompyuterli ta’limning samaradorligi fikrlash faoliyatini boshkarish algoritmlarining sifatiga boglik. Yomon tuzilgan algortmlar kompyuterli ukitishning sifatini keskin pasaytiradi.
Kompyuterli ta’limning sifati kuyidagi ikki asosiy omil bilan aniklanadi:
ukitish dasturlarining sifati;
xisoblash texnikasining sifati.
Bu soxada xam muayyan muammolar mavjud, ya’ni, ukuvchilarning idrok etish faoliyatini tashkil etish konuniyatlarini xisobga olgan xolda yaratilgan ta’lim dasturlari xozircha juda kam, ularni tuzib ishlab chikish kup vakt va kuch talab etiladi, shu bois ularning narxi xam kimmat. Respublika ta’lim muassasalarida EXMlar soni va ulardan foydalanish kulami ortib va takomillashib bormokda, birok, bu soxada xali jaxon tajribasidan ortda kolish xolati bartaraf etilgani yuk.