Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 336 Kb.
səhifə2/10
tarix11.05.2023
ölçüsü336 Kb.
#111187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi. Mavzu. Kredit turlari 4

Tadqiqot predmeti. Mamlakatimiz banklari tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar orasida kredit operatsiyalarning salmog’i, o’rni, kredit portfelidagi aktivlar sifati, mijozlarning kreditga layoqatlilik ko’rsatkichlari, kredit riskni pasaytirishni rivojlantirish usullari bitiruv malakaviy ishining predmeti hisoblanadi.
Tadqiqot obyekti. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari kredit operatsiyalari kurs ishining tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank tizimidagi kredit riskini boshqarishni takomillashtirish, kredit operatsiyalarini sifatligini oshirish, hamda ijtimoiy va iqtisodiy sohani rivojlantirishda ularning tutgan o’rnini tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
 tijorat banklari faoliyatida kredit operatsiyalarining tutgan o’rni va ahamiyatini ko’rib chiqish;
 tijorat banklarida kredit operatsiyalaridan vujudga keladigan kredit riskini aniqlash va uni boshqarishni o’rganish;
 O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari kredit portfeli joriy holatini tahlil qilish va kreditlar sifatiga baho berish;
 kredit boshqarish bo’yicha muamolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar berish.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, 3ta savol, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.

1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kreditning roli va ahamiyati.

Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo'yicha Dastur ishlab chiqilgan. Bu dasturda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta'minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha maqsadli loyihalar o'z ifodasini topgan. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning ahamiyati nihoyat yuqoriligini inobatga olgan holda, ushbu ajratilayotgan kreditlarning samaradorligini baholash va qaytishini ta'minlash tijorat banklari zimmasiga zarur vazifalarni yuklashga olib kelmoqda. Ma'lumki, hozirgi sharoitda tijorat banki tomonidan berilgan asosiy qarz summasi va hisoblangan foizlarni o'z vaqtida qaytirishini kafolatlash uchun uzluksiz amaliyotni nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunisi xarakterliki, kreditni sifat jihatidan butun kredit operatsiyasi vaqti mobaynida kamdan kam hollarda o'zgarmasdan qoladi. Mijozning moliyaviy imkoniyatlari iqtisodiyotning holati, garov bahosi xilma-xil omillar ta'sirida doimiy ravishda o'zgarib turadi va tabiiyki, kreditning sifatiga ta'sir qiladi. Berilgan kreditlar ustidan amalga oshiriladigan nazorat jarayoni bizning fikrimizga quyidagi ikki asosiy yo'nalishni o'z ichiga olishi kerak:


1. Operativ ma'lumotlar asosida va ta'sir qiluvchi omillar ustidan monitoringni kuchaytirish;
2. Kredit operatsiyalarini hamda kredit portfelini kredit siyosatidan kelib chiqqan holda to'liq va mukammal tahlil qilish ustidan monitoring kuchaytirish.
Bank kredit risklarini boshqarish usullarini sxema shaklida aks ettiradigan bo'lsak, u quyidagi ko'rinishda bo'ladi. Banklar faoliyatida muammoli kreditlar bilan ishlash tizimi juda ham murakkab tizim bo'lib, uning amal qilishiga eng jiddiy ta'sir qiladigan omillardan biri inson omili hisoblanadi. Chunki bunday kredit uchun mas'ul bo'lgan kredit xodimi aynan u shug'ullanayotgan ssuda bilan muammolar yuzaga kelganida e'lon qilmaydi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, ko'pincha xodimlar yashirayotgan muammoli ssudalar hatto, ular o'ylaganlaridan ham yomonroq halatni keltirib chiqaradi. Banklar tomonidan kredit berish jarayonida vujudga kelgan risklarni boshqarish va ularni oldini olish maqsadida limit tizimi ishlab chiqilgan. Bu limit bankning har bir bo'linmasiga bir mijoz uchun ajratiladigan kredit limiti, yirik kreditlar uchun limit, kredit muddati bo'yicha limit, barcha ajratiladigan kreditlarning maksimal miqdori bo'yicha limitlar sifatida belgilanadi. Bundan tashqari kredit riski diversifikatsiyasini hisobga olgan holda ham limitlar belgilash maqsadga muvofiqdir. Tijorat banklar tomonidan amalga oshirilgan kredit amaliyotlarini baholovchi keyingi ko'rsatkich – bir qarz oluvchiga to'g‘ri keladigan ta'minlanmagan kreditning eng yuqori miqdori ko'rsatkichi. (Eng yuqori 0,05). Mazkur normativning bajarilishi bankning kredit riskidan sezilarli darajada himoyalanish imkonini beradi. Chunki mijozning pul oqimiga tashqi ta'sirlar kuchli tarzda ta'sir etib, xozirgi sharoitda ta'minlanmagan ssudalarni bitta mijozga yoki mijozlar guruhiga yirik miqdorda berilishi bankni jiddiy tarzda riskga duchor qilishi mumkin. Tijorat banklar tomonidan amalga oshirilgan kredit amaliyotlarini baholovchi yana bir ko'rsatkich – bank tomonidan beriladigan yirik kreditlarning umumiy miqdori ko'rsatkichi. (Eng yuqori 8). Ya'ni bank tomonidan beriladigan barcha yirik kreditlar miqdori birinchi darajali bank kapitali summasining 8 barobaridan oshib ketmasligi lozim.Yirik kredit deganda, bitta mijozga beriladigan, bank kapitalining 15 foizidan oshadigan kreditga aytiladi.
Bundan tashqari shuni ta'kidlash lozimki, bank uchun “Yirik” toifaga kiradigan va bir qarz oluvchiga beriladigan kreditlar summasini shu qarz oluvchining o'z mablag‘lari summasidan oshirmaslik tavsiya etiladi. “Yirik” kreditlarning jami summasiga to'g‘ri keladigan xatarning eng yuqori miqdori “Yirik” kreditlar jami miqdorining o'z mablag‘lari, ya'ni bank kapitali nisbati bilan aniqlanadi. Yirik kreditlarga nisbatan o'rnatilgan mazkur normativ xalqaro andozalardan kelib chiqqan holda o'rnatilgan. Masalan, Germaniyada ham yirik kreditlarning umumiy summasi uchun kapitalga nisbatan 8 martalik limit belgilangan. Fransiyada bitta mijozga beriladigan kreditlar summasi bank aktsionerlik kapitalining 40 foizidan oshmasligi va yirik kreditlarning umumiy summasi bank kapitalining 8 barobaridan oshib ketmasligi lozim. Kreditlar ustidan joriy nazoratni amalga oshirishda ushbu operatsiyalar turli darajalarda ikkita holis mansabdor shaxs tomonidan tekshirilishi lozim.Avvalo joriy nazorat jarayoni ushbu mijozni kreditlashni amalga oshirgan yoki ushbu kreditni ishini yuritish topshirilgan bank xodimi tomonidan amalga oshirilishi lozim.Bundan tashqari, har bir kredit ishini ma'lum davriy oraliqlarda tahlil qilib borish, kredit operatsiyalarini amalga oshirib borish ustidan nazorat qilish topshirilgan shaxs tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Bunday ikki pog‘onali tizimda har ikkala pog‘onaning to'liq musaqilligini ta'minlash muhim ahamiyatga egadir va nazorat tizimidagi xodim kredit berish to'g‘risidagi qarorda ishtirok etmagan bo'lishi lozim.Nazoratni ikkinchi yo'nalishi bo'lgan mukammal nazoratni amalga oshirishda faqat tavakkalchilik darajasi yuqori bo'lgan ma'lum operatsiyalarni to'liq tahlil qilish uchun tanlab olish imkonini beruvchi mexanizm ishlab chiqish lozim.Bank xodimi o'zi kredit ishi bevosita yuritayotganligi sababli mijoz bilan doimiy ravishda munosabatda bo'ladi.
Bu esa, yangi ma'lumotlarni olish imkoniyatini beradi, u mijozning kredit shartnomasi shartlariga rioya qilayotganligi va to'lov layoqatliligini baholash uchun katta imkoniyatga ega bo'ladi. Ayni vaqtda nazorat jarayoni mijoz bilan bevosita aloqada bo'lmagan shaxs tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Buning asosiy sababi shundaki, birinchidan, nazorat va tahlilni amalga oshirishda bank xodimi o'zining baholash xususidagi qarashlariga asoslanadi va eng muhimi bu baho uning mijoz bilan o'zaro shaxsiy munosabatlarining sub'ektiv ta'siri ostida bo'lmasligi kerak, bank xodimi mijoz bilan doimiy aloqada bo'lishi ular orasida shaxsiy munosabatlarni bo'lishiga qulay muhit yaratadi. Ikkinchidan, nazorat jarayoni bank xodimini to'g‘ri kredit qarori qabul qilish imkoniyatini beradi. Xolis tahlil ssudani berish to'g‘risidagi qarorni qabul qilishda bank xodimining holatini ob'ektivligini kafolatlash uchun zarurdir. Alohida kreditlar ustidan nazoratni amalga oshirish bilan bir katorda kredit portfeli sifatining ustidan umumiy nazorat o'rnatish lozimdir. Agar bank kredit berish xuquqiga eta bo'lgan bir nechta shu'balarga ega bo'lsa unda kreditlar to'g‘risidagi barcha ma'lumotlarni yig‘ib borish va ularni bosh ofisdan kredit boshqarmasiga takdim etish lozim. Umumlashtirilgan ma'lumotlar ushbu kredit boshqarmasi tomonidan tegishli boshqarmaga uzatiladi. Bosh ofisdagi kredit boshqarmasi olingan barcha ma'lumotlarni tahlil qilish va belgilangan limitlarga rioya qilinishini ta'minlashi shart, chunki kredit portfelini tahlil qilish umumiy tendentsiyalarni aniqlash imkonini beradi. Agarda salbiy tendensiyalar va normativlarndan chetga chiqish aniqlansa, u holda bu chetga chiqishlar tezda tahlil qilishini va zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va qo‘llanilishi lozim. Bunday chora-tadbirlarga quyidagilarni kiritish mumkin: - shubhali ssudalar bo'yicha asosiy qarzdorlik summasi va foizlarni undirish muddatini uzaytirilishi (prolongatsiya) o'rniga ularni undirish yuzasidan talabnoma taqdim qilish - kredit limitlari buzilishi hollari mavjud bo'lgan keskin sohalarga, qo'shimcha kredit berish jarayonini keskin ta'qiqlashni joriy qilish; - kredit limitlarining o'sishini qayta ko'rib chiqish imkoniyatini tahlil qilish; - kredit foiz stavkasini o'zgartirish. Kredit portfelida yuzaga kelgan tavvakalchiliklarni tahlil qilish bilan birga, berilgan kreditlar ustidan nazoratni amalga oshirish kredit portfelining foydalilik darajasini, ya'ni kredit operatsiyalarning samaradorligini kuzatib borish ham zarurdir. Bank kredit portfelida vujudga kelgan risklarni boshqarish instrumentlarining kredit talabnomalarini va mijoz haqidagi axborotni sifatli o'rganib chiqish kredit jarayonini tashkil etish uchun samarali axborot tizimini va nazoratini joriy etish, kreditlashtirish jarayonidagi subyektiv kamchiliklarni oldini olishga imkon yaratadi.
Bank faoliyatining asosiy maqsadi kreditlarning hajmini emas, balki operatsiyalar daromadliligini oshirishdir. Bank infrastrukturasi va texnologiyalarining rivojlanishi bank kredit boshqarmalariga yuqorida qayd etib o'tilgan axborotlarini tez va aniq yig‘ishga imkon yaratib bermoqda. Har bir mijoz uning bankka takdim etgan talabnomasi tashqi axborotlar, bank kredit portfelini sifatli boshqarishga imkon beradi, shu bilan birga har bir bank tarkibida kreditlarni nazorat qiluvchi ichki nazorat bo'limi zarur. Ichki nazorat bo'limining asosiy maqsadi - tashkiliy tizimni, kreditlashtirish strukturasini va alohida tanlash asosida kreditlarni tekshirish va nazorat qilishdan iboratdir. Tashkiliy tizimda ishning sifatiga baho berish, kredit talabnomasini qisqa muddat ichida ko'rib chiqish, tahlil qilish, bu ishlarni bajarishda tasdiqlangan me'yoriy hujjatlarga amal qilish kabi ishlarning qanday olib borilishi va tahlili amalga oshiriladi. Hozirgi kunda xorijiy banklar amaliyotida ssudalar sifatini baholashda ikki asosiy mezon qo'llanilmoqda: ssudalar qaytishining ta'minlanish darajasi va oldingi berilgan ssudalarni so'ndirishning haqiqiy holati. Ushbu mezonlar kredit portfelini boshqarishning birinchi bosqichiga kiradi.



Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin