Oqsillarni alkoloidlar reaktivi bilan cho’ktirish.
Alkoloidlar – azot tutuvchi moddalar bo’lib, kuchli fiziologik ta’sir qilish
xususiyatiga ega. Alkaloidlarga quyidagilar: morfin, papaverin,antropin, kofein,
efedrin va boshqa birikmalar kirib, bular davolash praktikasiga ko’p ishlatiladi.
Ko’p alkaloid reaktivlari ta’sirida oqsillar cho’kmaga tushadi. Bularga
quydagilar kiradi: tanin, yodni kaliy yoddagi eritmasi (Bushard reaktivi), vismut
yodni kaliy yoddagi eritmasi (Dragendorf reaktivi), pikrin kislotasi va boshqalar.
Oqsil moddalarinialkoloid reaktivlari bilan cho’kma hosil qilishining asosiy
sababishundan iboratki, aminokislotalar va alkaloidlar tarkibiga kiradigan
geterosiklik guruhlarning o’xshahsligidir (indol, imidozol va boshqalar). Alkaloid
reaktivlari bilan cerimaydigan birikmalarni hosil qiladi. Oqsilni alkaloid reaktivlari
bilan cho’ktirishga kuchsiz organic kislotalar (masalan, sirka kislotasi) yaxshi ta’sir
qiladi, aksincha kuchli kislotalarbu jarayonga qarshilik ko’rsatadi. Cho’kma ishqoriy
sharoitda cho’kib ketadi.
Reaktivlar. 1.Tuxum oqsili; soya uni oqsili. 2. Pikrin kislotasining 1% li
eritmasi. 3. Taninning 10% li eritmasi. 4. Bushard reaktivi: 1g yod, 2gkaliy yod, 50
ml suv. Bu reaktivni tayyorlash uchun kaliy yodi bir necha ml suv eritiladi. Shu
eritmada yod eritiladi, so’ngra hajmi distillangan suv bilan 50 ml ga etkaziladi. 5.
Dragendorf reaktiva vismut yodining kaliy yoddagi eritmasi: 13.5g kaliy yodi 20
mldistillangan suvda eritiladi. 2.5 gvismut nitrat 10 ml nitrat kislotasida alohida
eritiladi. So’ngra idishda qoldiriladi. Bunda idish tagiga kaliy nitratning kristallari
cho’kadi. Tiniq eritma ehtiyotkorlik bilanboshqa idishga qo’yiladi va hajmi suv bilan
50 ml ga yetkaziladi. 6. Sirka kislotasining 1%li eritmasi.
Dostları ilə paylaş: |