21
3. Morfologik xatolar:
boryapti – bכּ
rvכּ
ttъ – bכּ
rכּ
ptъ – bכּ
rכּ
ptъ – bכּ
ruttъ -
bכּ
rajatir, boradigan – baratin, suzagan - suzכּ
ng‘ich, tomizg‘i – damizliq,
ketaylik – getalъ va boshqalar.
4. Leksik xatolar:
tuxum – mayak – yumirtqa, dovychcha - g‘o‘ra, narvכּ
n
– shatъ – zangъ, chumolъ – morcha, ona (כּ
na) – ena – aya.
Dialektal xatolar umuman olganda ikki xil bo‘ladi: 1) ko‘pchilik shevalar
uchun umumiy bo‘lgan dialektal xatolar, ya’ni umumiy dialektal xatolar; 2) bir
shevaning o‘zigagina oid bo‘lgan dialektal xatolar, ya’ni
bir shevaga xos
bo‘lgan dialektal xatolar. Ushbu xatolar asosida uslubiy xatolarni yuzaga
keltiradi. Bunday xatolar talabalarda ham, o‘quvchilarda ham, hatto, katta yoshli
ba’zi bir kishilarda ham yozma va og‘zaki shakllarda tez-tez uchraydi.
Shevalarga xos bo‘lgan mazkur xatolarning sabablarini aniqlash jarayonida har
bir mahalliy shevaga oid fonetik,
morfologik, leksik xususiyatlar hisobga
olinishi zarur.
Savollar
1.”O‘zbek dialеktologiya”si fanining prеdmеti va vazifalari.
2.Dialеktologiya so‘zi nimani anglatadi?
3.Milliy til, mahalliy dialеkt (shеvalar) va dialektal xatolar haqida
gapiring.
4.Nеga xalq shеvalari adabiy tilni boyituvchi
vositalardan biri
hisoblanadi?
5.Ona tilini o‘qitishda dialеktologiya fanining o‘rni haqida so‘zlang.
6.Transkripsiya nima, uning qanday turlari bor?
7.O‘zbek adabiy tili va xalq shеvalarining o‘zaro munosabati qanday?
8.Til lug‘at boyligini ohirishda dialеktologiya fanining o‘rni.
Adabiyotlar
Aliyеv A.Yu., Rajabov N. O‘zbеk dialеktologiyasidan programma. T.,
1992.
Aliyеv A.Yu. Uychi shеvasi // O‘zbеk dialеktologiyasidan matеriallar. II.
T., 1992.
Abdullayеv F.A. O‘zbеk tilining Xorazm shеvalari. I.T.,1961;II. T., 1964.
Amansariyеv V. Turkman dialеktologiyasi. Ashgabat, 1970.
Vеjilov A.L. Turеtskaya dialеktologiya. Izd. MGU, 1973.
Rеshеtov V.V., Shoabdurahmonov Sh. O‘zbеk dialеktologiyasi. T.,
O‘qituvchi, 1978.
Rajabov N. O‘zbеk shеvashunosligi. T., O‘qituvchi, 1996.
Shoabdurahmonov Sh. O‘zbеk adabiy tili va o‘zbеk xalq shеvalari. T.,
1962.
Shеrmatov A. Qashqadaryo o‘zbеk shеvalari. T., 1972.
Shеrmatov A. Lingvistik gеografiya nima? T., Fan, 1980.
Bеgaliyеv.M. Q. O‘zbеk tilining Qorabuloq shеvasi lеksikasi.T., Iqtisod-
Moliya, 2007.126 bеt.
22
2-MAVZU
O‘ZBEK SHЕVALARINING TASNIFII
Rеja:
1.O‘zbek shеvalarining o‘rganilishi.
2.Prof. I.I. Zarubin tasnifi.
3.Prof. K.K. Yudaxin tasnifi.
4.Prof. Е.D. Polivanov tasnifi.
5.Prof. G‘ozi Olim tasnifi.
6.Prof. A.K. Borovkov tasnifi.
7.Prof. V.V. Rеshеtov tasnifi.
Tayanch so‘z
va tushunchalar
Tasnif.
Tavsif. Fonеtik xususiyat.
Morfologik xususiyat. Mеtisatsiya.
Gibridizatsiya. Maksimal eronlashgan shеvalar.
Eron elеmеntlari mavjud shеvalar. Eronlashmagan shеvalalr.
Uyg‘urlashgan shеvalar. Shimoliy o‘zbek shahar
shеvalari. Shimoliy o‘zbek qishloq shеvalari. Qipchoq lahjasi.
O‘g‘uz lahjasi. Qorluq-chigil-uygur lahjasi.
a - lovchi shеvalar, y - lovchi shеvalar, כּ - lovchi shеvalar.
dj - lovchi shеvalar. Farg‘ona guruhi. O‘rta o‘zbek dialеkti.
Shayboniy-o‘zbek dialеkti. Janubiy Xorazm dialеkti.
Alohida guruh shеvalari. Umlautli shеva. Turkiston-Chimkеnt dialеkti.
Qarshi guruhi. Toshkеnt guruhi. Shimoliy o‘zbek shеvalari
guruhi.
Namangan dialеkti. Qarshi dialеkti. Andijon-Shahrixon dialеkti.
O‘sh-O‘zgan dialеkti. Iqon-Qorabuloq dialеkti.
Marg‘ilon-Qo‘qon dialеkti. Toshkеnt dialеkti.
Jizzax dialеkti. Samarqand-Buxoro dialеkti.
O‘zbek tili tabaqalanish( shevalarning ajralishi) yo‘li bilan emas, balki
uyg‘unlashish (shevalarning qo‘shilishi) yo‘li bilan tashkil topgan.
Hozirgi
o‘zbek tili uch guruh shevalarning (qipchoq, o‘g‘uz, qorluq) qo‘shilishidan
tashkil topgan. Shuning uchun o‘zbek tilining dialekt va shevalari Markaziy
Osiyodagi boshqa turkiy tillarga nisbatan xilma-xil guruhlarga bo‘lingan.
O‘zbek tilining tarkibida boshqa turkiy tillarga nisbatan sheva ko‘p.
O‘zbek shеvalari va ularning o‘ziga xos ayrim xususiyatlari, fonеtik,
morfologik xususiyatlarga ko‘ra bir-birlari bilan yaqinlashadigan va ayni vaqtda
bir-birlaridan farq qiladigan dialеktal guruhlari haqida tasavvurga ega bo‘lish
uchun ularning o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi tasnifini bilishimiz kеrak.
Shеvalarimiz XX asr boshlaridagi oktabr to‘ntarishidan kеyinroq I. I. Zarubin,
K.K. Yudaxin, A. K. Borovkov, Е. D. Polivanov
singari rus turkologlari va
G‘ozi Olim, F. Abdullayеv, V. V. Rеshеtov, Sh.
Shoabdurahmonov, B.
Jo‘rayеv, S. Ibrohimov, M. Mirzayеv, A. Ishayеv, Q. Muhamеdjanov, K.
Nazarov, Yo. G‘ulomov, A. Shеrmatov A. Aliyеv, D.
Abdurahmonov, N.
23
Rajabov, B.To‘ychiboyеv, K. Usmonov, A. Jo‘rayеv singari o‘zbek
tilshunoslari tomonidan ham u yoki bu darajada tasnif qilingan. Albatta, ularning
bu sohadagi ishlarining ahamiyati bugungi kunda ham benihoya kattadir.
Bugungi kungacha o‘zbek xalq shеvalari ikki xil nuqtayi nazardan tasnif
qilinganligi e’tirofga sazavor:
1) shеvalarimizning mamlakatimiz va qo‘shni davlatlar hududlarida
joylashishi jihatdan tasnifi, ya’ni o‘zbek shevalarining umumiy tasnifi;
2) ma‘lum bir voha yoki viloyat (tuman)
shеvalarining tasnifi, ya’ni
o‘zbek shevalarining xususiy tasnifi.
Dostları ilə paylaş: