Fermentlarning o’ziga xosligi
Fermentlar biologik katalizator bo’lib, ular o’ziga xos ta’sir qilish
xususiyatiga ega. Ularning bunday o’ziga xosligi tirik organizmlarga xos bo’lgan
muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Katalitik jarayonlarda ferment-substral
kompleksining hosil bo’lishi, fermentlarning oqsil molekulasi tuzilishiga, uning aktiv
qismlari bilan substratning tegishli guruhlari o’rtasidagi kimyoviy bog’lar hosil
bo’lishiga bog’liq. Har bir ferment ma’lum bir substratga yoki molekuladagi
kimyoviy bog’ning ma’lum tipigagina ta’sir etadi. Shunday qilib fermentlarning
o’ziga xos mohiyati, ferment substratga kalit qulfga tushganday mos kelishi zarur.
Metodning prinsipi. Amilaza va saxaroza fermentlarini turli substratga,
ya’ni kraxmal va saxaroza ta’siri tekshiriladi.
|