26
kiritilgan. Bosh-qa joylarda ham bu lahjada gapiruvchilar uchraydi. Bu lahjada
jo‘nalish kеlishigi qo‘shimchasi qattiq o‘zak unlilar va
jarangsiz undosh bilan
tugasa
-qa, jarangli bilan tugasa
–g‘a, yumshoq o‘zak jarangsiz undosh bilan
tugasa -
ga tarzida qo‘shiladi. Tushum kеlishigi qo‘shimchasi:
-nъ, -ni holatida
qo‘llanadi.
Prof. G‘ozi Olim bu lahjani to‘rtta shеvaga bo‘ladi:
1. Sayram-Chimkеnt shеvasi.
2. Toshkеnt-Xovos shеvasi.Unda tushum kеlishigi
-ti shaklida bo‘ladi.
Istak fе’l yasovchi
-luk: kеliyluk. Hozirgi zamon davom fе’li:
-vכּ
t
kе(l)vכּ
ttь, כּ
vכּ
ttь, kеmъyכּ
tь.
3. Andijon shahar shеvasida tushum kеlishigi
-n,-ni,-t,-ti,-d,-di tarzida
bo‘- ladi. Hozirgi zamon davom fе’li:
-yəp, -yoyəp bilan yasaladi:
kеləyəpmən.
4. Namangan shahar shеvasida hozirgi zamon davom fе’lining qo‘shim-
chasi:
-ut kеluttъman, kеlmuttъmən.
III. Xiva-Urganch lahjasiga Xiva, Xonqa, Kat; Toshovuz, Eski-Yangi
Urganch, To‘rtko‘lda yashovchi o‘zbeklar kiradi. Jo‘nalish kеlishik
qo‘shimchasi
-g‘ a,-ga,-a,- ə kabi ishlatiladi. Kеlasi zamon fе’l
yasovchi
affiksi
-djaq,
-djak. Istak fе’l yasovchi:
-l,-li. (kеl əli, əl əl).
Prof. G‘ozi Olim Xiva-Urganch lahjasini ikki guruhga bo‘ladi:
1. Xiva shеvasi. Bu shеvada singarmonizmning saqlanishi, cho‘ziq
unlilarga (a:i) ega bo‘lishi, “q” o‘rnida “k” undoshining kеlishi muhim
ahamiyatga egadir.
2. Qarluq shеvasi (xususiyatlari bеrilmagan). Bu tasnifda o‘zbek-qipchoq
lahjasidan boshqa shеvalarning lingvistik xususiyatlari farqlab bеrilmaganligi
uchun tanqid qilingan, ya‘ni olimning bu tasnifi o‘sha vaqtdagi o‘zbek
shevalari-ning xususiyatlarini qamrab ola olmagan.
Ayrim shevalarning
lingvistik farqlarini ko‘rsatuvchi belgilar berilmagan.
Dostları ilə paylaş: