2. Askiya san’atining o‘ziga xosligi. Askiya haqida fikr
yuritishdan avval uning mohiyati haqida qisqacha mulohaza
bildirish joiz. Askiya aytish qanchalar murakkab bo‘lsa, uni
tushunish ham oson emas. Chunki askiyachi aytgan askiyada
nozik so‘z o‘yini qo‘llaniladi. So‘z o‘yinini tushunish esa
uni o‘ylab topishdek qiyin. So‘z o‘yinida uni o‘ylab topgan
odamning fikrlash usulini qo‘llash lozim bo‘ladi. Shu bois
askiya paytida kimdir kuladi, kimdir gap nima to‘g‘risida
borayotganini anglay olmay garang bo‘lib turaveradi.
Askiya janrining bosh maqsadi, uning mohiyati so‘z o‘yini
vositasida kulgi hosil qilishdir.
Askiya jahondagi bironta xalq og‘zaki ijodida
uchramaydigan, so‘zdan so‘z hosil qilish, so‘z jilosidan
to‘liq foydalanish, so‘z o‘yiniga asoslangan janrdir. Boshqa
xalqlarda bu janrning uchramasligini esa, asosan, o‘zbek
tilidagi so‘z boyligi bilan izohlash maqsadga muvofiqdir.
Xususan, maqol, topishmoq, ertak, qo‘shiq, doston janrlari
jahon xalqlari ijodida aynan yoki bir oz o‘zgargan holda
uchraydi, ammo olimlar shu kungacha askiyaning boshqa
xalqlarda mavjudligini aniqlamaganlar. To‘g‘ri, ba’zi
223
223
paytlarda latifalarda askiyaga o‘xshash vaziyatlar uchrashi
mumkin (peshka xodit ye 2-ye 4; on xodit yedva, yedva –
shaxmat o‘yinidagi eng kichik sipoh ye 2 xonasidan ye 4 ga
yuradi, biz nazarda tutgan odam esa zo‘rg‘a-zo‘rg‘a yuradi).
Ammo muayyan xususiyatlarga ega alohida janr sifatida
uchramaydi.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –
Toshkent: Ma’naviyat. 2008. 176 b.
2. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T., «Musiqa»,
2010. 368 b.
3. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: «Mumtoz
so‘z», 2010.
4. Madayev O., Sobitova T. O‘zbek xalq og‘zaki poetik
ijodi. T., 2005.
5. Жирмунский В. М., Зарифов Х. Т. Узбекский
народный героический эпос. М., с. 303.
6. Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. – T., 2009 yil.
7. M e t i n E k i ç i. Türk dünyasinda Köroğlu. – Ankara:
Akçağ, 2004;
8. Mirzayev T. Doston. O‘zbek folklorining epik janrlari.
– T.: Fan, 1981.
9. Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi.–Toshkent: Fan,
1995. –168 b.
10. Saidov M.S. O‘zbek xalq dostonchiligida badiiy
mahorat masalalari. Toshkent, 1969.
11. Cejidov M. Azerbajchan xalgыnыn sojkokunu
dushunereken – Bakы: Jezыchы, 1989. – S.320.
12. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 1-kitob. T., 2006.
13. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 2-kitob. T., 2010.
14. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 3-kitob. T., 2010.
224
224
15. Turdimov Sh. Go‘ro‘g‘li» dostonlarining genezisi va
tadrijiy bosqichlar. – Toshkent: Fan, 2011.
16. Turdimov Sh. Etnos va epos. – Toshkent: O‘zbekiston,
2012. –112 b.
17. Eshonqul J. Epik tafakkur tadriji. – Toshkent: Fan,
2006. –120 b.
18. Eshonqul J. O‘zbek folklorida tush va uning badiiy
talqini. – Toshkent: Fan, 2011.
19. Fuzuli Bayat. Köroğlu destanı. Istanbul: Ötüken,
2009;
20. Introduction to Folklore. London, 2008. Page7
225
225
15-MAVZU. TOMOSHA SAN’ATI
1
Reja:
1.O‘zbek an’anaviy teatr san’ati.
2.Xonliklar davrida tomoshogohlar.
3.Tomosha turlari.
O‘zbekiston hududlarida yashovchi mahalliy aholi
azaldan o‘zining rang-barang ijodiy merosi bilan badiiy
madaniyatimizni boyitib kelgan. Bunda ijrochilikka
asoslangan an’anaviy teatrning alohida o‘rni bor. Ular kelib
chiqishiga ko‘ra, uzoq tarixga ega bo‘lib, ajdodlarimiz
ijodiy salohiyati, ma’naviy va badiiy-estetik talab-ehtiyojlari
negizida ijod etilgan, bugungi kunda ham shu maqsadlarga
xizmat qilib keladi. Avloddan-avlodga o‘tishi, ommaviyligi,
mehnat jarayonlari, urf-odatlar, marosimlar, bayramlar bilan
bog‘liq holda yashashi xalq teatrining asosiy xususiyatidir.
O‘tmishda va hozirgi kunda ham amal qilayotgan o‘zbek
xalq tomoshalari ana shunday an’anaviy va ommaviy ijod
mahsulidir. Ular asrlar davomida ijtimoiy hayot, siyosat,
mafkura ta’sirida o‘zgarib, tuslanib bordi. Ba’zilari unutildi.
Ammo aksariyat tomoshalar xalq urf-odatlari, marosimlari va
bayramlaridan oziq olib, hayot bilan hamnafas yashab, oddiy
kishilar ma’naviy hayotida muhim o‘rin egallab kelgan.
Qancha mafkuraviy tazyiqlarga uchragan bo‘lmasin,
aholi ma’naviy fazilat (his-tuyg‘u, e’tiqod, odat kabi)
larining shakllanishida muhim bo‘lgan san’at, shu jumladan
teatr san’ati vositalaridan keng miqyosda foydalanuvchi xalq
marosimlari doim yashab keldi. Aksariyat marosimlarda
1Ushbu mavzu I.Abdurahmonov, B.Sangirovlarning “O‘zbek
an’anaviy qiziqchilik san’ati” (“Tafakkur gulshani”, Toshkent
–2017)kitobi asosida tayyorlandi.
226
226
sahnaviy shakllardagi badiiy obrazlar yaratildi. Xalq
termalari aytishuvlari, savol-javoblari, qo‘shiqlari,
raqslaridan foydalanilgani malakali tashkilotchi(korfarmon,
o‘yinboshi, nadim, onaboshi, bakovul, oqsoqol)lar tomonidan
tayyorlanishi va o‘tkazilishi sababli, marosimlar ko‘p hollarda
ommaviy tomosha shaklini olgan va qatnashuvchilarning
kayfiyatlarini, ehtiroslarini umumlashtirgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, aksar tomoshalar
bir zamonlar marosim sifatida vujudga kelib, jamiyat
taraqqiyoti davomida o‘z asosidan uzoqlashib, oddiy o‘yin
hamda oddiy tomoshaga aylanib borgan. O‘zbekiston shu
jihatdan e’tiborlidir. Ayni chog‘da marosimlar, shuningdek,
xalq bayramlari asrlar davomida avloddan-avlodga
o‘tib kelayotgan ko‘pgina o‘yin va tomoshalar zamirida
xalqimizning ijrochilik salohiyati, iste’dodi, dunyoqarashi,
orzu-intilishlari yotadi. Jonli va hayotiy obrazlar, tomosha
vositalari ularda yetakchilik qiladi.
O‘zbek an’anaviy teatr san’atining eng keng tarqalgan
turi bu shubhasiz, qiziqchilik san’atidir. Bu san’at turi
vatanimizda keng ma’nolarga ega bo‘lib, ayrim hollarda
“tomosha” nomi ostida xalq madaniy hayotining tarkibiy
qismiga singib ketgan. Ayni paytda xalqimiz badiiy
madaniyatining eng ommabop va ko‘pqirrali murakkab
sohalaridan biridir.
Istiqlol yillarida qiziqchilik san’atini rivojlantirish uchun
keng imkoniyatlar ochildi. Poytaxt va viloyatlarda o‘nlab
yangi ijodiy guruhlar paydo bo‘ldi, turli teleko‘rsatuvlar
tayyorlanib, muntazam ravishda efirga uzatilayotgani ham
shundan. Ayniqsa, poytaxtimizda tashkil etilgan Mustaqillik
va Navro‘z bayramlari tomoshalarida askiyachilar guruhlar
ijrolarining o‘rin olishi davlatimiz rahbarining bu sohaga
bo‘lgan alohida e’tibori va g‘amxo‘rligidan dalolat beradi.
227
227
An’anaviy teatr deganda nimani tushunishimiz kerak?
Mazkur savol anchadan beri ilm ahlining e’tiborini tortib
keladi. Xususan, professor M.Qodirov mazkur tushunchani
shunday izohlaydi: “An’anaviy teatr – ijrochilik san’ati. Bu
yerda hal etuvchi ijrochi aktyor, uning e’tiqodi, qobiliyati,
malakasi, mahoratidir. Zotan, xalq aktyori tomoshabinlar
davrasidan hosil bo‘lgan o‘ziga xos “sahna”da, maxsus
ayvonlarda, ko‘shklarda tomosha ko‘rsatgan. Rasman
dekoratsiya yo‘q, voqea o‘rni va payti esa shartli. Bunday
sharoitda aktyor faqat o‘ziga, o‘z san’atiga ishonib ish ko‘radi.
U mustahkam an’anaviy fabula, voqealar, obrazlar silsilasi,
barqaror savol-javoblarga tayangan holda so‘z va harakatlar
to‘qiydi, ya’ni badihago‘ylik (improvizatsiya) qiladi.
Tomoshabinlar u yoki bu tomoshani, sahnani ko‘rish uchun
emas, balki ma’lum masxarani, qiziqchini, qo‘g‘irchoqbozni
ko‘rish uchun yig‘iladi. Negaki, tomoshabin ijro etilishi
mumkin bo‘lgan xalq komediyalarining ko‘pini oldindan
bilgan, shu bois unga kim ijro etishi va qanday ijro etishi
muhim edi. Binobarin, aktyor chinakam mahorat namoyish
etishi, mahalliy sharoit va tomoshabinlar tarkibidan kelib
chiqib topag‘onlik ko‘rsatishi, an’anaviy syujet, ko‘rinish
va obrazlar talqiniga o‘zgartirishlar kiritishi, shevalardan,
askiya, qo‘shiq, usul, raqs vositalaridan foydalanishi zarur
bo‘lgan. Natijada, tomoshabin ham, spektakl ishtirokchisiga
aylangan”
1
Tarixiy manbalar va san’atshunos tadqiqotchilarning
shohidlik berishicha, masxaraboz va qiziqchilar san’ati
Turkiston hududlarida juda qadimdan mavjud bo‘lib, xalq
madaniy hayotining bir ko‘rinishi sifatida asrlar davomida
yashab kelgan. Masxaraboz va qiziqchilar o‘z tomoshalarini
odatda xalq og‘zaki dramalari asosida amalga oshirganlar.
1
Qodirov M. An’anaviy teatr dramaturgiyasi.-T.: Yangi asr avlodi.,2006. 7-b.
228
228
Bu dramalar adoqsiz darajada ko‘p bo‘lib, ijrochilarning
o‘zlari tomonidan yaratilgan. Og‘zaki dramalar ijrodan
ijroga, u guruhdan – bu guruhga o‘tib, o‘zgarib, qo‘shilib,
qisqartirilib ijro etilavergan. Ular og‘zaki ko‘rinishda
bo‘lganligi jihatidan davr o‘tishi, ijrochilar avlodining
almashinuvi oqibatida ko‘plari unutilib, yo‘q bo‘lib ketgan.
Faqat XX asrning boshlaridan e’tiboran tadqiqotchilar xalq
og‘zaki dramalari va ularning ijrochilari hayoti va san’atlarini
o‘rganish ishlari bilan mashg‘ul bo‘la boshladilar”
1
Xonliklar davrida barcha yirik shaharning o‘ziga xos
sayilgoh, tomoshagohlari bo‘lgan. Qo‘qonning «Katta
chorsu»si katta sayilgoh vazifasini o‘tagan. Sathi uch ming
kvadrat metrli keng maydonga o‘n-o‘n besh ming tomoshabin
yig‘ilgan. Ayrim paytlarda xonning farmoni bilan O‘rda
atrofida ham turli tomoshalar tashkil etilgan. Shuningdek,
«Yangi chorsi», «Muyimarak», «Qaynar buloq», «Ovg‘on
bog‘», «Erhubbi», «Qorayuz buvo», «Xo‘jaytirab» kabi
sayilgohlarda ham tomoshabinlar yig‘ilib sayillar, bayramlar
tashkil etilgani.
M.Qodirov Madalixon davrida saroyda Bidiyorshum
o‘z shogirdlari bilan «Mudarris» spektakli ijro etilganligini
yozadi. Saroyda xalq cholg‘u asboblari va mahalliy raqs
jamlasi hamda aktyorlar guruhi faoliyat ko‘rsatgan. Saroy
qiziqchilariga Zokir eshon bosh bo‘lgan. Uning rahbarligida
Rizo qiziq, Sa’di Maxsum, Normat qiziq, Boybuva qiziq,
Mo‘min qishloqi, Bahrom qiziq, Usmon qiziq, Ro‘zi gov,
Baxtiyor, Shomat qiziq, Davlat qiziq, mullo Hoshim, Usmon
qiziq, Xolmat qiziq, Qalsariq qiziq, Avliyoxon qiziq kabilar
o‘z mahoratini namoyish etishganlar.
Zokir eshon jamoasi turli mavzulardagi 40 dan oshiq
tomoshalarni sahnalashtirganlar. «Mudarris», «Zarkokil»,
1
Tursunov T. XX asr o‘zbek teatri tarixi (1900-2007). – T.: ART-PRESS. 2010.
16 -b.
229
229
«Avliyo», «Xon hajvi», «Sirka taroq azizlar», «Farzand
duosi», «Qalandarlar», «Dorbozlik», «Xatna», «Mardikor
va nonvoy», «Shayxul Islomning sud munozarasi», «Yomon
uka», «Chusti muqallidi», «To‘rt jinni yoki Azayimxon»,
«Qo‘ydi-chiqdi», «Imom domlaning uylanishi», «Uloq»,
«Kelin tushirdi», «Maqtanchoq kishi», «Er va xotin»
«Duxtorbozlik», «Oqsoqol», «Qozi», «Mamayunusning
dadasi», «Sudxo‘r», «Lo‘li», «Attorlik», «Ketmon o‘g‘risi»
yoki «Xotin janjali», «Bachchaboz», «Hoji kampir»,
«Hammom», «Mozor», «O‘lik sotdi», «Murob boshi»,
«Obijuvoz», «Xotin tug‘dirish», «Xonga ariza», «Uy
tesharlar», «Uylanish», «Suxmozor», «Kafan o‘g‘risi»,
«Boy bilan mardikor», «To‘rg‘ay», «G‘irrom polvon» kabi
asarlar ijro etilganligi aniqlangan.
XVIII va XIX asrlarda Buxoro xonligida ham turli
tomoshalar namoyish etilgan. Abulfayzxon (1711 —1747)
saroyida maxsus san’atkorlar guruhi faoliyat ko‘rsatgan
1870-yilda Buxoroga sayohat qilgan rus missiyasining
ishtirokchisi L. R. Kostenko Buxoroda ko‘rgan spektakllari
to‘g‘risida o‘z taassurotlarini yozib qoldirgan. Bunday
ma’lumotlar 1878-yilda Buxoroda bo‘lgan I. L. Yavorskiy
asarida ham uchraydi.
Samarqandda 1891-yildagi Navro‘z bayramida
aktyorlar o‘ynagan «Kiyik ovi» (yoki «Mergan») spektakli
tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan. 1900-yilda
Toshkenda Samarqand truppasining o‘ynagan «Mirob»,
«Eshak savdosi», «Hundilar» spektakllarida aktyorlarining
saviyasi Toshkent san’atkorlaridan har tomonlama yuqori
bo‘lganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Buxoro xonligi
tarkibidagi Samarqand, Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on, Jizzax,
Boysun, Denov shaharlarida XVIII va XIX asrda professional
san’atkorlar guruhi faoliyat ko‘rsatgan.
230
230
XVIII—XIX asrda Xorazmda ham tomosha san’ati
rivojlangan. Olloqulixon (1825—1842) o‘g‘il to‘yi
munosabati bilan 1835-yilda o‘tkazilgan tomoshalarda
sozanda va masxarabozlar chiqishlari yuqori bo‘lgan.
H.Vamberi Xorazmda o‘zi ko‘rgan turli tomoshalar haqida
yozadi. Unga ko‘ra xonning maxsus qiziqchisi bo‘lgan,
kechki ovqatdan so‘ng huzurida soz chalinib, qo‘shiq
kuylangan, so‘ngra masxarabozlarga gal berilgani yozilgan.
Muhammad Rahim II (Feruz) hukmronlik qilgan davrda
(1865—1872) tomosha san’atining deyarli barcha turlari
taraqqiy etgan. Chunki, xonning o‘zi shoir, bastakor sifatida
atrofiga sozandalar, shoirlar, hofizlar va masxarabozlarni
yig‘ib, ularga shart-sharoitlarni yaratib bergan, homiylik
qilgan. Doimiy ravishda ularning ijodidan bahramand
bo‘lgan.
T.Obidovning aniqlashicha, Xorazm mahalliy
tomoshalarini bir necha guruhga ajratadi. Bular – musiqali
va musiqasiz ijroga mo‘ljallangan muqallidlar; bir aktyor
spektakli, jamoaviy ijrodagi «Xatarli o‘yin» tomoshalaridir.
«Xatarli o‘yin» katta turkumdagi tomosha bo‘lib, turli
mavzulardagi ko‘plab tomoshalarni o‘z ichiga oladi.
Xorazm muqallidlari ikkiga ajratiladi. Hayvonlar
mavzusidagi «Tustovuq o‘yini», «Chag‘aloq», «Kaptar
o‘yini», «Ot o‘yini», «Ayiq o‘yini»; mehnat jarayonini
ifodalovchi – «Olma terish», «Chugurma tikish», «Kampir»,
«Ko‘knori» va boshqalar ijro etilgan.
XVIII asrdan to XIX asrning ikkinchi yarmigacha
kechgan sharqona tomoshalar M.Umarov tomonidan har
tomonlama jiddiy va chuqur o‘rganilgan. Olim mazkur
davrdagi tomosha turlarini quyidagi guruhlarga shartli
ravishda ajratadi.
1. Xalq dostonlarda tomoshalar bayoni haqida gapirar
231
231
ekan bu davrda o‘zbek adabiyotining bitmas – tuganmas
chashmalaridan hisoblangan xalq og‘zaki adabiyoti – folklor
sohasida ham xilma-xil durdonalar yaratildi: “Alpomish”
dostoni va “Go‘r o‘g‘li” turkumidagi epik qissalar keng
tarqaldi. “Tohir va Zuhra”, “Yusuf va Zulayho”, “Bahrom
va Gulandom”, “Gulfarah”, “Sanobar”, “Bo‘z o‘g‘lon” yoki
“Yusufbek va Ahmadbek” kabi o‘nlab kitoblar yozildi.
Bu epik asarlar haqiqatan ham xalq dahosining nishonasi
bo‘lib uning sahifalarida oddiy kishilarning og‘ir hayoti,
baxt-saodat uchun kurashi o‘z ifodasini topdi. Shuningdek
ularda bayramlar, sayillar, to‘y, bazmlar ta’rifi berildi.
Ayniqsa, qahramonlarni to‘ylardagi tomosha turlari alohida
izohlanganligi aniq misollar bilan bayon etgan.
2. Qo‘g‘irchoq o‘yin – O‘zbekistonda qadim zamonlardan
o‘ziga xos teatr turi sifatida taraqqiy etib kelgan. Chodir
ichida, parda ortida yashiringan aktyor qo‘g‘irchoqbozlar
tomonidan harakatga keltirilib ko‘rsatiladigan tomosha
shunday nomlanib kelinadi
1
. Mazkur teatr ildizlari,
turlari, tarixiy yo‘nalishlari va mashhur qo‘g‘irchoqbozlar
repertuarlari to‘g‘risida M.Qodirovning «Qo‘g‘irchoq teatri»
va «O‘zbek xalq tomosha san’ati» kitoblarida mukammal
yoritilgan. «Bizda – deb yozadi M.Qodirov – «Qo‘g‘irchoq
o‘yin» deb yuritiluvchi bu san’atning, xususan, qo‘lga
kiyib o‘ynatiladigan, ip bilan boshqariladigan va soyasi
tushiriladigan turlari o‘tmishda keng tarqalgan. Ular «chodir
jamol», «chodir xayol» va «fonus xayol» deb atalgan. «Chodir
xayol» teatri «chodir jamol»ga nisbatan ancha murakkab va
mukammaldir. Bu teatr tomoshalari, odatda, kechqurunlari
ko‘rsatilgani, shu’la va shovqindan foydalanilgani tufayli
qora pardalar ichidagi qo‘g‘irchoqlarning iplari ko‘rinmay,
1
Umarov M. Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. – T.: Yangi asr avlodi. 2009.,
271 b.
232
232
xuddi qo‘g‘irchoqlarning o‘zlari harakat qilayotganday tabiiy
va ajib manzara hosil qilgan. Har bir mohir qo‘g‘irchog‘boz
ayni vaqtda iplar yordamida 8–10 qo‘g‘irchoqni harakatga
keltira olgan. «Qo‘l qo‘g‘irchoq» teatrida bir tomoshada ko‘pi
bilan o‘n qo‘g‘irchoq ishtirok etgan bo‘lsa, «Chodir xayol»da
bir yo‘la ellikdan ortiq qo‘g‘irchoq o‘ynagan. Bu teatrlarda
musiqa badiiy bezak sifatida, ko‘proq qahramonlar holatini
ifodalovchi vosita sifatida xizmat qilgan. Qo‘g‘irchoqboz-
sozandalar qo‘g‘irchoq o‘yinlar uchun maxsus «Ufor»,
«Miyonxona», «Charx», «Duchava parron», «Chog‘olloq»,
«Ot eroniy», Qum pishig‘i», «To‘rg‘ay chirillama» kabi bir
qancha ajoyib kuylar yaratganlar»
1
.
1
Qodirov M. Tomosha san’ati o‘tmishidan lavhalar.T.:.-Fan. 1993.–165 b.
233
233
MUNDARIJA
Mualliflardan ...............................................................2
1-mavzu. Mustaqillik davrida «O‘zbek xalq og‘zaki
ijodi»ni o‘rganishning yetakchi masalalari. Folklor atamasi,
yetakchi xususiyatlari, tur va janrlari .................................3
2-mavzu. Mif va uning mohiyati. Afsona, rivoyat,
naqllarning badiiyati ........................................................14
3-mavzu. O‘zbek marosim folklorining janrlar tarkibi va
badiiyati ............................................................................25
4-mavzu. Xalq dostonlari ..........................................46
5-mavzu. Qahramonlik dostonlarining g‘oyaviy-badiiy
xususiyatlari .....................................................................58
6-mavzu. Romanik dostonlarning g‘oyaviy-badiiy
xususiyatlari .....................................................................66
7-mavzu. Kitobiy dostonlarning xalq ma’naviy
hayotidagi o‘rni ................................................................80
8-mavzu. Xalq ertaklari .............................................85
9-mavzu. Qo‘shiq va lirika atamalari haqida. Mehnat
qo‘shiqlari va termalar .....................................................96
10-mavzu. Bolalar folklori va ularning talqinlari, badiiy
xususiyatlari ...................................................................111
11-mavzu. Lirik qo‘shiqlar ......................................116
12-mavzu. Xalq maqollari, topishmoqlar va chaldirmoq
janri ................................................................................124
13-mavzu. Latifalar, lof ...........................................131
14-mavzu. Askiya ....................................................134
15-mavzu. Tomosha san`ati ....................................137
234
234
235
235
236
236
237
237
Dostları ilə paylaş: |