Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 336 Kb.
səhifə1/10
tarix11.05.2023
ölçüsü336 Kb.
#111187
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi. Mavzu. Kredit turlari 4


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI



TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


«Bank ishi» fakulteti
MAVZU: Kredit turlari
Bajardi: BIA 92-1 guruh talabasi
Artikov Elyorbek

Ilmiy rahbar: PhD. N. N. O’ktamova


Toshkent – 2023
Mavzu: Kredit turlari


Kirish

1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kreditning roli va ahamiyati.


2. Kreditning shakllari va turlari


3. Respublikamiz tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kredit turlarining amaliy holati




Xulosa


Foydalangan adabiyotlar.


KIRISH
Bugungi globallashuv davrida integratsiyalashish jarayonlarining tobora avj olib borayotgani, mamlakatlarning o’zaro iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalardagi munosabatlarining kun sayin rivojlanib borishi, shunigdek, iqtisodiyotni rivojlanishining bir sababchisi sifatida bank tizimini e’tiborsiz qoldira olmaymiz. Bugungi kunda keng qamrovli iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank xizmatlarini sifatli amalga oshirish, shu jumladan asosiy banklarning an’anaviy xizmat turi bo’lmish kredit operatsiyalarining na’munali darajada bo’lishi har bir mamlakat iqtisodiyotida katta va muhim ahamiyatga egadir.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida bank tizimini yanada mustahkamlash, likvidligini oshirish, moliyaviy barqarorligini yaxshilash, milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, bank xizmatlarini rivojlantirish, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan.1 Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda bank tizimlari iqtisodiyotning boshqa tizimlariga nisbatan kuchaytirilgan nazorat va tekshiruv obyektlari hisoblanadi, chunki tijorat banklari o'z mijozlari hisoblangan davlat tashkilotlari, tijorat korxonalari va xususiy shaxslarning manfaatlari himoyalanishi uchun javob beradi. Shu o’rinda, Markaziy bank tijorat banklari tomonidan zamon talablariga javob beradigan kredit operatsiyalarini ta'minlash maqsadida yaqin kelgusidagi istiqbollari va rivojlanish strategiyasini belgilaydi. Kreditlash tizimi sohasidagi bosh maqsad, bankning kredit riskini samarali boshqarish orqali mijozlarga yuqori darajada xizmat ko’rsatish, bank tizimi moliyaiy barqarorligini ta’minlash, tijorat banklarining faoliyatdan asosiy maqsadi bo’lmish daromadliligini oshirish vaalbatta iqtisodiyotni rivojlantirishdan iborat. Buni amalga oshirishning eng samarali usuli kredit risklarini samarali boshqarish hisoblanadi. Respublikamiz Prezidentining qator qaror vaasarlarida banklardagi kredit operatsiyalarni takomillashtirishga to’xtalib o’tgan. Prezidentimizning 2020 yil 15-maydagi PF 5992-sonli
“2020 — 2025 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to’g’risida”gi Qarorida, respublika bank sektorini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni faqat bozor shartlari asosida amalga oshirish, banklarning davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, bank xizmati ko‘rsatishni modernizatsiya qilish, banklarning samarali infratuzilmasini yaratish va faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklar faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish1.

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin