II. «eStat» elektron shakldagi statistik hisobotlarni yig’ishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi Statistik ma’lumotlarni yig’ish jarayonini avtomatlashtirishni «eStat» elektron shakldagi statistik hisobotlarni yig’ishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi amalga oshiradi, uni tadbiq etish esa bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Birinchi boshichda 2011 yilning fevral oyida korhonalar va tashkilotlarga statistik hisobotlarning to'rtta shaklini elektron tarzda taqdim etish imkoniyati yaratib berildi. 2012 yilning boshida statistika hisobotlarining shakli 22 taga yetkazildi.
2013 yilda soha tizimlarini moderinizatsiya qilish va barcha statistik hisobot shakllarini elektron taqdim etishga o'tkazish bo'yicha bir qancha ishlar olib borildi.
2013 yilda yangilangan va Avtomatlashtirilgan «eStat 2.0» axborot tizimini joriy etish natijasida, statistik hisobotlarni elektron shaklda topshiruvchi sub'ektlarning ulushi, umumiy hisobot topshiruvchi ho'jalik yurituvchi sub'ektlarning 88,6% ni tashkil etdi.
2015 yildan boshlab barcha hisobot topshiruvchi tadbirkorlik sub'ektlarining elektron shaklda statistik hisobotlarni taqdim etishiga to'liq o'tilishi ta'minlandi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi «eStat 2.0» dan foydalanishning afzalliklari quyidagilar:
1) davlat statistika hisobotlarini topshirishda vaqt va moliyaviy harajatlarni kamaytirish; (tejash imkoniyati)
2) hisobot shakllarini talablarga muvofiq to'g’ri to'ldirilganligini boshlang’ich nazorat qilish orqali statistik ma'limotlarning sifatini oshirish;
3) berilgan ma'lumotlarning mahfiyligi;
4) statistik hisobotlarning tezkor va o'z vaqtida yangilanishi;
5) axborotni kiritish va qayta ishlash bo'yicha muntazam ishlar hajmini kamaytirish.
Tizimli statistik vazifalarni amalga oshirish uchun, statistik ma'lumotlarni yig’ish va qayta ishlash jarayonlari mahsuslashtirilgan dasturiy majmualar asosida amalga oshiriladi. Ushbu dasturiy komplekslar Davlat statistika qo’mitaasining o'z resurslari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, ma'lumotlar kiritish, ma'lumotlarni to’g’rilash, yaxlitlik tekshiruvini o'tkazish va ma'lumotlarnig mantiqiy va arifmetik yechimlarga muvofiqligini ta'minlash imkonini beradi. Ushbu imkoniyatlar yordamida, statistika hodimlari har qanday davr uchun umumiy ma'lumotlarni olishi va tahlil qilishi mumkin.
Dasturiy komplekslar hamda «eStat 2.0» tizimining o'zaro bog’liq holda ishlashi bir qator afzallikka ega. Tizimlarning integratsiyalashuvi esa turli ma'lumotlar bazalari o'rtasida ma'lumotlar uzatish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi.
2014 yilda «Reg-System» “KTYADR ga asoslangan yuridik shahslarni hisobga olish va identifikatsiya qilishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi” nomli maxsus dasturiy mahsulot joriy etildi. Ushbu tizim ro'yhatiga olingan davlat organlari va boshqa davlat organlaridan olingan yuridik shahslar to'g’risidagi ma'lumotlarni yig’ish, saqlash, nazorat qilish va tahlil qilish jarayonlarini avtomatlashtiradi, shuningdek, ularni o'rnatilgan tartib bo'yicha davlat boshqaruv organlariga va foydalanuvchilarga taqdim etishni avtomatlashtiradi.
KTYADR axborot-ma'lumotnoma tusidagi, vaqti-vaqti bilan yangilab boriladigan ma'lumotlardan iborat bo'lgan avtomatlashtirilgan tizim hisoblanadi hamda yagona klassifikatsiyalar tizimi asosida korxonalar va tashkilotlarning davlat hisobini va ularni identifikatsiyalashtirishni ta'minlaydi.
KTYADRning huquqiy maqomi O'zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to'g’rsida”gi qonuni bilan belgilandi va uni yuritish yo'l-yo'riqlari va tamoyillari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.09.2012 yildagi “Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri to'g’risidagi nizomni tasdiqlash to'g’risida”gi 274-son qaroriga muvofiq belgilanadi.
KTYADR ma'lumotlar bazasi tarkibiga ko'ra, maxsus tarzda tizimlashtirilgan va tartiblashtirilgan yuridik shaxslar ro'yxati bo'lib, KTYADR da qayd etilgan barcha korxona va tashkilotlar haqida qisqacha ma'muriy va iqtisodiy ma'lumotlarni o'zida aks ettiradi. KTYADR ning tarkibi va mazmuni statistika sohasidagi xalqaro standartlar va tavsiyalar asosida belgilanadi.
KTYADRni yuritish quyidagi holatlardagina ma'lumotlar elektron bazasiga tegishli yozuvni kiritishni o'z ichiga oladi:
a) yuridik shaxsni davlat ro'yxatidan o'tkazishda;
b) yuridik shaxsning ta'sis hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalarini davlat ro'yxatidan o'tkazishda;
v) yuridik shaxsni qayta tashkil etishni davlat ro'yxatidan o'tkazishda;
g) yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga yuridik shaxs tugatilganligi yoki qayta tashkil etilgan (birlashtirilgan, qo'shib yuborilgan)ligi, yuridik shaxsning faoliyati to'xtatilganligi to'g’risidagi yozuvlarni kiritishda;
d) ro'yxatdan o'tkazuvchi organdan yuridik shaxs moliya-xo'jalik faoliyati amalga oshirilmayotganligi yoki qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ustav jamg’armasining shakllantirilmaganligi, shuningdek, uning ixtiyoriy tugatish jarayonidaligi yoki tugatish jarayonining to'xtatilganligi to'g’risidagi ma'lumotlar olinganida;
e) yuridik shaxsning pochta manzili o'zgarganda;
j) yuridik shaxsning asosiy faoliyat turi va unda ishlayotganlarning o'rtacha yillik soni o'zgarganida - yillik davlat statistika hisoboti asosida;
z) yuridik shaxsning idoraviy mansubligi o'zgarganida - uning tasischilari yoki davlat va xo'jalik boshqaruvi organlaridan tushgan ma'lumotlari asosida.
KTYADRni yuritish uchun, ro'yxatdan o'tkazgan organlardan tushadigan ma'lumotlardan, davlat statistika kuzatuvlarini amalga oshirishda olingan statistika ma'lumotlaridan, soliq organlari, davlat mulkini boshqarish organlari va boshqa davlat organlarining registrlaridan hamda ma'lumotlar axborot bazalaridan foydalaniladi.
Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri asosida yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiya qilishni avtomatlashtirilgan axborot tizimi «Reg-System» ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotini joriy etish ikkita mustaqil yechim shaklida amalga oshirildi:
1. Maxsuslashtirilgan dasturiy ta'minot (DT) Davlat statistika qo’mitasining (Markaziy apparati) foydalanuvchilari uchun alohida o'rnatilib, amalga oshiriladi.
DT quyidagi vazifalarni bajaradi:
· KTYaDR ni to'g’ridan-to'g’ri boshqarish (yozuvlarni qo'shish yoki o'zgartirish);
· KTYADR asosida muayyan sana bo'yicha hisobotlarni olish;
· kalit so'zlar yordamida yozuvlarni qidirish va ko'rish;
· tasniflagichlar va ma’lumotnomalarni yuritish.
2. Masofaviy foydalanuvchilar uchun maxsus dasturiy ta’minot veb-resursga masofaviy kirish va veb-brauzer orqali ma’lumotlarni boshqarish qilish imkoniyatini beradi.
Masofali foydalanuvchilar uchun DT quyidagi funksiyalarni bajaradi:
· KTYADRga ma’lumotlarni kiritish va boshqarish;
· KTYADR asosida muayyan sana bo'yicha hisobotlarni olish;
· Ochiq ma’lumotlarni o'z ichiga olgan qaydlarni KTUT kodi orqali qidirish va ko'rish.
O'sha yili yana ikkita loyiha amalga oshirildi: «O'zbekiston Gender statistikasi» axborot-tahliliy tizimi va «E-stat Library» uslubiy materiallar elektron kutubxonasi tuzildi.