Fermentlar aktivligiga muhit pH ning ta’siri
Fermentlarning harakterli xususiyatlariga ularning muhit pH ning o’zgarishiga
sezgirligi kiradi. Fermentlarning aktivligi pH qiymatiga qarab keskin o’zgarib turadi.
pH ning optimal qiymati turli fermentlar uchun bir xil emas. Masalan: pH ning
optimal qiymati pepsin uchun 1,5-2,0; so’lak amilazasi 6,8-7,0; tripsin 7,8 ga teng.
Ko’pchilik fermentlar neytral yoki kuchsiz ishqorli yoki kuchsiz kislotali reaksiyada
hammadan ko’p aktivlikka ega bo’ladi. Fermentlar izoelektrik holatda hammadan
katta aktivlikka ega bo’ladi. Optimal aktivlik zonasi doiralarda fermentlar
zarrachalari elektr maydonida odatda katodga ham, anodga ham qarab
harakatlanmaydi. pH ning o’zgarishi ferment faoliyatini pasayishiga yoki butunlay
to’xtashiga olib keladi. Natijada fermentning aktiv markaz strukturasi buziladi.
Reaktivlar: 1. 1% li yodning kaliy yoddagi eritmasi. 2. Kraxmalning 1% li
eritmasi. 3. Xlorid kislotasining 0,2 H eritmasi.
Ishning borishi: 8ta probirkaga 1 ml dan distillangan suv solinadi, so’ngra
birinchi probirkaga 1 ml 0,2 H li xlorid kislotasi eritmasidan qo’shiladi va
aralashtiriladi. So’ngra shu probirkadagi suyuqlikdan 1 ml olinadi-da 3-probirkaga
qo’yiladi va hokazo. 8-probirkadan 1 ml olinib to’kib tashlanadi. Shunday qilib,
xlorid kislotaning har xil konsentrasiyasi hosil qilinadi, ular muhitning har xil pH
qiymatiga to’g’ri keladi. Shundan keyin har bir probirkaga 2 ml dan 1% li kraxmal
eritmasidan va 1 ml dan suyultirilgan so’lak eritmasidan qo’shiladi, probirkalar
chayqatiladi va 20 minut 37°C da termostatga qo’yiladi. Sovutilgandan keyin hamma
probirkalarga 1-2 tomchidan 1% li yodning kaliy yoddagi eritmasidan qo’shiladi. 5
va 6 probirkalarda kraxmalning to’la gidrolizi ro’y bergani belgilanadi, bu
probirkalarda eritma muhitining pH 6,8-7,2 atrofida, shuning uchun amilaza optimal
aktivlikka ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: