3. Respublikamiz tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kredit turlarining amaliy holati.
Respublikamiz tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilishi bevosita ularning resurs bazasiga bo’g’liq bo’lib hisoblanadi. Banklarning kapitali va depozit mablag'larining yuqori sur'atlarda o'sishi, o'z navbatida, ularning iqtisodiyot real sektorini moliyaviy qo'llab-quvvatlashdagi rolining yanada kengayishiga, aktivlar va kredit qo'yilmalari hajmining sezilarli darajada ko'payishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. So'nggi 5 yil davomida tijorat banklarining jami aktivlari 3,1 barobarga, iqtisodiyotning real sektoriga yo'naltirilgan kredit qo'yilmalari umumiy qiymati esa 3,7 barobarga ko'paydi va bu holat bank tizimining iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishdagi rolining tobora oshib borayotganligini ko'rsatmoqda. 2022 yilda iqtisodiyot real sektorini moliyaviy qo'llab-quvvatlash uchun yo'naltirilgan uzoq muddatli kreditlar hajmi 2021 yildagiga nisbatan 27,7 foizga oshib, ularning tijorat banklari jami kredit portfelidagi salmog'i 79,8 foizni tashkil etdi.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan jami kreditlar 2022 yilda 15870 mlrd. so’mni tashkil qilib, 2021 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshgan. Shundan ajratilgan mikrokreditlar o’tgan 2021 yilga nisbatan qariyb 1,3 barobarga oshgan va qariyb 3326 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab - quvvatlashni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ko'rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar, jumladan, ajratilayotgan kreditlar hajminingjadal sur'atlarda oshishida o'z aksini topmoqda. Biznes yuritish jumladan, bank faoliyatini amalga oshirish sharoitlarining yaxshilanishi va joriy etilgan imtiyozlarning ijobiy ta'siri natijasida 2016 yil mobaynida mazkur soha sub'ektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlar summasi 2021 yildagiga nisbatan 32,3 foizga oshib, 12,1 trln. so'mni tashkil etdi.
Hozirgi kunda Respublikamizdagi barcha tijorat banklari o’z kredit va mikrokreditlari bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil etish va ular faoliyatini yanada kengaytirishga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Jumladan ATIB “Ipoteka bank” tomonidan 2022-yil davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlarning eng katta salmog’i aylanma mablag’larni to’ldirish uchun ajratilgan bo’lib, miqdori 122 mlrd. so’mga teng. Undan keyingi o’rinlarda qurilish va xizmat ko’rsatish hamda sanoat sohalariga ajratilgan kreditlar egallagan. ATB ”Mikrokreditbank” misolida ko’radigan bo’lsak, kichik biznes va xususiy biznes sub’yektlariga ajratilgan jami kreditlar va mikrokreditlar nisbati quyida o’z aksini topgan: Mikrokredit qarz oluvchiga kredit ajratilayotgan loyihaning o'zini-o'zi qoplashi hisobga olingan holda aylanma mablag`larni to`ldirishga, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag`larni to`ldirishga beriladi.
Mikromoliyalash subyektlari banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar bo’lishi bilan birga, shulardan tijorat banklari mikrokreditlar ajratish bo’yicha yetakchilik qilib kelmoqda. Kreditlarni rasmiylashtirishda qarz oluvchi ariza bilan birgalikda bir qancha hujjatlar bilan bankka murojaat qiladi. Ariza 3 ish kuni davomida ko’rib chiqiladi. Undan so’ng majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida ta’minot turlaridan biri taqdim etiladi. Kredit hisobiga sotib olingan mulk ushbu kredit bo`yicha o`z qiymatining 80 foizi miqdorida garov narsasi bo`lib xizmat qilishi mumkin. Hujjatlar ko’rib chiqilib, kredit berish to’g’risida ijobiy qaror qabul qilinganda, mijoz va bank o’rtasida kredit shartnomasi tuziladi va kreditning muddati, miqdori hamda foiz stavkasi belgilanadi. Shundan so’ng mijozga kredit hisobvarag’i ochilgan holda kreditlar naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda shu hisobvaraqdan o’tkazib beriladi.
Tijorat banklari bank hisobvarog`ida muntazam pul oqimi mavjud, yaxshi obro va kredit tarixiga ega bo`lgan qarz oluvchilarga ta`minot talab qilmay blankli (ishonchli) kredit berish huquqiga ega. Mikrokreditlar oldin olingan kredit yoki boshqa har qanday qarzlarni so‘ndirish uchun, tamaki mahsuloti va alkogol ichimliklar ishlab chiqarish uchun, lotereya va qimor o‘yinlar tashkil qilishga va boshqa qonunga zid bo’lgan maqsadlarga berilmaydi. Mikrokreditlar bo’yicha foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo’lmagan miqdorda beriladi va qayta moliyalash stavkasining o’zgarishiga qarab foiz ham o’zgarishi mumkin.
Respublikamiz tijorat banklari tomonidan kreditlar berilishini tahlil qiladigan bo’lsak, so’nggi yillarda tijorat banklarining jami aktivlari 3,1 barobarga, iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kreditlar hajmi esa 3,7 barobarga oshganini ko’rishmumkin. Bu esa mamlakatimiz banklari faoliyatining barqarorlashayotganligidan dalolat beradi. Xususan Bank tomonidan ajratilgan kreditlar umumiy hajmi esa 2022 yilda 2017 yilga nisbatan 5 barobarga ko’payganini kuzatish mumkin. Shundan kichik biznesga ajratilgan mikrokreditlar 2022 yilda 207,7 mlrd. so’mni tashkil qilib, 2021 yilga qaraganda, 1,3 barobarga oshgan. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan jami kreditlar 2022 yilda 15870 mlrd. so’mni tashkil qilib, 2021 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshgan. Shundan ajratilgan mikrokreditlar o’tgan 2021 yilga nisbatan qariyb 1,3 barobarga oshgan va qariyb 3326 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab - quvvatlashni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ko'rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar, jumladan, ajratilayotgan kreditlar hajmining jadal sur'atlarda oshishida o'z aksini topmoqda. “Ipoteka-bank” ATIB tomonidan ajratilgan mikrokreditlar 2021 yilda 207,7 mlrd.so’mni tashkil qilib, o’tkan yilga nisbatan 1,3 barobarga oshgan. ATB “Mikrokreditbank” tomonidan 2022-yilda ayol tadbirkorlarga ajratilgan mikrokreditlar summasi 90.2 mlrd. so’mga teng bo’lib, bu o’tgan 2021-yilga nisbatan 20%ga oshgan. Buning natijasida 10 mingtaga yaqin yangi ish o’rinlari yaratildi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha boʻsh pul resurslari hosil boʻlishi bilan bir vaqtda, iqtisodiyotning ayrim boʻgʻinlari va sohalarida qoʻshimcha pul mablagʻlariga ehtiyoj paydo boʻladi. Avvalo kredit qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Uning yordamida korxonalar, davlat va aholining boʻsh pul mablagʻlari ssuda fondi shaklida toʻplanib, keyin bu mablagʻlar kredit mexanizmi orqali iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi. Shu orqali kredit ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini taʼminlashga xizmat qiladi. Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan toʻlov vositalarini (veksel, chek, sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib, ularni xoʻjalik amaliyotiga joriy etish vazifasini bajaradi. Uchinchidan, kredit naqd pullar oʻrniga kredit pullarni rivojlantirish va pul muomalasini jadallashtirish bilan muomala xarajatlarini tejash vazifasini bajaradi. Toʻrtinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz berish va qarzni undirish) orqali iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish vazifasini bajaradi. Beshinchidan, kredit oʻz muassasalari orqali iqtisodiy subʼektlar faoliyati ustidan nazorat qilish vazifasini bajaradi. Nihoyat, kreditning oʻziga xos vazifasi iqtisodiyotni tartibga solish hisoblanadi. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish, davlat tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi. Kredit bir qator turlarda amalga oshiriladi.
Investitsiya siyosati orqali milliy va xorijiy investorlarga qulay shartsharoitlar yaratish hisobiga iqtisodiyotga ko'shimcha mablag'lar jalb etilib pul massasi miqdori oshiriladi, moliya bozoridagi operatsiyalar hajmi ortadi;
Faol tashqi iqtisodiy siyosat orqali eksportning importdan ortiq bo'lishi ta'minlangan holda, oltin-valyuta zaxiralari ortishi asosida Markaziy bankning valyuta bozoriga ta'sir etish qobiliyati kuchayib boradi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida markaziy banklarning pulkredit siyosatida yuz bergan quyidagi muhim o'zgarishlar aniqlandi:
markaziy banklar tomonidan tijorat banklariga beriladigan markazlashgan kreditlarning muddati uzaytirildi va hajmi oshirildi;
markaziy banklarning qayta moliyalash stavkasi pasaytirib borildi;
markaziy banklar ochiq bozor operatsiyalarining ob'ektlari va lombard kreditlari garov ta'minotining soni oshirildi;
qator o'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida markaziy banklar tomonidan bank tizimini shakllantiruvchi etakchi tijorat banklariga subordinar kreditlar berish amaliyoti joriy qilindi.
Milliy valyuta devalvatsiya jarayonining davom etishi milliy valyutada emissiya qilingan qimmatli qog'ozlarga jalb etilgan xorijiy invsstitsiyalar real qiymatining pasayishiga olib keladi va qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Qimmatli qogozlar bozorining rivojlanishi mamlakatdagi pul massasining ortib borishi bilan to'g'ri mutanosiblikda bo'ladi. Iqtisodiyotdagi ortiqcha pul massasining mavjudligi uni iste'mol va jamg'arishdan ortgan kisminn moliya bozorlariga yo'naltirishni ta'minlaydi. Shu jumladan, ortiqcha pulning mavjudlign esa, portfel investitsiyalar ko'payishiga turtki bo'ladi.
Davlat o'zining makroiqgisodiy siyosati orqali pul massasini o'zgartirib turadi va quyidagi dastaklar yordamida qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishiga ta'sir etadi:
Inflyatsiya darajasi, tijorat banklarining markaziy bankda saqlanuvchi majburiy zaxira normalari, qayta moliyalashtirish stavkalarining ortishn qimmatli qog'ozlar bozorining o'sish sur'atlariga teskari mutanosiblikda bo'ladi. Inflyatsiya darajasiniig yukori bo'lishi, qayta moliyalashtirish stavkasi va unda saqlanuvchi tijorat banklarining majburiy zaxiira normalarining yuqori bo'lishi qimmatli qog'ozlar bozori aylanmasi mablag'larining o'sishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining moliya bozoriga ta'siri samaradorligini oshirish va mamlakatimiz moliya bozori barqaror rivojlanishini ta'minlash maqsadida Markaziy bankning valyuta siyosati doirasida tijorat banklariga garovli ssudalar berish va valyutaviy svop operatsiyalaridan doimiy tarzda foydalanish orqali pul-kredit siyosati ta'sirchanligini oshirish zarur, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskont va lombard kreditlari berish amaliyotini rivojlantirish orqali qayta moliyalash siyosati samaradorligini oshirish lozim. Yuqori kredit reytingiga (kamida VVV) ega bo'lgan korxonalarning aktsiya va obligatsiyalarini Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarining ob'ektiga aylantirish yo'li bilan uning ochiq bozor siyosati orqali muomaladagi pul massasiga ta'siri darajasini oshirish zarur.
Dostları ilə paylaş: |