IV. Ixtisoslashtirilgan AKT bo'linmalari Statistik ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash, uzatish va tarqatish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, statistika ma'lumotlarini yagona tizimda shakllantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Davlat statistika qo’mitaasi tarkibida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xafsizligi masalalari bo'yicha vitse-prezident lavozimi joriy etildi hamda har biri statistika sohasida AKTni joriy etish va rivojlantirishda muayyan masalalarni nazorat qilishga ixtisoslashtirilgan ikkita boshqarma tashkil etildi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat hizmatlari Boshqarmasi rejalashtirish faoliyatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish, Davlat statistika qo’mitasida yagona texnologik siyosatni aniqlash, dasturiy komplekslar va texnologik platformalarga aloqador ichki standartlarni aniqlashni amalga oshiradi. Davlat statistika qo’mitaasi tizimidagi idoralararo axborot almashinuvi uchun reglament va mehanizmlarini ishlab chiqishni amalga oshirishda ishtirok etish, axborot resurslarini, davlat interaktiv hizmatlarini va dasturiy-tehnik ta'minotlarni rivojlantirishga qaratilgan ahamiyatli yo'nalishlarni aniqlashda ham ishtirok etadi.
Axborot xavfsizligi boshqarmasi Davlat statistika qo’mitasining yagona axborot tizimining axborot xavfsizligini va butligini ta'minlaydi, dasturiy-apparat komplekslarini texnik qo'llab-quvvatlaydi va boshqaradi.
AKTning bugungi rivojlangan bosqichi, ya'ni statistik kuzatuv jarayonlarining asosiy qismi avtomatlashtirilgan davrining asosiy yo'nalishi bo'lib, Davlat statistika qo’mitasi tomonidan boshqariladigan tizimlar o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni tashkil etish hisoblanadi. Ma'lumotlar bazasi va tizimlar orasidagi axborotlar almashinuvi jarayonida inson aralashuvini maksimum kamaytirish uchun, dasturiy ta'minot va axborot tizimlarini ishlab chiqishda foydalaniladigan platforma va texnologiyalar xilma-xilligini birlashtirish zarur.
Bundan tashqari Davlat statistika qo’mitaasi va boshha davlat organlarining axborot tizimlari o'rtasida o'zaro hamkorlikni tashkil etish bo'yicha ishlarni davom ettirish kerak, bu huyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishni taьminlaydi:
turli idora va tashkilotlarning ishlarini yagona axborot makoniga sinxronlashtirish;
idoralararo ma’lumot almashinuvi tezligini oshirish;
ma’lumotlarni bir marta kiritish va hujjat almashinuvini integratsiya qilish orqali mehnat harajatlarini kamaytirish;
foydalanuvchilar uchun «yagona darcha» yaratish.
Statistikada AKTni joriy etish bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar quyidagilar:
Davlat boshqaruvi organlari va sanoat korxonalari tomonidan ishonchli boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun statistika ma'lumotlariga bo'lgan talabni maksimal darajada qondirish;
Tadbirkorlar, jamoatchilik, ochiq statistik ma'lumotlardan boshqa foydalanuvchilar tomonidan ob'ektiv va tegishli axborotlarga bo'lgan talablarni faollashtirish va kengaytirish;
Mamlakat milliy iqtisodiy tarmoqlari va sohalari uchun yagona axborot makonini shakllantirish;
Yangi texnika, texnologiyalari va elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanish orhali statistika organlariga taqdim etiladigan statistik ma'lumotlarni tayyorlash va qayta ishlash harajatlarini minimallashtirish;
Zamonaviy texnologiyalarni qo'llash yo'li orqali axborotni qidirish va qayta ishlash harajatlarini qisqartirish, takroriylikni va mehnatga qodir operatsiyalarni rad etish, maxsus va tarmoqlararo ma'lumotlaridan foydalanish kabilar shular jumlasidandir.